Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.68K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Dayjest #YoshlarKuni

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqotida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. “Yoshlar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazildi.

➖Jizzax politexnika instituti;
➖Samarqand davlat chet tillar instituti;
➖Andijon davlat texnika instituti;
➖Namangan davlat texnika universitet;
➖Namangan davlat pedagogika instituti;
➖Guliston davlat universiteti;
➖Guliston davlat pedagogika instituti;
➖Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
➖Farg'ona davlat universiteti;
➖Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti;
➖Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
➖Farg'ona davlat texnika universiteti;
➖Qo‘qon davlat universiteti;
➖Buxoro davlat universiteti;
➖Buxoro davlat pedagogika instituti;
➖Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali;
➖Namangan davlat chet tillari instituti;
➖Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti.


Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
😁4🔥3👍2👏2😱2
#XalqaroHamkorlik #Erasmus #Portugaliya

Portugaliyada Erasmus GREENDT loyihasi doirasida xalqaro ishchi yig‘ilishlar o‘tkazildi


2026-yil 16–18-sentyabr kunlari Portugaliyaning Aveiro universitetida Erasmus+ dasturining GREENDT – “Atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha magistrlik dasturlarini barqaror o‘tish va ijtimoiy o‘zgarishlar orqali joriy etish” xalqaro loyihasi doirasida navbatdagi ishchi yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek, loyiha hamkori bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/221156

👉Ha pyccком
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍4
Nukusda mahalliy bazaltdan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi “Nukus Insulation Group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Korxona yiliga 300 milliard soʻmlik 50 ming tonna issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda 150 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.

Bazalt asosidagi izolyatsiya materiallari yongʻinga chidamliligi, issiqlikni saqlash xususiyati va uzoq xizmat qilishi bilan ajralib turadi. Ularning qurilishda qoʻllanilishi bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish, isitish va sovitish xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍2
Qoraqalpogʻistonda 7,6 milliard dollarlik loyihalar ishga tushirildi va yangi quvvatlar qurilishiga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.

2016-yilda Qoraqalpogʻistonning yalpi hududiy mahsuloti 8,5 trillion soʻmni tashkil etgan boʻlsa, joriy yil boshiga kelib 54 trillion soʻmdan oshdi. Mahsulot ishlab chiqarishda xususiy sektorning ulushi 66 foizga yetdi. Faol tadbirkorlik subyektlari soni 2,5 barobar koʻpayib, 26,5 mingtani tashkil etdi.

Soʻnggi toʻqqiz yilda yuqori daromadli ish oʻrinlarini yaratish uchun Qoraqalpogʻistonga 5 milliard dollardan ziyod investitsiya kiritildi. Joriy yil yakuniga qadar xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

Hududda faoliyat yuritayotgan xorijiy va qoʻshma korxonalar soni 2018-yilga nisbatan 2,2 barobar oshib, 271 tani tashkil etdi.

Marosim doirasida 592 million dollarlik 11 ta loyiha ishga tushirildi hamda xorijiy hamkorlar ishtirokida amalga oshiriladigan 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi. Ularning hisobiga 8 mingta yuqori daromadli ish oʻrni yaratiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Nukusda yoshlar ijrosini tingladi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Nukus shahriga tashrifi davomida kortej toʻxtab, Prezident koʻchada sayr qildi. Jonli ijroda “Mendirman oʻsha” qoʻshigʻini kuylayotgan nukuslik yoshlar Davlatimiz rahbari eʼtiborini tortdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤28👍4🔥2
Naqshbandiylik anʼanasiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi

Buxoro davlat texnika universitetida “Naqshbandiylik anʼanasi: Islomda tinchlik, bagʻrikenglik va oʻzaro anglashuvni rivojlantirishdagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etilmoqda.

Xalqaro konferensiyada turli davlatlardan olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etib, Naqshbandiylik anʼanasining tinchlik, bagʻrikenglik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlashdagi oʻrni yuzasidan fikr va tajriba almashadilar.

📅 19-sentyabr 2026-yil soat 9:00 da
📍 Buxoro davlat texnika universiteti.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍3🔥1