Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Bauman universitetining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

7-sentyabr kuni N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Vasiylik kengashi raisi Qoʻngʻirotboy Sharipov, Bauman universiteti rektori Mixail Gordin, Vasiylik kengashi aʼzolari hamda taʼlim, ilm-fan va sanoat sohasi vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishda filialni tashkil etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, uning toʻlaqonli faoliyati va kelgusidagi strategik rivojlanish vazifalari muhokama qilindi. Qisqa vaqt ichida filialning tashkiliy tuzilmasi shakllantirilib, zarur oʻquv bazasi yaratildi va taʼlim jarayoni yoʻlga qoʻyildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/215927

👉 На русском
👉 In English

Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
❤14👍1🤔1
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi

Bitiruvchilar bandligini ta’minlash: amaliy natijalar

Joriy yilning 3-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish viloyat va tuman hokimliklari huzurida shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularning ishini samarali tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Buxoro viloyatining barcha tuman va shaharlarida, jumladan, Shofirkon tumanida ham aholi, xususan, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Umuman olganda, hozirga qadar Buxoro davlat texnika universitetini joriy yilda tamomlagan 3 515 nafar bitiruvchining 3 454 nafari bandligi ta’minlangan. Bu natija bitiruvchilarning 98,3 foizi mehnat faoliyatiga jalb etilganini ko‘rsatadi.

Batafsil: https://bstu.uz/news/63

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤32👍9🔥5🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kontrakt #shartnoma

Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)
❗️

“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida
talabalar uchun to‘lov-kontrakt shartnomasini olish jarayoni soddalashtirilib, onlayn ariza yuborish imkoniyati joriy etildi.

🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍7👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahriga keldi.

Prezidentimiz tashrifi sharafiga Serbiya poytaxtidagi “Kula Belgrade” osmono‘par binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍6
#Olimlar_minbari
#31.08-06.09.2026

“Kasblar shaharchasi mehnat bozoridagi bo‘shliqni qanday to‘ldiradi?” — Azimjon HUSANOV, Kasbiy taʼlim agentligi direktori;

«35 лет независимости: путь Узбекистана как фундамент для следующих десятилетий» — Шерзодхон Кудратхожа, ректор Университета журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана;

“
Xomashyo qaramligidan global intergratsiyagacha” — Qalandar ABDURAHMONOV, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali direktori, akademik;

“Muhandislik g‘oyalari qayerda tug‘iladi?” — Sherzod NEʼMATOV, Qarshi davlat texnika universiteti rektori;

“Raqobatbardosh kadrlarni shakllantirish zimmamizdagi ulkan masʼuliyat” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori;

“Strategik sheriklarning ilmiy-ma’rifiy aloqalari mustahkam, intilishlari mushtarak” — Bahodir MAʼMUROV, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor;

«Здоровая нация — сильное государство, благополучное общество» — Шухрат БОЙМУРОДОВ, ректор Ташкентского государственного медицинского университета, профессор;

“Ochiq, pragmatik va o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lida“ — Bahodir XOLIQOV, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor;

«Независимость технологическая и интеллектуальная» — Суннатилла ГАЙБНАЗАРОВ, декан Ташкентского государственного технического университета, доктор технических наук;

“Yutuqlar yakun emas, kelgusi izlanishlar uchun boshlang‘ich nuqta“ — Azizbek HASANOV, Termiz davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor;

“Dunyo nigohidagi yangi O‘zbekiston” — Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor;

“Turizm rivoji jahon darajasiga ko‘tarilmoqda” – Muhsinjon XOLMUHAMEDOV, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori v.b.;

“Xalqaro ta’lim standartlari — raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning muhim omili” — Bahrom TO‘LAGANOV, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori;

“O‘zbekiston — 35 yil: yangilanish va taraqqiyot davri” — Mirzayusup RUSTAMBEKOV, Jamoat xavfsizligi universiteti rektori, professor;

«Лидер Восточного Ренессанса. Как меняется взгляд международного сообщества на реформы в Узбекистане» — Шерзод МУСТАФАКУЛОВ, ректор Международного университета Нордик, профессор;

“Bilim va tajribamizni oliy taʼlimimizni rivojlantirishga safarbar etamiz” — Lazizaxon G‘AFUROVA, O‘zbekiston milliy universiteti professori;

“Ro‘yxat boshida” — Rustambek ShAMSUTDINOV, Andijon davlat universiteti professori;

“Istiqlolning ko‘rinmas qal'asi” — Begdavlat ALIYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Milliy yuksalish davri” — Is'hoqxon NOSIROV, Angren universiteti dotsenti;

“ShHT — davr taqozo etayotgan muloqot maydoni” — Mels JUNAYDULLAYEV, Buxoro davlat universiteti dotsenti;

«На пути к национальному прогрессу: как работает антикоррупционная политика» — Дилафруз СУФИЕВА, преподаватель Ташкентский государственный юридический университета.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤11🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Diplom — marra emas, balki karyeradagi birinchi qadam!

Diplom oldingiz, lekin mos ish topishda ikkilanyapsizmi?
Career Edu yechim beradi!

🤔 Career Edu platformasi:
🔆 Yosh mutaxassislarni nufuzli ish beruvchilar bilan bog‘laydi;
🔆 Mutaxassisligingizga mos ish va amaliyot o‘rinlarini taklif etadi;
🔆 Birinchi ish joyingizni topishni sezilarli darajada osonlashtiradi.

📈 Platformada nafaqat vakansyalarni izlashingiz, balki:
• HR suhbatlariga tayyorlanishingiz,
• rezyume yaratishingiz;
• frilans eʼloningizni joylashingiz mumkin.

🔗 career.edu.uz hoziroq sinab ko‘ring!

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍8🔥1🥰1🎉1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤10