Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik #Myunxen

🇺🇿🇩🇪 O‘zbekiston va Myunxen texnika universiteti o‘rtasidagi hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Myunxen texnika universiteti (Technische Universität München — TUM) faxriy prezidenti, professor Volfgang A. Herrmann hamda TUM vitse-prezidenti, professor Ali Sunyayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda yetakchi xorijiy universitetlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/212634

👉
На русском
👉 In English

Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
❤21😱14👍10😁4👏1
#Faxr

TDTU olimi “Young Voice of Science” xalqaro mukofotini qo‘lga kiritdi

Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan V Kazan Global Youth Summit doirasida tashkil etilgan Global Youth Leadership Awards 2026 xalqaro taqdirlash marosimida Toshkent davlat texnika universiteti “Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasi dotsenti Zoir Kenjayev yuksak xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

U “Young Voice of Science” — “Ilm-fanning yosh ovozi” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Alohida ta’kidlash joizki, beshinchi bor o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli xalqaro mukofot loyihasi shu vaqtga qadar dunyoning 80 davlatidan 800 nafardan ortiq ekspertlarni birlashtirgan. Bu esa mukofotning xalqaro miqyosdagi nufuzi, qamrovi va ahamiyatini yaqqol namoyon etadi.

Zoir Kenjayevning mazkur nufuzli mukofotga sazovor bo‘lishi uning ilmiy tadqiqotlar, xususan, quyosh energetikasi, muhandislik ta’limini rivojlantirish hamda ilm-fanni keng ommalashtirish yo‘nalishlaridagi samarali faoliyatiga berilgan munosib e’tirofdir.


Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤22😁13👍5🤔4👏2
Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralari boʻlib oʻtdi.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Xitoy #hamkorlik

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
😁12❤10🤔4👍3😱1
#Mustaqillik_tuhfasi

🏛 Urganch davlat universitetining yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Urganch davlat universitetining yangi, zamonaviy tipda barpo etilgan o‘quv binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm viloyatining ilm-fan, ta’lim, san’at va madaniyat sohalarining taniqli vakillari, universitet rektori Feruza Madrahimova boshchiligida faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tantanali tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok etib, universitet jamoasini ushbu ko'rkam va zamonaviy o'quv binosi bilan samimiy muborakbod etdi.

Yangi o‘quv binosi 8 qavatdan iborat bo‘lib, 1800 o‘ringa mo‘ljallangan. Binoda joylashgan Sun’iy intellekt laboratoriyasi sohada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/6060

👉 На русском
👉 In English

Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❤15👏10👍8🔥4😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oksford universiteti talabalari uchun Yozgi maktab boshlandi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamkorligida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning tashabbusi bilan tashkil etilgan Oksford universiteti O‘zbekshunoslik dasturi talabalari uchun Yozgi maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, “El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari, taniqli turkolog Nikolas Kontovas, tashkilotchilar hamda Oksford talabalari ishtirok etdi.

Mazkur Yozgi maktab O‘zbekiston va Oksford universiteti o‘rtasidagi o‘zbek tili va o‘zbekshunoslik yo‘nalishidagi akademik hamkorlikning yangi bosqichi sifatida ahamiyatlidir. Oksforddagi o‘quv jarayonida ToshDO‘TAU huzuridagi “O‘zbek maktabi” tomonidan xorijliklar uchun A1–B1 darajada yaratilgan o‘zbek tili darsliklari hamda Uzacademy platformasidan foydalanilmoqda. 27-avgustdan 23-sentyabrgacha davom etadigan Yozgi maktabda talabalar o‘zbek tilini tabiiy muhitda o‘rganish bilan birga Chig‘atoy tili, xattotlik, tasavvuf, jadidchilik, Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatiga oid mashg‘ulotlarda ishtirok etadar hamda ular uchun Samarqand va Buxoroga ma’rifiy safarlar uyushtiriladi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
😁18❤16👍8🤔7🔥4