Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Matbuot_anjumani

2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul natijalari: yakuniy ko‘rsatkichlar va keyingi qadamlar – matbuot anjumani


18-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlarining yakuniy natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Unda 2026/2027 oʻquv yili uchun qabul jarayonlarining yakuniy natijalari, abituriyentlarning test sinovlarida qayd etgan koʻrsatkichlari, taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi oʻtish ballari, grant va toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar haqida maʼlumot berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/207479

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔈 1-bosqichga qabul qilingan talabalar diqqatiga!

Yotoqxona uchun arizalar qabuli boshlandi!

2026/2027-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilganlar bugundan (18-avgustdan) e’tiboran talabalar turar joyi uchun ariza topshirishlari mumkin.

Ariza topshirish tartibi:⤵️

✔️ my.gov.uz portal orqali ariza yuborish
✔️ Yotoxonaga navbatni tekshirish

➡️Batafsil videoda.👆

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍2🔥1
Prezident: Tadbirkorlar uchun davlat xizmatlarida “sukut – rozilik” tamoyili joriy etiladi


Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi. Yaʼni ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u avtomatik ravishda tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.

Litsenziya bo‘yicha ariza rad etilgan har bir holatni Biznes-ombudsman o‘rganadi. Asossiz rad qilish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi.

Oziq-ovqat eksporti uchun talab etiladigan veterinariya, sanitariya va fitosanitariya ruxsatnomalarining o‘rniga yagona “Salomatlik sertifikati” beriladi. Yangi litsenziya va ruxsatnoma joriy etishdan oldin u uch hududda olti oy eksperimentdan o‘tkaziladi.

Tadbirkorlar mulkiga ijro hujjatlari asosida taqiq qo‘yish bilan bog‘liq eʼtirozlar ham ko‘pligi qayd etildi. Mazkur masalalar bo‘yicha alohida uchrashuv o‘tkazilib, tizimli yechimlar belgilanadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjumani #video

2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul natijalari: yakuniy ko‘rsatkichlar va keyingi qadamlar – matbuot anjumani
jarayonlaridan videolavha

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍10👏3🔥1😱1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar:
 
📌Besh yilda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi;

📌Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi;
 
📌Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi;
 
📌ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi;
 
📌Tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
 
📌Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak;
 
📌Kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi;
 
📌Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi;
 
📌Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi;
 
📌Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi;

📌Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi;

📌Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍3😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MatbuotAnjumani #SavolJavob

❓1. 56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni qancha va ularning aksariyati qaysi ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan?

❓2. Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?


Javob — videolavhada.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍11🥰2🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Cyber University professor-o‘qituvchilarni ishga taklif etadi

Cyber University kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va huquq sohalarida faoliyat yurituvchi malakali professor-o‘qituvchilarni o‘z jamoasiga taklif etadi.

🔹 Professor
🔹 Dotsent
🔹 Assistent-o‘qituvchi
🔹 Stajyor-o‘qituvchi

Asosiy talablar:
— tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot (magistr darajasi);
— ilmiy-pedagogik yoki amaliy tajriba;
— zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasi.
Ilmiy daraja, xalqaro sertifikatlar, amaliy tajriba va ingliz tilida dars berish ko‘nikmasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.

🗓 Hujjatlar 31-avgustga qadar qabul qilinadi.
📞 +998 55 888-55-55
📧 hr@csu.uz
📍 Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Yangiobod MFY, Yangiobod ko‘chasi, 42-uy.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍4
“Stipendium Hungaricum” dasturi stipendiatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 2026/2027-o‘quv yilida Vengriya Hukumatining “Stipendium Hungaricum” stipendiya dasturi doirasida ta’lim olish huquqini qo‘lga kiritgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda vazirlik rahbariyati, O‘zbekistondagi Vengriya Favqulodda va Muxtor Elchisi József Roja hamda tanlov komissiyasi a’zolari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida stipendiatlarga xorijda tahsil olish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun malakali kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari hamda ta’lim jarayoniga oid muhim tavsiyalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning o‘zaro muloqot qilishi va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashi uchun imkoniyat yaratildi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

#Uchrashuv #StipendiumHungaricum

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍1
#brifing

Murojaatlar tahlili: 8 oyda 6 mingdan ziyod fuqaro masalasi ko‘rib chiqildi — tizimda sun’iy intellekt joriy etilmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi — Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzovamurojaatlar bilan ishlash bo‘yicha 8 oylik sarhisob, erishilgan natijalar va sohadagi yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

Joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida vazirlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 6 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,7 foizga kamaygan.

🔹 Kelib tushgan murojaatlarning 2 903 tasi bevosita vazirlikda qabul qilingan, 2 625 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi, 514 tasi yuqori turuvchi tashkilotlar hamda boshqa idoralar, 238 tasi Prezidentning Xalq qabulxonalari, 137 tasi prokuratura organlari va 53 tasi boshqa manbalar orqali yuborilgan.

🔹 Murojaatlarning 80,4 foizi qanoatlantirilgan, qolganlariga esa amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berish orqali yechim topilgan.

🔹 Murojaatlarning asosiy qismini o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash, qabul jarayonlari, diplom berish, kontrakt to‘lovi, talabalar bilimini baholash va yakuniy davlat attestatsiyasi kabi masalalar tashkil etdi.

🔹 Hududlarda 10 dan ortiq sayyor qabul tashkil etilib, 160 dan ziyod fuqarolarning muammolari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “Qarshi tajribasi” asosida tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha manzilli ishlash mexanizmi joriy etildi.

🔹 Vazirlikning Ishonch telefoni xizmatiga 24/7 rejimida intellektual maslahat berish va murojaatlarni tezkor tahlil qilish uchun sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari joriy etilmoqda.

🔹 Fuqarolar va talabalar ta’lim sifatiga oid murojaat va takliflarini ortiqcha qog‘ozbozliksiz Telegram’dagi “Eduuz bilan muloqot” guruhi orqali yuborishlari hamda rasmiy sahifadagi “So‘ragan edingiz” rukni orqali javob olishlari mumkin.

🎞 Batafsil videolavhada

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍3🔥3😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MatbuotAnjumani #SavolJavob

❓Oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli yotoqxonalar sotuvga chiqarilyaptimi?


Javob — videolavhada.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
😱60❤24👍11😁6👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dual ta’lim — energetika sohasi uchun amaliyotchi mutaxassislar tayyorlashning yangi modeli

Namangan davlat texnika universitetida ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish, talabalarni amaliy faoliyatga tayyorlash hamda energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan dual ta’lim tizimi joriy etilmoqda.

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab universitetning Energetika fakultetidagi “Energetika muhandisligi” ta’lim yo‘nalishida dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yiladi.


Mazkur tizim doirasida jami 287 nafar 3- va 4-bosqich talabalari qamrab olinadi. Belgilangan tartibga ko‘ra, 3-bosqich talabalari o‘quv jarayonining 50 foizini, 4-bosqich talabalari esa laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarning 100 foizini bevosita ishlab chiqarish korxonalarida o‘taydi.

Batafsil.....

👉 In English
👉 На русском

#dual_taʼlim #energetika

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍6👏1😁1