Orolboʻyida tibbiyot kadrlari malakasini oshirish uchun zamonaviy imkoniyatlar yaratildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.
Akademiyada yiliga 3 ming nafar shifokor hamda 6 ming 800 nafar oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi malakasini oshirish imkoniyatiga ega boʻladi. Shuningdek, har yili Orolboʻyi mintaqasidan 100 nafarga yaqin klinik ordinator tayyorlanadi.
Amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish uchun 18 ta simulyatsion xona tashkil etilgan. Ularda 50 dan ortiq yoʻnalish boʻyicha raqamli va simulyatsion taʼlim yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, mutaxassislarni 100 dan ziyod tibbiy amaliyot boʻyicha xalqaro standartlar asosida tayyorlashga xizmat qiladi.
Muassasa zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan. Xususan, bu yerda Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan “Edge Medical” jarrohlik roboti oʻrnatilgan. U simulyatsion oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish bilan birga real klinik sharoitda masofaviy operatsiyalarni yuqori aniqlikda bajarish imkonini beradi.
Akademiya nufuzli xorijiy tibbiyot markazlari va yetakchi universitetlar, jumladan, AQShning Pittsburg hamda Germaniyaning Frayburg universitetlari bilan hamkorlik qilmoqda. Xalqaro oʻquv kurslari va qoʻshma ilmiy tadqiqotlar tashkil etilib, telemeditsina va raqamli taʼlim texnologiyalari joriy qilingan.
Davlatimiz rahbari akademiyaning amaliy mashgʻulot xonalarini koʻzdan kechirdi, talabalar va soha xodimlari bilan muloqot qildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

❤14👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dual_talim
Talabalar dual ta’lim jarayonida amaliy ko‘nikmalarini oshirmoqda
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakulteti Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo‘nalishi talabalari dual ta’lim doirasida Oltinko‘l tumanidagi “Ko‘hna vodiy gavhari” fermer xo‘jaligi dalalarida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlarda talabalar zamonaviy paxta terish mashinalarini boshqarish, ularning texnik imkoniyatlarini o‘rganish va texnik servis ishlarini tashkil etish bo‘yicha bevosita dala sharoitida amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.

❤11😁2
#Dayjest #YoshlarKuni
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqotida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. “Yoshlar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazildi.

➖Jizzax politexnika instituti;
➖Samarqand davlat chet tillar instituti;
➖Andijon davlat texnika instituti;
➖Namangan davlat texnika universitet;
➖Namangan davlat pedagogika instituti;
➖Guliston davlat universiteti;
➖Guliston davlat pedagogika instituti;
➖Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
➖Farg'ona davlat universiteti;
➖Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti;
➖Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
➖Farg'ona davlat texnika universiteti;
➖Qo‘qon davlat universiteti;
➖Buxoro davlat universiteti;
➖Buxoro davlat pedagogika instituti;
➖Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali;
➖Namangan davlat chet tillari instituti;
➖Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😁4🔥3👍2👏2😱2
#XalqaroHamkorlik #Erasmus #Portugaliya
Portugaliyada Erasmus GREENDT loyihasi doirasida xalqaro ishchi yig‘ilishlar o‘tkazildi
2026-yil 16–18-sentyabr kunlari Portugaliyaning Aveiro universitetida Erasmus+ dasturining GREENDT – “Atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha magistrlik dasturlarini barqaror o‘tish va ijtimoiy o‘zgarishlar orqali joriy etish” xalqaro loyihasi doirasida navbatdagi ishchi yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek, loyiha hamkori bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/221156
👉 Ha pyccком
👉 In English

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍4
Nukusda mahalliy bazaltdan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi “Nukus Insulation Group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Korxona yiliga 300 milliard soʻmlik 50 ming tonna issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda 150 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.
Bazalt asosidagi izolyatsiya materiallari yongʻinga chidamliligi, issiqlikni saqlash xususiyati va uzoq xizmat qilishi bilan ajralib turadi. Ularning qurilishda qoʻllanilishi bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish, isitish va sovitish xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

❤14👍2