Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Oliy taʼlim tizimida yaratilgan 400 dan ortiq nashr Milliy kutubxonaga topshirildi

Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlarida so‘nggi o‘n yil davomida nashr etilgan adabiyotlarni jamlash va ularni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondini boyitishga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.

Mazkur ishlar doirasida 400 dan ortiq nashr nusxasi — monografiyalar, ilmiy to‘plamlar, dissertatsiyalar, o‘quv va badiiy adabiyotlar, ma’lumotnomalar, ilmiy-ommabop nashrlar, albomlar, jurnallar hamda boshqa adabiyotlar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/216758

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍6👏2
#Avtomobilsiz_kun

10-sentyabr kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Shaharlarda ekologik toza transportdan foydalanish havoning ifloslanishini kamaytirish, energiya resurslarini tejash va aholining salomatligini mustahkamlashga yordam beradi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yanada qulay va yashil muhit yaratish mumkin.

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤14👍3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🥰1
Gonkong fan va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududiga tashrifi doirasida “Gonkong fan va texnologiyalar universiteti (HKUST)” da bo‘ldi.

Tashrif davomida universitetning zamonaviy ta’lim va ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi, innovatsion laboratoriyalari hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

#Xalqaro_hamkorlik #Gonkong

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍3
Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi.

Xususan, tadbirkorlar bogʻcha, maktab va texnikum tashkil etish boʻyicha tayyor loyihalar taklifi bilan chiqib, ehtiyojmand oila farzandlarini bepul oʻqitmoqchi boʻlsa, davlat yer uchastkalarini 1 million soʻm boshlangʻich narx bilan auksionga chiqarishga tayyor ekani taʼkidlandi.

Maktab, texnikum, oliygoh va boshqa tashkilot binolarining boʻsh xonalarida, asosiy xonalarning darsdan tashqari vaqtlarida yoshlar, ayollar va ishsiz fuqarolarni kasb-hunar hamda tillarga oʻqitish muhitini yaratish vazifasi belgilandi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤5🔥2