Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Koreya Respublikasiga keldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi.

Oliy martabali mehmonlarni Koreya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍10👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Olga_Shaxmatchilar #Olga_O’zbekiston

15–27-sentyabr kunlari Samarqand shahrida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazilmoqda.

Taʼkidlash joizki, mamlakatimiz Markaziy Osiyo mintaqasi tarixida ilk bor shaxmat olamining ushbu eng yirik va nufuzli jamoaviy turniriga mezbonlik qiladi.


Milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz va barcha yurtdoshlarimizni shaxmatchilarimizga muxlislik qilishga chorlaymiz!

Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿
Olg‘a, shaxmatchilarimiz! ♟

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28👍5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📝 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari farzandlari uchun kontrakt toʻlovining bir qismi qoplab beriladi
 
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun muhim imkoniyat yaratildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤20👍6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1,5 ming dollar maosh olayotgan talaba: dual ta’limning amaliy natijasi

Andijon davlat chet tillari institutida dual ta’lim tizimi talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularni o‘qish davridayoq mehnat bozoriga olib kirish va kasbiy tajriba orttirishiga xizmat qilmoqda.

Buning amaliy natijalaridan biri — institut talabasi Fayzulloh Ahmadjonov misolida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Fayzulloh Ahmadjonov ayni paytda Andijon tumani “Ipak yo‘li” sanoat zonasida joylashgan Xitoy korxonasida faoliyat yuritmoqda. U o‘qishini davom ettirgan holda, o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llab, bugungi kunda 1,5 ming AQSh dollari miqdorida maosh olmoqda.

Batafsil…

👉 На русском
👉 In English

#dual_taʼlim

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤35👍13🔥7👏7🎉5
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi: oʻzgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” maqolasi eʼlon qilindi

Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — “The Chosun Daily”da Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi: oʻzgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi.

Maqolada Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investitsiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratilgan.

❗Maqolada qayd etilganidek–

🔵soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;

🔵Koreyaning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan;

🔵Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qoʻshma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda;

🔵KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq;

🔵2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan.

Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining oʻzaro toʻldiruvchanligi yangi oʻsish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini taʼkidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini taʼkidladi.

"Ishonchim komilki, aynan shu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi".


Maqolada sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar” istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritish, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi e’tirof etgan.

Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti O‘zbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon ekaniligiga alohida urg‘u berdi.

"...O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida. Bu tashabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirilgan mexanizmga aylantirishga qaratilgan".


Prezident maqolasida qayd etilganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

"Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman"- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada.


🔥 Maʼlumot oʻrnida: The Chosun Daily — 1920-yilda tashkil etilgan “Chosun Ilbo” mediaguruhi tarkibidagi nashr boʻlib, Koreya Respublikasidagi yirik axborot platformalaridan biri hisoblanadi.

Nashr siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va xalqaro munosabatlarga oid dolzarb voqealarni keng yoritib boradi. Unda Oʻzbekiston Prezidentining maqolasi eʼlon qilinishi ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklikka boʻlgan yuksak eʼtiborning yana bir ifodasidir.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍8
Samarqandda zamonaviy parrandachilik korpusi foydalanishga topshirildi

Samarqand davlat veterinariya tibbiyoti, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining oʻquv-tajriba xoʻjaligida “Navobod Naslli Parranda” klasteri bilan hamkorlikda zamonaviy parrandachilik majmuasi barpo etildi.

5 ming bosh tovuqqa moʻljallangan yangi korpus zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan boʻlib, taʼlim jarayonini amaliyot bilan uygʻunlashtirish, talabalarning kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlash hamda parrandachilik sohasida malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

Loyiha aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada rivojlantirish hamda ilmiy-amaliy salohiyatdan samarali foydalanishga qaratilgani bilan ahamiyatli.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍4🔥2🥰1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dual_taʼlim

Andijon davlat texnika instituti talabalari ham o‘qib, ham ishlab, 7 million so‘mgacha daromad topmoqda


Bugungi mehnat bozori oliy ta’lim muassasalaridan faqat nazariy bilimga ega emas, balki ishlab chiqarish jarayonini tushunadigan, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay oladigan mutaxassislarni tayyorlashni talab qilmoqda. Shu sababli Andijon davlat texnika institutida ham dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur tizim talabalarga institutda olgan bilimlarini amaliyot jarayonida mustahkamlash imkonini bermoqda.


Avtomobilsozlik va transport, Mexanika va kimyo muhandisligi, Qurilish muhandisligi, Elektroenergetika hamda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetlarining 3- va 4-bosqich talabalari viloyatdagi 30 dan ortiq yirik korxona va tashkilotlarda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha tajriba orttirmoqda.

Batafsil...

👉на русском
👉In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13😁5👍3
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston–Koreya oliy ta’lim hamkorligi yangi bosqichda

11-sentyabr kuni Seul shahrida o‘tkazilgan birinchi O‘zbekiston–Koreya hududlararo hamkorlik forumida Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev “O‘zbekiston–Koreya: bugungi holat va istiqbollar” mavzusida ma’ruza qildi.

Forum doirasida SeoulTech universiteti bilan sun’iy intellekt, Smart City, robototexnika va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, 5 nafar professor-o‘qituvchini FDTUga jalb etish, FDTU professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarini Koreyaga ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Yonsei universiteti Mirae Campusi bilan talabalar almashinuvi, qo‘shma magistratura va doktorantura dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi. Shu bilan birga, Farg‘ona davlat texnika universitetida Koreys tili va madaniyati markazini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Bundan tashqari, Koreyaning yuqori texnologiyalar sohasidagi yirik klasterlaridan biri bo‘lgan Seongnam maxsus sanoat zonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida ham muhim kelishuvlarga erishildi.



Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤11