#Besh_tashabbus_olimpiadasi
“Besh tashabbus” olimpiadasi: sport musobaqalariga start berildi
Batafsil...
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Samarqand davlat pedagogika institutida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasidagi sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Batafsil...
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8🔥2
#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #texnikum
Nukus shahridagi 1-son texnikumda xalqaro ta’lim dasturi joriy etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi.
Texnikumda Buyuk Britaniyaning dunyoning 70 ta mamlakatida qo‘llaniladigan “Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi O‘zbekistonda ilk bor yo‘lga qo‘yildi. Dastur doirasida ta’lim standartlariga mos zamonaviy o‘quv ustaxonalari va raqamli laboratoriyalar tashkil etilib, bitiruvchilarga 70 dan ortiq davlatda tan olinadigan diplom beriladi.
Muassasada xususiy sektor bilan hamkorlikda “spin-off” ta’lim dasturi ham amaliyotga tatbiq etilgan bo‘lib, darslar ingliz tilidagi materiallar asosida olib borilmoqda. Joriy yilda payvandchilik bo‘yicha o‘qitilgan 25 nafar fuqaro Estoniyaga ishga yuborildi va ular oyiga 3 ming yevrogacha daromad topmoqda.
Shuningdek, hududda barpo etilayotgan 40 million dollarlik yangi sanoat zonasi korxonalari uchun zarur mutaxassislarni mazkur texnikumda dual ta’lim asosida tayyorlash bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Davlatimiz rahbari texnikumda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o‘quv jarayonlarini xalqaro mehnat bozori va ish beruvchilar ehtiyojlariga moslashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

❤12👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #texnikum
Prezidentimiz “Pearson” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan texnikumda bo‘ldi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Prezidentimiz “Pearson” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan texnikumda bo‘ldi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤9👍3
Nukusda futbol va boshqa sport turlari uchun zamonaviy infratuzilma yaratildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida Nukus shahridagi rekonstruksiya qilingan “Turon” stadioniga tashrif buyurdi.
“Turon” stadioni “Aral” professional futbol klubining bazasi hisoblanadi. Bu yerda Respublika futbol akademiyasining 190 nafar tarbiyalanuvchisi muntazam mashgʻulotlar va oʻquv yigʻinlarini oʻtkazmoqda. Majmuada ikkita sport zali va ikkita qoʻshimcha stadion ham mavjud.
Akademiya tarbiyalanuvchilari uchun 196 oʻrinli yotoqxona, 84 oʻrinli oshxona, trenajyor zallari va taktik tahlil xonalari tashkil etilgan. Shuningdek, yengil atletika, boks va taekvondo boʻyicha bir vaqtning oʻzida 100-150 nafar sportchining shugʻullanishi uchun sharoit yaratilgan.

❤14👍2🔥1
Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.
So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.
O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.
Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.

❤11👍3😁1
#maqola #vazir
Yoshlik shaharchasi: oliy taʼlim transformatsiyasining amaliy modeli
“Yangi O‘zbekiston” gazetasining bugungi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Yoshlik shaharchasi: oliy taʼlim transformatsiyasining amaliy modeli” sarlavhali maqolasi chop etildi.
👉 Maqolani o‘qish.
PDF shaklida yuklab olish 👈
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Yoshlik shaharchasi: oliy taʼlim transformatsiyasining amaliy modeli
Oliy taʼlimdagi oʻzgarishlarni faqat yangi binolar, zamonaviy laboratoriyalar yoki talabalar soni ortishi bilan baholab boʻlmaydi. Yaʼni bugun universitet bilim berish bilan cheklanmaydi. Talabani mustaqil fikrlaydigan, tadqiqot qiladigan, yangi gʻoya yaratadigan, uni amaliyotga tatbiq etadigan va mehnat bozorida oʻz oʻrnini topa oladigan mutaxassis sifatida shakllantirish uchun yaxlit muhit yaratish zarur.

❤9😁4🔥3👏2👍1