Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Dayjest #Sport

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalar o‘rtasida “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

◀️O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida basketbol va voleybol sport turlari bo‘yicha bahslar tashkil etildi;

◀️Buxoro davlat universitetida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi;

◀️Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bir qator sport turlari bo‘yicha “Mustaqillik kubogi-2026” musobaqalari tashkil etildi.

◀️O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida futbol sport turi bo‘yicha bahslar tashkil etildi;

◀️Farg‘ona davlat universitetida stol tennisi, shashka, shaxmat, darts va o‘q otish sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi;

◀️Jizzax davlat pedagogika universitetida futbol sport turi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi;

◀️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida tennis sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi;

◀️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida mini-futbol, shaxmat va stol tennisi sport turlari bo‘yicha bahslar tashkil etildi;

◀️Samarqand davlat pedagogika institutida mini-futbol sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi;


Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda “Kelajak tadbirkori Expo–2026” yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahrida aholi va yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori Expo–2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘tkazildi.

Unda ishtirokchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, talab yuqori bo‘lgan kasblar, biznesni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, shuningdek, moliyaviy ko‘mak hamda imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari taqdim etildi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

#KelajakTadbirkoriExpo2026 #Bandlik #Yoshlar

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍4🤔2
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.

Kechqurun davlatimiz rahbari Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sana – mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etib, xalqimizni bayram bilan tabriklaydi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍8👏2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2026

Abituriyentlar diqqatiga!

Bugun, 28-avgust 6-ta’lim yo‘nalishini tanlashning oxirgi muddati. Soat 23:59 gacha ulguring!

👍Nukus davlat texnika universitetida 38 bakalavriat va 8 magistratura bosqichlarida kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim turlari yo‘lga qo‘yilgan.

Vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirishingiz mumkin, ta’lim yo‘nalishlari va vakant o‘rinlar ro‘yxatini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Vakant

Universitetda: iqtisodiyot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, kimyo, biotexnologiya, energetika, elektrotexnika, konchilik, geologiya, metallurgiya, transport, mexatronika, robototexnika, ekologiya, arxitektura va boshqa muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy mutaxassislar tayyorlanadi.

Nukus davlat texnika universiteti – ta’lim, ilm-fan va innovatsiya asosida rivojlanayotgan, kelajak mutaxassislarini tayyorlaydigan zamonaviy oliy ta’lim muassasasi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍6🔥2👏2🤩1
Yoshlarni milliy gʻurur asosida tarbiyalashga alohida ahamiyat berishimiz kerak. Milliy gʻurur – insonning qalbini, yuragini, butun vujudini kuch-gʻayratga toʻldiradigan qudratli kuch. Milliy gʻururi bor odam hech qachon yengilmaydi – Shavkat Mirziyoyev


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi.

Tadbirda hayot va kelajakni bilim hamda maʼrifat asosida qurish, uzoq-yaqin mamlakatlar bilan doʻstona hamkorlik qilish Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim sharti ekani taʼkidlandi. Buyuk jadid bobolarimiz bejiz millatni uygʻoqlikka, bilim va maʼrifatga chaqirmagan. Ularning kurash va maʼrifat maktabi bugun ham gʻoyat dolzarb ahamiyatga ega.

Shu bois, yoshlarning sifatli taʼlim olishi, vatanparvar insonlar boʻlib voyaga yetishiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Soʻnggi oʻn yilda oliygohlar soni 77 tadan 205 taga yetkazildi, qabul kvotalari muntazam oshirib borildi. Jahondagi TOP-100 talikka kiradigan oliygohlarda 3 ming 500 dan ziyod farzandimiz taʼlim olmoqda. Maktab va maktabgacha taʼlim tizimlarida ham muhim oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.

Soʻnggi besh yilda jadid bobolarimiz merosini oʻrganishga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjumanlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Mustabid tuzumda nohaq qurbon boʻlgan vatandoshlarimizning nomlari aniqlanib, ularning faoliyati, ilmiy va ijodiy merosi oʻrganilmoqda. Yuzlab, minglab fidoyi yurtdoshlarimiz haqidagi maʼlumotlar kitoblar, matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga yetkazilmoqda.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍7🔥3😁2