Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi.

#Mirziyoyev #tanishuv #Olmazor #talabalar

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤15😁4👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar shaharchasining vaziyatlar markazi Prezidentimizga taqdimot qilindi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
👍14❤2
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumaniga tashrif chogʻida “ToshTech” texnika universiteti faoliyati bilan ham tanishdi.

#Mirziyoyev #tanishuv #Olmazor #ToshTech

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤11👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #tanishuv #Olmazor #ToshTech

Prezident Shavkat Mirziyoyev "ToshTech" universiteti talabalari bilan uchrashdi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤12🔥3👍1🥰1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Olmazor tumanida mehnat bozori talabi bilan kadrlar tayyorlash tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish masalasi ham muhokama qilindi.

Bugun tumandagi ish beruvchilarga 4 mingdan ziyod o‘rta maxsus ma’lumotli hamda qariyb 1 ming nafar maxsus ma’lumot talab etilmaydigan yo‘nalishlarda ishchi kuchiga ehtiyoj mavjud.

Shu bois, Olmazor kasbiy ko‘nikmalar markazi negizida axborot texnologiyalari va ilg‘or innovatsiyalar bo‘yicha 400 o‘rinli texnikum, sobiq Toshkent arxitektura-qurilish kolleji binosida zamonaviy kasb-hunar markazi tashkil etiladi. Boshqa mavjud binolardan ham kasbga o‘qitish maqsadida samarali foydalaniladi.

Xorij mehnat bozoriga maqsadli tayyorgarlikni kuchaytirish uchun Germaniyaning xususiy o‘quv markazlari bilan 500 kishiga mo‘ljallangan nemis tili kurslarini tashkil etish, Chexiya va Slovakiya uchun tibbiyot xodimlarini tayyorlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, Germaniya, Yaponiya, Koreya va Buyuk Britaniyadan 20 ta yirik rekruting kompaniyasini jalb qilish, Fransiya kompaniyalari bilan yiliga 1,5 ming nafar fuqaroni mavsumiy ishlarga joylashtirish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi.

Yoshlar shaharchasida 42 gektar maydonda IT-park, yuqori texnologiyali sanoat va ta’lim obyektlarini birlashtirgan innovatsion klasterni tashkil etish ishlarini yil yakuniga qadar boshlash vazifasi qo‘yildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍4
Yig‘ilishda Olmazor tumanining ta’lim va ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, talabalar uchun xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Bu yerda bir vaqtning o‘zida 75 ming nafar talaba tahsil oladi. Shu bois, ularning o‘qishi va yashash sharoiti, bandligi, tadbirkorligi, madaniy hayoti va xavfsizligini qamrab oladigan yaxlit boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

“Yoshlik” shaharchasi hokimligi tizimida talabalarning ta’lim-tarbiyasi, bandligi, ijtimoiy ta’minoti va xotin-qizlar masalalari bilan ishlaydigan alohida mas’ullar faoliyati tashkil etiladi.

Tumanda 7 ta oliygohga qarashli 41 ta talabalar yotoqxonasida qariyb 18 ming nafar yosh istiqomat qiladi. Ularning yashash sharoitini yaxshilash, yotoqxonalar atrofini obod saqlash, yashil hududlar va “buk-kafe”larni ko‘paytirish, madaniy tadbirlarni muntazam tashkil etish uchun alohida Direksiya tuziladi.

Talabalar shaharchasida tashkil etilgan Vaziyatlar markazi orqali oliygoh va yotoqxonalarga kirib-chiqish hamda davomatni onlayn nazorat qilish amaliyoti yaxshi natija berayotgani qayd etildi.

Mazkur tizimni yil yakunigacha Toshkent shahrining boshqa tumanlariga, kelgusi yili esa mamlakatdagi barcha oliy ta’lim muassasalariga joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍2😁2