Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Mustaqillik_35

Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qarshi davlat texnika universitetida “Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazi” (FabLab) binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.


Ochilish marosimida markazda yaratilgan innovatsion ishlanmalar, jumladan, robotlar, dronlar, yangi avlod mashinasi, quyosh panellarini tozalash qurilmasi va qishloq xoʻjaligi texnikalari namoyish qilindi.

Markazning maqsadi yosh olimlar va talabalarning muhandislik-texnika yoʻnalishlaridagi innovatsion gʻoya va ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish, ularning tajriba nusxalarini tayyorlash hamda taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Batafsil

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18😁17😱6🤔4👏3
#Dayjest #Mustaqillik35

✅ Oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimlari o‘tkazildi.

➖Samarqand davlat pedagogika instituti
➖Urganch davlat universiteti
➖Samarqand davlat texnika universiteti
➖Guliston davlat universiteti
➖Guliston davlat pedagogika instituti
➖Jizzax politexnika instituti
➖Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti
➖Qoʻqon davlat universiteti
➖Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
➖Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
➖Buxoro davlat universiteti
➖Namangan davlat texnika universiteti
➖O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
➖Olmaliq davlat texnika instituti
➖Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti
➖Jizzax davlat pedagogika universiteti
➖Farg’ona davlat texnika universiteti
➖Farg'ona davlat universiteti
➖Nukus davlat pedagogika instituti
➖Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti
➖Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali
➖Urganch davlat pedagogika instituti
➖“University of Business and Science”ning Toshkent filiali


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18😱5😁2👍1👏1
#Xalqaro_hamkorlik #Myunxen

🇺🇿🇩🇪 O‘zbekiston va Myunxen texnika universiteti o‘rtasidagi hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Myunxen texnika universiteti (Technische Universität München — TUM) faxriy prezidenti, professor Volfgang A. Herrmann hamda TUM vitse-prezidenti, professor Ali Sunyayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda yetakchi xorijiy universitetlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/212634

👉
На русском
👉 In English

Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
❤21😱14👍10😁4👏1
#Faxr

TDTU olimi “Young Voice of Science” xalqaro mukofotini qo‘lga kiritdi

Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan V Kazan Global Youth Summit doirasida tashkil etilgan Global Youth Leadership Awards 2026 xalqaro taqdirlash marosimida Toshkent davlat texnika universiteti “Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasi dotsenti Zoir Kenjayev yuksak xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

U “Young Voice of Science” — “Ilm-fanning yosh ovozi” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Alohida ta’kidlash joizki, beshinchi bor o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli xalqaro mukofot loyihasi shu vaqtga qadar dunyoning 80 davlatidan 800 nafardan ortiq ekspertlarni birlashtirgan. Bu esa mukofotning xalqaro miqyosdagi nufuzi, qamrovi va ahamiyatini yaqqol namoyon etadi.

Zoir Kenjayevning mazkur nufuzli mukofotga sazovor bo‘lishi uning ilmiy tadqiqotlar, xususan, quyosh energetikasi, muhandislik ta’limini rivojlantirish hamda ilm-fanni keng ommalashtirish yo‘nalishlaridagi samarali faoliyatiga berilgan munosib e’tirofdir.


Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤22😁13👍5🤔4👏2
Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralari boʻlib oʻtdi.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Xitoy #hamkorlik

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
😁12❤10🤔4👍3😱1