Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Yaponiyalik ustozlar Buxoro davlat texnika universitetida

Buxoro davlat texnika universitetidagi O‘zbekiston–Yaponiya markazida Yaponiyadan tashrif buyurgan ustozlar tomonidan tinglovchilarga yapon tili va tadbirkorlik fanlaridan darslar olib borilmoqda.

Ayni paytda markazda 100 nafardan ortiq tinglovchi yapon tilini o‘rganmoqda, shuningdek, 30 nafar tadbirkor tadbirkorlik yo‘nalishida tahsil olmoqda. Mashg‘ulotlarda yapon tilini o‘rganish bilan bir qatorda, Yaponiya madaniyati, urf-odatlari va biznes yuritish tajribasi haqida ham amaliy bilimlar berilmoqda.

Markazning asosiy maqsadi — yoshlar va tadbirkorlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni xalqaro tajriba bilan tanishtirish hamda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ta’limiy, madaniy va iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash.

Shuningdek, Buxoro davlat texnika universitetining 100 nafar talabasini bepul yapon tili kurslarida o‘qitish uchun saralash jarayoni ham boshlangan. Ayni paytda talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning yapon tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va salohiyati o‘rganilmoqda. Bu tashabbus yoshlar uchun yapon tilini bepul o‘rganish, Yaponiya madaniyati va tajribasi bilan yaqindan tanishish hamda kelajakda yangi ta’lim va kasbiy imkoniyatlarga ega bo‘lish uchun muhim qadamdir.


Batafsil:
https://bstu.uz/news/68

👉
На русском
👉 In English

Facebook
| Instagram | YouTube|Telegram
15❤25🔥5👍4👏1🎉1
PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi?

Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi.

Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi.

❗️Tabiiy fanlar bo‘yicha
O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.

Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan.

💻 Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha:

O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.

📊 Ma’lumot o‘rnida: PISA 2025 Xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi.

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi

Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.

Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qatʼiy intilish ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.


❗️Maʼlumot uchun: Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda Serbiya Respublikasi bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍1
Fraunhofer jamiyati vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
 
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Germaniyaning amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish boʻyicha yetakchi tashkilotlaridan biri Fraunhofer jamiyati vakillari — Germaniyaning Fraunhofer ishlab chiqarish tizimlari va konstruksiyalash texnologiyalari instituti (Fraunhofer IPK) direktori Xolger Kol hamda "PROJECHT M" Foundation Germany raisi Mayk de Vris bilan uchrashdi.
 
Muloqot davomida oliy taʼlim, ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari hamda innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari, ilmiy ishlanmalarni amaliyot va sanoatga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
 
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/216453

#Xalqaro_hamkorlik

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston va Fraunhofer jamiyati oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi jarayonidan video lavha

#Xalqaro_hamkorlik

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👏1