Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:

📌Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi;

📌Koreya biznesi O‘zbekistonda shunchaki faoliyat yuritishga emas, balki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirishga investitsiya kiritishga taklif qilindi;

📌Maqsad – O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy ishlab chiqarish, texnologik va eksport maydonlaridan biriga aylantirish;

📌Mamlakatimizda muhim minerallar sohasida yaqin yillarda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 120 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan;

📌O‘zbekistonning tabiiy resurslari, inson kapitali va o‘sib borayotgan bozorini Koreyaning texnologiyalari, muhandislik tajribasi va jahon brendlari bilan uyg‘unlashtirish taklif etildi;

📌Ustuvor vazifa – shunchaki xomashyo eksport qilish emas, balki O‘zbekistonda chuqur qayta ishlashdan tortib, tayyor yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish;

📌2030-yilga qadar O‘zbekiston elektrotexnika sanoati hajmini 11 milliard dollarga, eksportni esa 5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan;

📌Strategik vazifa – yig‘uv ishlab chiqarishlaridan zamonaviy, to‘liq siklli klasterlarga o‘tish;

📌Koreya kompaniyalari, universitetlari va tadqiqot markazlarini o‘zbekistonlik hamkorlar bilan yagona tandemga birlashtirish taklif etildi;

📌Nafaqat mahsulot ishlab chiqarish, balki intellektual mulk huquqiga ega bo‘lgan yangi mahsulotlarni ishlab chiqish ham muhim;

📌Koreyaning yetakchi kompaniyalariga ilmiy tadqiqotlar, klinik baza va ishlab chiqarishni birlashtirgan biofarmatsevtika klasteri tashkil etish taklif qilinmoqda;

📌Asosiy e’tibor mutaxassislar tayyorlashga qaratilishi lozim. Shu bois, O‘zbekiston – Koreya muhandislarni tayyorlash yagona ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi;

📌Koreya investorlariga transport va shahar infratuzilmasi sohasidagi loyihalar – Yangi Toshkentdagi obyektlar, aeroportlar, temir yo‘llar, avtomobil magistrallari va logistika markazlari taklif etildi;

📌O‘zbekiston Koreya kompaniyalarining Markaziy Osiyodagi ishlab chiqarish va eksport xabiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Shu maqsadda O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tashkil etish taklif qilindi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
Buxoroda “Talaba–Yugur” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi

Buxoroda “Silk Road Uzbekistan” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talaba–Yugur” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Yigitlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Aslbek Radjabov, Buxoro davlat universiteti talabasi;
2-o‘rin — Madiyor Aslonov, Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi;
3-o‘rin — Sabriddin Qo‘ziyev, Buxoro davlat universiteti talabasi.


Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Dinora Ismatilloyeva, Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi;
2-o‘rin — Shabbona Akbarova, Buxoro davlat universiteti talabasi;
3-o‘rin — Asal Xakimova, Buxoro davlat universiteti talabasi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/219581

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🎉2🔥1
#Mirziyoyev #uchrashuv #Eximbank #KIGAM #KIRAM

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Eksport-import banki raisi Xvan Ki Yon bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Koreya Geologiya va mineral resurslar instituti (KIGAM) prezidenti Kvon I Gyun va Koreya Materialshunoslik instituti (KIRAM) direktori o‘rinbosari Bum Sun Kim ham ishtirok etdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍1👏1
#Ichki_turizm

DTPI jamoasi Savitskiy muzeyiga tashrif buyurdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotgan “Yagona O‘zbekiston g‘oyasi – yoshlar ongida” forumida ishtirok etayotgan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi Nukus shahridagi I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida jamoa muzey tarixi, uning noyob kolleksiyasi hamda 100 mingdan ortiq eksponatni jamlagan fondi bilan yaqindan tanishdi. Qoraqalpoq xalq amaliy san’ati, qadimiy va o‘rta asrlar Xorazm san’ati, o‘zbek va rus tasviriy san’ati, shuningdek, qoraqalpoq zamonaviy rangtasviri va haykaltaroshligi namunalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍6🔥1🎉1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.

Norasmiy muhitda oʻtgan samimiy suhbat davomida Yangi Oʻzbekistondagi islohotlarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar va ularni hayotga faol tatbiq etishga vatandoshlarimiz qoʻshayotgan hissasi muhokama qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilari Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasida iqtisodiyot, ilm-fan va taʼlim sohalaridagi aloqalarni kengaytirishga qaratilgan bir qator ilgʻor takliflarni ilgari surdilar.

Milliy iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlari va davlat boshqaruviga sunʼiy intellekt hamda Koreyaning raqamli texnologiyalarini integratsiya qilish, tibbiyot, transport, bojxona va turizm sohalarida innovatsion yechimlarni ilgari surish, milliy toʻlov tizimlari va pul oʻtkazmalari platformalarini jadal rivojlantirish hamda axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Batafsil: president.uz

#Mirziyoyev #tashrif #Koreya #vatandoshlar

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍4