Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston Milliy universiteti — Qashqadaryoning ilmiy tayanch markazi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida hududlarni rivojlantirishga qaratilgan muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiyada Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Qashqadaryo viloyatiga “Aql markazi” sifatida biriktirilgani va hudud rivoji uchun olib borayotgan ishlari alohida ahamiyat kasb etdi.

O‘zMU rektori Inom Madjidov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan viloyatning mavjud salohiyati va qo‘shimcha imkoniyatlari o‘rganilib, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar va turizmni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqildi.

Natijada 16 ta ilovadan iborat kompleks “Yo‘l xaritalari” tayyorlanib, sessiyada tasdiqlandi.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍4🤔2
“Yangi O‘zbekiston” universiteti — O‘zbekistonda QAA xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tgan birinchi universitet

Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetiga Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha mustaqil tashkiloti Quality Assurance Agency for Higher Education (QAA) tomonidan berilgan International Quality Accreditation (IQA) xalqaro institutsional akkreditatsiya sertifikati QAA Bosh ijrochi direktori Karl Leydeker tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Ma’lumot uchun, “Yangi O‘zbekiston” universiteti O‘zbekistonda QAA xalqaro institutsional akkreditatsiyasiga erishgan birinchi oliy ta’lim muassasasi. Shu bilan birga, universitet Markaziy Osiyoda mazkur akkreditatsiyaga ega bo‘lgan uchta oliy ta’lim muassasasidan biri sifatida e’tirof etildi.


Baholash Yevropa oliy ta’lim hududida sifatni ta’minlash bo‘yicha standartlar va yo‘riqnomalar- Standards and Guidelines for Quality Assurance in the European Higher Education Area (ESG) asosida o‘tkazildi. Jarayon davomida universitetning ichki sifatni ta’minlash tizimi ESG doirasidagi 10 ta standart bo‘yicha baholandi.

QAA tomonidan tayinlangan mustaqil ekspertlar guruhi 2026-yil 2–4-iyun kunlari universitetda baholash tashrifini amalga oshirdi. Ekspertlar universitet taqdim etgan hujjatlarni batafsil o‘rgandi, rahbariyat, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar, bitiruvchilar va tashqi hamkorlar bilan uchrashdi. Shuningdek, ta’lim infratuzilmasi, o‘quv resurslari va ma’lumotlarni boshqarish tizimi ko‘zdan kechirildi.


Yakuniy hisobotga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” universitetining ESG doirasidagi barcha 10 ta standartga to‘liq javob berishi tasdiqlandi.

QAAning akkreditatsiya haqidagi rasmiy xabari bilan QAA saytida tanishish mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍9😱1