Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Mustaqillik35 #TalabagaQulaylik

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida 13 ta talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi


Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida oliy taʼlim tizimida yana bir muhim yangilik amalga oshirildi. 2026-yil 24-avgust kuni mamlakatimiz hududlarida yangidan barpo etilgan va kapital taʼmirdan chiqarilgan 13 ta talabalar turar joyi, jami 6 200 oʻrin, shuningdek, 4 000 oʻrinli oʻquv binolarini foydalanishga topshirish jarayoniga start berildi.

Tadbirning asosiy markazlaridan biri Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Toʻrtkoʻl fakultetida barcha zamonaviy talablarga javob beradigan yangi talabalar turar joyining tantanali ochilishi boʻldi.

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Toʻrtkoʻl tumani hokimi Ilhomboy Xudaybergenov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Toʻlqin Teshaboyev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar, ularning ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/209688

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
1❤12👍5
#fotolavha

Respublikamizning hududlarida yangidan barpo etilgan va kapital taʼmirdan chiqarilgan 13 ta talabalar turar joyi, jami 6 200 oʻrin, shuningdek, 4 000 oʻrinli oʻquv binolarini foydalanishga topshirish jarayoniga start berish jarayonlaridan fotalavha

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤14👍5🔥1
Professor-o‘qituvchilar ishga taklif etiladi

Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif etadi.

📚 Ta’lim sohalari:
💻 Axborot texnologiyalari
⚙️ Muhandislik
🚘 Transport
📊 Iqtisodiyot
🗣 Xorijiy tillar
🔬 Aniq va tabiiy fanlar

🎓 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
🔸 Magistr darajasi;
🔸 Kamida 2 yillik pedagogik tajriba.
🌟 PhD, DSc, dotsent va professorlarga ustuvorlik beriladi.


Zamonaviy ta’lim muhitiga qo‘shiling va biz bilan birgalikda o‘zingizning ilmiy-pedagogik salohiyatingizni rivojlantiring!

📩 CV yuborish va ma’lumot olish uchun:
🌐 Telegram: @JahongirIsroilov
📧 Email: info@sbumiptk.uz
📱 Тел: +998 55 511-13-06 | +998 97 430-75-79

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍2