“Yangi O‘zbekiston” universiteti — O‘zbekistonda QAA xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tgan birinchi universitet
Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetiga Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha mustaqil tashkiloti Quality Assurance Agency for Higher Education (QAA) tomonidan berilgan International Quality Accreditation (IQA) xalqaro institutsional akkreditatsiya sertifikati QAA Bosh ijrochi direktori Karl Leydeker tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Baholash Yevropa oliy ta’lim hududida sifatni ta’minlash bo‘yicha standartlar va yo‘riqnomalar- Standards and Guidelines for Quality Assurance in the European Higher Education Area (ESG) asosida o‘tkazildi. Jarayon davomida universitetning ichki sifatni ta’minlash tizimi ESG doirasidagi 10 ta standart bo‘yicha baholandi.
Yakuniy hisobotga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” universitetining ESG doirasidagi barcha 10 ta standartga to‘liq javob berishi tasdiqlandi.
QAAning akkreditatsiya haqidagi rasmiy xabari bilan QAA saytida tanishish mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Ma’lumot uchun, “Yangi O‘zbekiston” universiteti O‘zbekistonda QAA xalqaro institutsional akkreditatsiyasiga erishgan birinchi oliy ta’lim muassasasi. Shu bilan birga, universitet Markaziy Osiyoda mazkur akkreditatsiyaga ega bo‘lgan uchta oliy ta’lim muassasasidan biri sifatida e’tirof etildi.
Baholash Yevropa oliy ta’lim hududida sifatni ta’minlash bo‘yicha standartlar va yo‘riqnomalar- Standards and Guidelines for Quality Assurance in the European Higher Education Area (ESG) asosida o‘tkazildi. Jarayon davomida universitetning ichki sifatni ta’minlash tizimi ESG doirasidagi 10 ta standart bo‘yicha baholandi.
QAA tomonidan tayinlangan mustaqil ekspertlar guruhi 2026-yil 2–4-iyun kunlari universitetda baholash tashrifini amalga oshirdi. Ekspertlar universitet taqdim etgan hujjatlarni batafsil o‘rgandi, rahbariyat, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar, bitiruvchilar va tashqi hamkorlar bilan uchrashdi. Shuningdek, ta’lim infratuzilmasi, o‘quv resurslari va ma’lumotlarni boshqarish tizimi ko‘zdan kechirildi.
Yakuniy hisobotga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” universitetining ESG doirasidagi barcha 10 ta standartga to‘liq javob berishi tasdiqlandi.
QAAning akkreditatsiya haqidagi rasmiy xabari bilan QAA saytida tanishish mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍9😱1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. "Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍5🔥2
#natija #oʻqishnikoʻchirish
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi
2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.
✅ Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.
O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim.

❤43👍7😁5🔥4🎉2
Koʻksaroy qarorgohida davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modini tantanali kutib olish marosimi boʻldi.
#Mirziyoyev #tashrif #Hindiston #marosim
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Mirziyoyev #tashrif #Hindiston #marosim
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤34😁4👍2🎉1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar:
📌 Ochiq ruhda kechgan muloqotlar davlatlarimiz o‘rtasidagi samimiy do‘stlik, yuksak hurmat va o‘zaro ishonchning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi;
📌 Hindiston bizning jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor va nufuzga ega bo‘lgan salohiyatli strategik sherigimizdir;
📌 Hamkorligimiz yangi sifat darajasi – keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga ko‘tarildi;
📌 Kelishuvlarimizning ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirlari darajasida alohida mexanizm yaratishga qaror qildik;
📌 O‘tgan yili o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 33 foizga o‘sib, 1,3 milliard dollardan ortdi, 2030-yilga qadar ushbu raqamni 5 milliardga yetkazmoqchimiz;
📌 Hukumatlararo qo‘shma komissiya va Ishbilarmonlar kengashi faoliyatini yanada jadallashtirishga kelishdik;
📌 Energetika, o‘ta muhim minerallar, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, elektronika, zargarlik va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik kuchaytiriladi;
📌 BMT, ShHT, Qo‘shilmaslik harakati, BRICS kabi nufuzli tuzilmalar va Global Janub doirasida bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashni bundan keyin ham davom ettiramiz;
📌 O‘zbek va hind xalqlarini bir necha ming yillik tarixiy, madaniy va ma’rifiy ildizlar chambarchas bog‘lab turadi;
📌 O‘zaro madaniyat haftaliklari, kinofestivallar va boshqa yirik tadbirlarni o‘tkazish bilan birga yangi qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini ham ishga tushiramiz;
📌 30 kunlik vizasiz tartib joriy etilishi o‘zaro qatnovlarni yanada faollashtirishga xizmat qiladi;
📌 Qabul qilingan hujjatlar, erishilgan kelishuvlar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida keng qamrovli “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍3🔥1