#Xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston–Koreya oliy ta’lim hamkorligi yangi bosqichda
11-sentyabr kuni Seul shahrida o‘tkazilgan birinchi O‘zbekiston–Koreya hududlararo hamkorlik forumida Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev “O‘zbekiston–Koreya: bugungi holat va istiqbollar” mavzusida ma’ruza qildi.
Forum doirasida SeoulTech universiteti bilan sun’iy intellekt, Smart City, robototexnika va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, 5 nafar professor-o‘qituvchini FDTUga jalb etish, FDTU professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarini Koreyaga ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Batafsil...
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Shuningdek, Yonsei universiteti Mirae Campusi bilan talabalar almashinuvi, qo‘shma magistratura va doktorantura dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi. Shu bilan birga, Farg‘ona davlat texnika universitetida Koreys tili va madaniyati markazini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Bundan tashqari, Koreyaning yuqori texnologiyalar sohasidagi yirik klasterlaridan biri bo‘lgan Seongnam maxsus sanoat zonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida ham muhim kelishuvlarga erishildi.
Batafsil...
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤11
#Mirziyoyev #tashrif #Koreya #marosim
Koreya Respublikasi Prezidentining “Chong Va De” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Koreya Respublikasi Prezidentining “Chong Va De” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤3🔥1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokida muzokara oʻtkazdi.
#Mirziyoyev #tashrif #Koreya #muzokaralar
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Prezidentlar muzokaralar davomida taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida urgʻu berdilar.
Oʻzbekistonda Janubiy Koreya universitetlarining toʻrtta filiali faoliyat yuritib, pedagogika, AT, muhandislik, raqamli texnologiyalar hamda zamonaviy iqtisodiyotning boshqa ustuvor yoʻnalishlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonda KOICA koʻmagida tashkil etilgan 5 ta kasb-hunarga oʻqitish markazi samarali faoliyat yuritmoqda. Ushbu markazlar yoshlarimizga kelgusida qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishiga keng imkoniyatlar taqdim etmoqda.
Kadrlar tayyorlash boʻyicha amaliy tajriba almashishda ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi muhim oʻrin tutishi alohida taʼkidlandi.
#Mirziyoyev #tashrif #Koreya #muzokaralar
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3🔥1
🌱 Fermerlar va agro-tadbirkorlar uchun akselerator dasturi yakunlandi
International Center for Biosaline Agriculture (ICBA) tashabbusi asosida, Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi (ADFD) moliyaviy ko‘magida hamda Innovatsion rivojlanish agentligi va Nukus Yoshlar texnoparki bilan hamkorlikda amalga oshirilgan fermerlar va agro-tadbirkorlar uchun Akselerator dasturining yakuniy “Demo Day” bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy taqdimotlarda esa loyihalar dolzarbligi, amaliy ahamiyati, innovatsion yondashuvi va rivojlanish istiqbollari asosida baholandi. Eng yaxshi va istiqbolli deb topilgan 10 ta loyiha pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

Tadbir doirasida dastur ishtirokchilari tomonidan bozor talablari asosida tayyorlangan loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ekspertlar va hamkor tashkilotlar vakillari natijalar bilan yaqindan tanishdilar.
Yakuniy taqdimotlarda esa loyihalar dolzarbligi, amaliy ahamiyati, innovatsion yondashuvi va rivojlanish istiqbollari asosida baholandi. Eng yaxshi va istiqbolli deb topilgan 10 ta loyiha pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzating

❤11👍2🔥1