Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Toshkent_yarim_marafoni

Toshkent xalqaro yarim marafonida 1 636 nafar talaba ishtirok etdi

6-sentabr kuni Toshkent shahrida ommaviy yugurish musobaqasi — Toshkent xalqaro yarim marafoni bo‘lib o‘tdi. Nufuzli sport tadbirida oliy ta’lim tashkilotlaridan jami 1 636 nafar talaba qatnashdi.

Musobaqa doirasida beshta start tashkil etilib, ularda qariyb 24,5 ming nafar ishtirokchi qatnashdi. Qatnashchilarning 53 foizga yaqinini ayollar tashkil etdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/215347

👉 На русско
👉 In English

Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
❤30😁5🔥3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ O‘zDJTU talabalari uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi

2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 7-sentabrdan boshlab “Mirzo Ulug‘bek” metro bekati — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yo‘nalishida vaqtinchalik avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

📍 Yo‘nalish bo‘yicha asosiy ma’lumotlar:

🗓 Qatnov boshlanishi: 7-sentabrdan
⏰ Harakat vaqti: 07:00 dan 08:00 gacha (ertalabki tig‘iz vaqtda)
🚌 Avtobuslar soni: 4 ta katta sig‘imli avtobus

🎓 Manzil: avtobuslar talabalarni "Mirzo Ulug'bek" metrosi oldidan O‘zDJTUning har ikkala o‘quv binosiga yetkazadi.

📍 Yo‘nalish:
— “Mirzo Ulug‘bek” metrosi;
— Taxtagul;
— THAY;
— Lutfiy;
— Ko‘kcha Darvoza;
— Zakovat ko‘chalari;
— O‘zDJTU.

Nima uchun yangi yo‘nalish tashkil etilmoqda?

Hozirda O‘zDJTU talabalarining katta qismi universitetga borishda “Chilonzor” metro bekatigacha yetib kelib, undan keyin avtobuslarga o‘tadi. Natijada ertalabki tig‘iz vaqtda ushbu yo‘nalishdagi jamoat transportlarida yo‘lovchilar oqimi ortishi sababli yuklama oshadi.

Yangi vaqtinchalik yo‘nalish orqali talabalar “Mirzo Ulug‘bek” metro bekatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitetgacha avtobusda yetib borishlari mumkin bo‘ladi.

Bu talabalarning ertalabki tig‘iz vaqtda universitetga tezroq va qulayroq yetib borishiga, shu bilan birga “Chilonzor” metrosi va unga tutash jamoat transporti yo‘nalishlaridagi yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi.

Eslatma: Mazkur avtobuslar faqat ertalabki tig‘iz vaqtda — soat 07:00 dan 08:00 gacha harakatlanadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤19👏7🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi muassasa o‘z eshiklarini ochmoqda", - Saida Mirziyoyeva


Toshkentda Zamonaviy san’at markazining (“CCA Tashkent”) ochilish marosimi bo‘ldi. Ushbu dargohda ko‘rgazma zallari, kutubxona, konsept-stor, ta’lim maydonlari hamda uchrashuv va tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan jamoat hududlari o‘rin olgan. Qamrovining bu qadar kengligi uni butun Markaziy Osiyo mintaqasida shu turdagi birinchi raqamli majmua darajasiga olib chiqmoqda.

Yangi madaniy klaster 1912-yilda qad rostlagan sobiq dizel elektr stansiyasining tarixiy binosida joylashdi. Inshootning me’moriy transformatsiyasi dunyoga mashhur “Studio KO” byurosi tomonidan amalga oshirildi. Endilikda bu yerda ko‘rgazmalar, ilmiy izlanish jarayonlari, ma’ruzalar, ochiq muloqotlar, film namoyishlari, konsert va performanslar muntazam o‘tkazib boriladi.

Mamlakatimizda yana bir shunday nufuzli, zamonaviy maydonning vujudga kelgani alohida ahamiyatga ega. “CCA Tashkent” ijodkorlar, kuratorlar va xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatib, o‘zbekistonlik iste’dod egalarining yangi auditoriyaga chiqishi hamda xorijiy sahnalarda munosib e’tirof topishiga zamin yaratadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍84🔥32❤24
Markaziy bank maxsus stipendiyasiga tanlov eʼlon qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiyot, bank ishi, moliya, yurisprudensiya va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qiladi.

Talabgorlar uchun asosiy talablari
- Bakalavriat va magistraturaning soʻnggi bosqichi kunduzgi boʻlimi talabalari;
- Soʻnggi oʻquv yili boʻyicha yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlganlar;
- Davlat tilini mukammal, rus va ingliz tillarini kamida B2 darajasida biladiganlar talabalar ishtirok etishlari mumkin.


🔗 Batafsil maʼlumot va tanlovning toʻliq shartlari

📝 Ariza topshirish — https://t.me/cbu_official_bot

🗓Hujjatlarni topshirish 11-sentabrga qadar davom etadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16
Kelajak soati 1-mavzu Taqdimot.pdf
6.1 MB
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi taqdimoti

Hurmatli ustozlar!

Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda “Kelajak soati” darslari uchun taqdimotlar ham tayyorlanib, kanalga joylab boriladi.

Mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”

Dars ssenariysi

1-kontent: Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz!
2-kontent: Mustaqillik va biz!
3-kontent: Talabalik maktublari
4-kontent: Yangi Toshkent shahridamiz

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤19😁5🔥4🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalik maktublari

Ajdodlarimiz qanday davrda va qanday sharoitda yashamasin, ilm izlashdan va yangilikka intilishdan to‘xtamagan. Biz turli davrda yashagan talabalarning maktublarini bir videoga jamladik. Maktublarga real yozishmalar asos qilib olingan.

Endi esa siz o‘zingizni 35 yildan keyin yashayotgan tengdoshingizga maktub yozayotgan inson sifatida tasavvur qiling. Unga bugungi hayotingizni qanday tasvirlagan bo‘lardingiz? Bugungi dunyo, orzu va intilishlaringiz, sizni o‘ylantirayotgan masalalar, kelajakdan kutayotgan umidlaringiz haqida nimalarni aytmoqchisiz? Eng muhimi, undan qanday javob eshitishni istaysiz?

Maktubingizni 20-sentyabrga qadar ushbu bot orqali yuboring. Maktub hajmi 250 so‘zdan oshmasligi kerak.

Eng yaxshi deb topilgan 35 nafar ishtirokchi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan tashakkurnoma hamda maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍7🔥1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_qulaylik

O‘zDJTU talabalari uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi


2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 7-sentabrdan boshlab “Mirzo Ulug‘bek” metro bekati — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yo‘nalishida vaqtinchalik avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

📍 Yo‘nalish bo‘yicha asosiy ma’lumotlar:

🗓 Qatnov boshlanishi: 7-sentabrdan
⏰ Harakat vaqti: 07:00 dan 08:00 gacha (ertalabki tig‘iz vaqtda)
🚌 Avtobuslar soni: 4 ta katta sig‘imli avtobus

🎓 Manzil: avtobuslar talabalarni "Mirzo Ulug'bek" metrosi oldidan O‘zDJTUning har ikkala o‘quv binosiga yetkazadi.

📍 Yo‘nalish:
— “Mirzo Ulug‘bek” metrosi;
— Taxtagul;
— THAY;
— Lutfiy;
— Ko‘kcha Darvoza;
— Zakovat ko‘chalari;
— O‘zDJTU.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/215578

👉 На русском
👉 In English

Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍11👏1
📢 HEMIS tizimning navbatdagi versiyasi OTTlarga taqdim etildi!

HEMIS tizimining 1.9.53 (05.09.2026 y.) versiyasida OTTlarda ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish va talabalarni tizimga kiritish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.


1. Ikkinchi oliy ta’lim talabalarini kiritish
Ikkinchi oliy ta’limga qabul qilingan hamda texnikumni bitirib, suhbat asosida qabul qilingan talabalarni verifikatsiya orqali tizimga kiritish anketasi ishlab chiqildi.

📍 Talabalar bazasi → Ikkinchi ta’lim talabani kiritish

2. Ikkinchi ta’lim talabalarini rasmiylashtirish
“Ta’lim buyruqlari” modulida ikkinchi ta’lim talabalarini rasmiylashtirish uchun “Darslarga ruxsat berish (ikkinchi ta’lim)” farmoyishi va uning shabloni ishlab chiqildi.

3. Ikkinchi ta’lim uchun o‘quv rejasi
Ikkinchi ta’lim talabalari uchun alohida o‘quv rejasi yaratiladigan holatlarda funksional takomillashtirildi.

Agar ta’lim shaklida “Ikkinchi oliy” tanlansa, o‘quv reja semestrlari 3-semestrdan boshlab yaratiladi.

4. O‘qishga tiklash funksionali
“Ta’lim buyruqlari → O‘qishga tiklash buyrug‘i” funksionali takomillashtirildi. Buyruqqa talaba qo‘shishda hujjat parametri hisobga olinadi va talabalar ajratiladi. Shuningdek, chetlashtirilgan talabalarni verifikatsiya orqali tiklash imkoniyati joriy etildi.

5. Xorijiy talabalarni kiritish
“Talabalar bazasi → Talaba yaratish” funksiyasidan xorijiy talabalarni kiritish olib tashlandi.
Endilikda xorijiy talabalar faqat:

📍 Talabalar bazasi → Xorijiy talabani kiritish menyusi orqali verifikatsiya bilan tizimga kiritiladi.

6. Talaba anketasi takomillashtirildi
Yangi talaba qo‘shishda anketadagi “Farmoyish/Buyruq” maydonida hech qanday hujjat tanlanmaydi.
Ushbu maydonda hujjatlar faqat buyruqlar rasmiylashtirilgandan so‘ng ko‘rinadi.

7. Talaba qo‘shish parametrlari
Quyidagi farmoyish va buyruqlarda talabalarni qo‘shish parametrlari takomillashtirildi:
▪️ Darslarga ruxsat berish turidagi barcha farmoyishlar;
▪️ O‘qishni bekor qilish farmoyishi;
▪️ O‘qishga qabul qilish buyrug‘i;
▪️ Akademik mobillikka qabul qilish buyrug‘i.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤18👍9
#Mirziyoyev #qabul #Xitoy #hamkorlik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi.

Oliy va kasbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, mamlakatimizda Xitoyning yetakchi oliy taʼlim muassasalari filiallarini ochish muhimligi taʼkidlandi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤10🤔1
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi


Hukumatning 2026-yil 4-sentyabrdagi 463-son qarori bilan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

🏛 Ushbu Nizom davlat oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish, ularning startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarini saralash va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.

⏳ Nizomga ko‘ra, tanlov har yili sentyabr – dekabr oylarida o‘tkaziladi.

🤑 Tanlov 2 bosqichda tashkil qilinib, 1-bosqich barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zlarining talabalari uchun o‘tkaziladi.

✅ Respublika bosqichi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi.

🧾 Ta’lim tashkilotlari har yili 10-sentyabrda tanlovning 1-bosqichiga arizalar qabuli boshlanganligi to‘g‘risida e’lon beradi.

🔘 Tanlovda talabgorlar har yili 10-oktyabrga qadar saralash komissiyasi nomiga ariza berish orqali faqatgina bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etadi.

⭐ Tanlovda innovatsion g‘oyalar saralash va tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan quyidagi 100 ballik mezonlar asosida baholanadi:

➖ innovatsion g‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgacha;
➖ innovatsion g‘oyaning dolzarbligi – 20 ballgacha;
➖ mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha;
➖ xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgacha;
➖ innovatsion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha.

💸 Tanlovning 1-bosqichida g‘oliblar quyidagi miqdorda grant mablag‘lari bilan taqdirlanadi:

▪️ 1-o‘rin uchun – 50 mln so‘m;
▪️ 2-o‘rin uchun – 30 mln so‘m;
▪️ 3-o‘rin uchun – 20 mln so‘m.

✉️ Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan innovatsion g‘oyalar Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi:

▫️ 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m;
▫️ 2-o‘rin uchun – 300 mln so‘m;
▫️ 3-o‘rin uchun – 200 mln so‘m.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍7