Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Dual taʼlim amalda: “TIQXMMI” jamoasi Yunusobod elektr tarmoqlarini yaxshilashda ishtirok etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Yunusobod tumani “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga biriktirilgan. Ayni paytda universitet olimlari va mutaxassislari tumandagi elektr tarmoqlari, xususan, transformatorlarning texnik holatini faol oʻrganmoqda.

Oʻrganishlar natijasida tarmoqlarda energiya isrofi, kontaktlarning qizishi hamda eskirgan uskunalar aniqlandi. Hozirda bu kamchiliklarni bartaraf etish — eskirgan shinalarni almashtirish va transformatorlar holatini tiklash ishlari jadal olib borilmoqda.

Eʼtiborlisi, ushbu jarayonga dual taʼlim asosida oʻqiyotgan talabalar ham keng jalb qilingan. Ular “Oloy bozori”dagi transformator punktida boʻlib, nosozliklarni aniqlash va taʼmirlash ishlarida bevosita qatnashdilar hamda real amaliy koʻnikmalarga ega boʻldilar.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

#dual_taʼlim #energetika

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍8🤔2👏1
#xalqaro_hamkorlik

Germaniyalik olimlar bilan ishlab chiqarishni raqamlashtirish va texnologiyalar transferini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik muhokama qilindi

 
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Germaniyadagi ishlab chiqarish texnologiyalari boʻyicha amaliy ilmiy-tadqiqot instituti — Fraunhofer IPK vakillari bilan uchrashdi

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida oliy taʼlim, ilm-fan, innovatsiyalar va sanoat sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, texnologiyalar transferini kengaytirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini raqamli transformatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/208394

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤28👍2👏1😁1
#rasmiy_xabar

⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi


2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:

✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍141😱94❤80🎉29🔥6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_35_yil #NamDPI

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Namangan davlat pedagogika instituti talabalari bayram nafasi, yoshlik shijoati va Vatanga bo‘lgan cheksiz g‘urur bilan Mustaqillik bayramini ko‘tarinki kayfiyatda qarshi olmoqda!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥18❤17👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga faol ishtirok eting!

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyilgan.


Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz?

Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting.

🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim.

📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz⁠

Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi

🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🔥6👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❓Talabalar turar joyiga joylashish uchun onlayn ariza qanday yuboriladi?

Ariza topshirish tartibi:⬇️

✅️my.gov.uz portal orqali ariza yuborish
✅️Yotoqxonaga navbatni tekshirish

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍8🥰2👏2🤔1
📢 SAT imtihoni topshiruvchilari diqqatiga!

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o'quv amaliy markazi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Joriy yilning 22-avgust kuni Agentlikning barcha hududiy bo‘limlarida SAT imtihoni tashkil etiladi.

Ma’lumki, mazkur imtihon raqamli (digital) shaklda o‘tkazilishi sababli, har bir ishtirokchi imtihonga shaxsiy qurilmasi (noutbuk yoki planshet) bilan kelishi lozim.

❗️ Shu munosabat bilan, quyida qurilmangiz uchun qo‘yilgan asosiy talablar bilan tanishib chiqishingiz so‘raladi:

Qurilmaga qo‘yiladigan talablar.

⚠️ Muhim: Bluebook dasturi endilikda Windows 11 operatsion tizimini talab qiladi, chunki Microsoft Windows 10 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan.

⚠️ Talablarga javob bermaydigan qurilmalar bilan kelgan ishtirokchilarga imtihonda qatnashish imkoniyati cheklanishi mumkin.

📍 Respublika bo'yicha SAT imtihoni bo'lib o'tadigan hududlar ro'yxati:
👉 MANZILLAR

Barcha talabgorlarni imtihonga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqiramiz.


✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
❤34👍6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_shukronasi

“O‘zbekiston fuqaroligini olishim — taqdirimni o‘zgartirgan eng buyuk ne’mat”


🔹Qirg‘izistonda tug‘ilib, 1996-yilda O‘zbekistonga kelgan Zamirbek Xametov yillar davomida shu yurtda ta’lim oldi, mehnat qildi va ilm-fan sohasida o‘z o‘rnini topdi. Bugun u Farg‘ona davlat texnika universitetida faoliyat yuritib, yoshlarga o‘z bilim va tajribasini ulashib kelmoqda.

📌Videolavhada Zamirbek Xametovning O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilishi, hayot yo‘li va Vatanga bo‘lgan minnatdorlik tuyg‘ulari haqida so‘z yuritiladi.

Videolavhaning to‘liq qismini ushbu havola orqali ko‘ring

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤28👍10🎉1
#press_tur

Hurmatli jurnalistlar, blogerlar va OAV vakillari!

Yangi oʻquv yili arafasida talabalarni turar joy bilan taʼminlash va ular uchun yaratilgan sharoitlarga bagʻishlangan press-tur tashkil etilmoqda.

Press-tur davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarni turar joy va ijara xonadonlariga joylashtirish jarayonlari, talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishish, talabalar bilan intervyular tashkil etish imkoniyati boʻladi.

🚍 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga borish uchun avtobus ajratiladi.

📆 Sana: 22-avgust
⏰ Vaqt: 10:00
📍 Manzil: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍4
#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #Xorazm

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati misolida mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash, daromadlarni oshirish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar
taqdimoti bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari kasb-hunarga oʻqitish tizimini qayta koʻrib chiqish va uni mehnat bozori ehtiyojlari bilan uzviy bogʻlash zarurligini taʼkidladi.

Oʻtkazilgan soʻrovlarda oliy taʼlim muassasalari talabalarining 63 foizi oʻqish jarayonida yetarli amaliy koʻnikmalarni egallamayotganini qayd etgan. Shu bois, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida amaliy tayyorgarlikni kuchaytirish, oliy taʼlim tashkilotlarining mavjud imkoniyatlaridan kasbga oʻrgatishda keng foydalanish vazifasi qoʻyildi. Universitetlarda kunning ikkinchi yarmida talabalarning kasbiy va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashgʻulotlarni tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.


Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤59👍40🔥35🥰2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqilligimizning_35_yilligiga_bagʻishlanadi

🇺🇿 Mustaqillik — milliy g‘urur, ulkan marralar va buyuk kelajak demakdir!

O‘zbekiston — ajdodlarimizning buyuk orzulari, xalqimizning matonati va bugungi bunyodkorlik ruhi uyg‘unlashgan muqaddas Vatan. Bugun biz — mustaqillik bergan imkoniyatlardan ilhomlanib, ilm-fan, ta’lim, innovatsiya va bunyodkorlik yo‘lida dadil qadam tashlayotgan avlodmiz. Har bir yangi yutuq, har bir ezgu tashabbus va har bir bunyodkorlik ishlari — mustaqil O‘zbekistonning yangi tarixini barpo etayotganimizdan dalolatdir.

35 yil — sarhisob emas, yangi marralar sari boshlanayotgan ulug‘ yo‘l!

📹 Videorolik Buxoro davlat texnika universiteti tomonidan tayyorlandi.
        
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
16❤32👍13🔥10🎉2👏1