#DualTaʼlim #Oʻrganish
Toshkent viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatidagi iqtisodiyot, ijtimoiy va energetika sohasi obyektlari hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.
Jarayonga dual ta’lim asosida tahsil olayotgan talabalar ham jalb etilib, ularning ta’lim jarayonida egallagan nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish va amaliy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyati yaratilmoqda.
👉 Ha pyccкoм
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Mazkur jarayonga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda 8 ta oliy ta’lim tashkilotidan jami 50 nafar professor-o‘qituvchi jalb etilgan bo‘lib, viloyatning 22 ta tumanida obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan ilmiy-texnikaviy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jarayonga dual ta’lim asosida tahsil olayotgan talabalar ham jalb etilib, ularning ta’lim jarayonida egallagan nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish va amaliy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyati yaratilmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍2🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarning oddiy g‘oyasi — katta biznesning boshlanish nuqtasi bo‘lishi mumkin. Aynan shu maqsadda Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida texnikum o‘quvchilari va 16–22 yoshdagi yoshlar uchun “EJP — Tadbirkorlikka parvoz” dasturi tashkil etildi.
📊 Dastur davomida yoshlar:
🔹 100+ ishtirokchi orasidan saralab olindi;
🔹 ular ichidan eng zo'r 25 ta istiqbolli biznes g‘oya rivojlantiriladi;
O'quvchilarga 7 hafta davomida AQSHlik tajribali ekspertlar Collin Bunch hamda Missouri universiteti Trulaske biznes kolleji professori J. Scott Christianson tomonidan bepul onlayn mashg‘ulotlar olib boriladi. Dastur yakunida 3 ta loyiha tanlab olinadi va real biznes-loyihaga aylantiriladi.
🏆 Eng yaxshi g‘oyalar uchun esa munosib mukofotlar:
🥇 1-o‘rin — 30 mln so‘m
🥈 2-o‘rin — 20 mln so‘m
🥉 3-o‘rin — 10 mln so‘m
Ammo eng katta mukofot — bu faqat pul emas. Bu — mentor ko‘magi, yangi bilim, bozorni tushunish, tajriba va o‘z biznesini boshlash imkoniyati. Loyiha Lean Startup, NSF I-Corps, Kauffman Foundation va Missouri Extension kabi xalqaro tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari tajribasi asosida ishlab chiqilgan.
📌 “Tadbirkorlikka parvoz” dasturi texnikum o‘quvchilari, kam daromadli oilalardagi yoshlar hamda istiqbolli tashabbus egalarining eng yaxshi biznes g‘oyalari va startaplarini moliyaviy va mentorlik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍7🔥2🥰2😁1
#XavfsizHudud #XavfsizTalaba
“Xavfsiz talaba” platformasini joriy etish bo‘yicha amaliy o‘rganishlar olib borilmoqda
O‘rganishlar doirasida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar xavfsizligini ta’minlash, davomatni nazorat qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularda xavfsiz muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishda mavjud tizim va infratuzilmaning holati, axborot almashinuvi imkoniyatlari hamda “Xavfsiz talaba” platformasini samarali joriy etish bo‘yicha amaliy takliflar ko‘rib chiqilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Xavfsiz talaba” platformasini joriy etish bo‘yicha amaliy o‘rganishlar olib borilmoqda
Prezident topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, “Xavfsiz talaba” platformasini ishga tushirish yuzasidan Bosh prokuratura, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari boshlandi.
O‘rganishlar doirasida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar xavfsizligini ta’minlash, davomatni nazorat qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularda xavfsiz muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar Andijon davlat universiteti, Andijon davlat pedagogika instituti, Farg‘ona davlat universiteti; Farg‘ona davlat texnika universiteti, Qo‘qon universitetining Andijon filiali, Namangan davlat universiteti kabi qator oliy ta’lim tashkilotlarida olib borildi.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishda mavjud tizim va infratuzilmaning holati, axborot almashinuvi imkoniyatlari hamda “Xavfsiz talaba” platformasini samarali joriy etish bo‘yicha amaliy takliflar ko‘rib chiqilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#7_MilliyDastur
#35_yil_35_natija
“Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
Raqobatbardosh kadrlar
Kuchli universitetlar
Ilm-fanga tayangan iqtisodiyot
Yangi O‘zbekiston — yoshlar kelajagi uchun!

1❤11😁3😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ilmiy_loyihalar #ixtirochi_talabalar #muammo_va_yechim
Talabalardan tuproq va tibbiyot uchun yangi bioinnovatsiyalar
Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida ilm-fan va innovatsiyaga qiziquvchi talabalar tomonidan amaliy ahamiyatga ega ishlanmalar yaratilmoqda.
Jumladan, iqtidorli talaba Otabek Shukurov ustozlari bilan hamkorlikda shoʻrlanish va eroziya jarayonlarini kamaytirishga qaratilgan “BioFusin” biopreparatini ishlab chiqdi. Xlorella suvoʻti va sianobakteriyalar metabolitlari asosida tayyorlangan mazkur ishlanma tuproqning biologik xususiyatlarini yaxshilash va oʻsimliklar rivoji uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.
Filialning yana bir iqtidorli talabasi Feruza Xoʻjabekova esa aloe oʻsimligi poʻsti va tabiiy biopolimerlar asosida yarani qoplovchi biodegradatsiyalanadigan “AloVita” bioplyonkasini yaratdi. Loyiha yarani tashqi taʼsirlardan himoya qilish, nam muhitni saqlash va parvarish jarayonini yengillashtirishga qaratilgan. Talaba mazkur ishlanma bilan “Mirzo Ulugʻbek vorislari – 2026” tanlovining respublika bosqichida gʻolib boʻlgan.

❤9🔥4👏3😱2🎉2
#xizmat_safari
Qoraqalpogʻistonda oliy taʼlim tashkilotlarining hududiy rivojlanishdagi ishtirokini kuchaytirish va dual taʼlimni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim tashkilotlari ishtirokida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fan salohiyatidan samarali foydalanish, dual taʼlimni kengaytirish va OTMlarning hududlar bilan amaliy hamkorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda oliy taʼlim tashkilotlarining hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalari ehtiyojlariga yanada yaqin ishlashi, tarmoq korxonalari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi va taʼlim jarayonini amaliyot bilan uzviy bogʻlashi zarurligi taʼkidlandi. Xususan, tarmoq korxonalari faoliyatida taʼlim va ilm-fan komponentlarini kengaytirish, talabalarning amaliy tayyorgarligini kuchaytirish hamda korxonalarda dual taʼlimni keng joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/220369
👉 На русском

❤26👍5👏3🔥2
#KelajakTadbirkori2026 #Sirdaryo
“Kelajak tadbirkori – 2026” — katta imkoniyatlar maydoni
Yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi Guliston shahrida boʻlib oʻtadi.
Ko’rgazmaning maqsadi — talaba-yoshlar va ishsiz fuqorolar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.
Tashkilotchilar: Markaziy bank, Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi va Kambag‘alikni qisqartirish va bandlik vazirligi.
🗓 18-sentyabr.
📍 Guliston shahri — Savdo-sanoat palatasi binosi.
Sizni “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb ko‘rgazmasida kutib qolamiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Kelajak tadbirkori – 2026” — katta imkoniyatlar maydoni
Yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi Guliston shahrida boʻlib oʻtadi.
Ko‘rgazmada ishtirokchilar uchun:⚫️ Bo’sh ish o‘rinlari va amaliyotlar⚫️ Real ish beruvchilar bilan uchrashuv⚫️ Tadbirkorlik va moliyaviy imkoniyatlar

❤15👍2🔥2