Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.68K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Nukusda futbol va boshqa sport turlari uchun zamonaviy infratuzilma yaratildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida Nukus shahridagi rekonstruksiya qilingan “Turon” stadioniga tashrif buyurdi.

“Turon” stadioni “Aral” professional futbol klubining bazasi hisoblanadi. Bu yerda Respublika futbol akademiyasining 190 nafar tarbiyalanuvchisi muntazam mashgʻulotlar va oʻquv yigʻinlarini oʻtkazmoqda. Majmuada ikkita sport zali va ikkita qoʻshimcha stadion ham mavjud.

Akademiya tarbiyalanuvchilari uchun 196 oʻrinli yotoqxona, 84 oʻrinli oshxona, trenajyor zallari va taktik tahlil xonalari tashkil etilgan. Shuningdek, yengil atletika, boks va taekvondo boʻyicha bir vaqtning oʻzida 100-150 nafar sportchining shugʻullanishi uchun sharoit yaratilgan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍2🔥1
Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.

So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.

O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.

Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3😁1
#maqola #vazir

Yoshlik shaharchasi: oliy taʼlim transformatsiyasining amaliy modeli

Oliy taʼlimdagi oʻzgarishlarni faqat yangi binolar, zamonaviy laboratoriyalar yoki talabalar soni ortishi bilan baholab boʻlmaydi. Yaʼni bugun universitet bilim berish bilan cheklanmaydi. Talabani mustaqil fikrlaydigan, tadqiqot qiladigan, yangi gʻoya yaratadigan, uni amaliyotga tatbiq etadigan va mehnat bozorida oʻz oʻrnini topa oladigan mutaxassis sifatida shakllantirish uchun yaxlit muhit yaratish zarur.


“Yangi O‘zbekiston” gazetasining bugungi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Yoshlik shaharchasi: oliy taʼlim transformatsiyasining amaliy modeli” sarlavhali maqolasi chop etildi.

👉 Maqolani o‘qish.

PDF shaklida yuklab olish 👈

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9😁4🔥3👏2👍1
Orolboʻyida “karbon krediti”: tabiatni asrashning iqtisodiy imkoniyati

Iqlim o‘zgarishi sharoitida havoga chiqariladigan issiqxona gazlarini kamaytirish dolzarb masala ekani ta’kidlandi.

“Yashil” energiyani “karbon kredit”ga aylantirish Qoraqalpog‘istonga yiliga kamida 50-100 million dollar daromad olib kelishi mumkin.

Mutasaddilarga bir oyda “karbon kredit” mexanizmini Qoraqalpog‘istonda yo‘lga qo‘yish, Yaponiya, Koreya, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Avstraliya kabi yirik importyor davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazish topshirildi.

“Karbon kredit” eksportidan tushadigan mablag‘lar infratuzilma uchun ajratilayotgan mablag‘larga qo‘shimcha bo‘ladi va Qoraqalpog‘istonning o‘zida qoladi.

Yirik xorijiy kompaniyalar “o‘rmon karbon krediti” tizimi orqali ekologik vaziyati og‘ir hududlarda daraxt ekishni moliyalashtirish bo‘yicha takliflar bildirmoqda.

Yil yakunigacha Orolning 50 ming gektar maydonida “o‘rmon karbon krediti” dasturini boshlash vazifasi qo‘yildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍2
Taxtako‘pirda Shinjon tajribasi asosida ozuqa yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.

Mo‘g‘uliston, Turkiya, Xitoy va Avstraliyadan 5 ming bosh qo‘y-echki olib kelinib, Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘paytiriladi. Buning uchun bir oyda 1 ming gektar yerni belgilab berish topshirildi.

Yil yakunigacha 10-15 ming gektarda loyihalarni shakllantirib, bir yil ichida 100 ming bosh qo‘y-echki boqishni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.

Prezidentimiz kecha “Kegeyli naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan tanishganini qayd etdi. Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlab, bir yil ichida parranda yetishtirish quvvatini 2-3 karra oshirish va korxonani xoldingga aylantirish topshirildi. Zarur mablag‘ masalasi hal qilinadi.

Kegeylidagi texnikumda parranda yetishtirishni o‘rgatadigan kurslar tashkil etiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤3
Nukus tumanidagi texnikumda qovunchilik laboratoriyasi va sinov poligoni tashkil etiladi

Kelgusi bahordan Nukus tumanidagi 10 ming gektar maydonda qovun yetishtirish boshlanadi.

Yil yakunigacha Ispaniya, AQSh, Niderlandiya va Xitoydan qovunning eng yaxshi navlari, urug‘chilik va agrotexnologiya bo‘yicha mutaxassislarni olib kelish topshirildi.

Salohiyatli investorlarni jalb qilib, shu yerning o‘zida qovunni qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan xolding tashkil etiladi.

Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtirilib, laboratoriya va sinov poligoni bilan ta’minlanadi.

Ushbu muassasa Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryodagi qovun yetishtiruvchilar uchun tajriba almashish metodik markazi bo‘ladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍3
Qoraqalpog‘istonda 1 million 100 ming yoshlar bor, shundan 505 mingi 14-30 yoshda. Davlatimiz rahbari bu katta kuch ekanini, yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berish muhimligini ta’kidladi.

Bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Hududda xorijiy til sertifikatiga ega 98 ming, axborot texnologiyalari bo‘yicha 127 ming, aniq fanlar bo‘yicha sertifikat olgan 5,5 ming yosh bor. Ularning 10 mingi chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.

Koreyadagi vatandoshimizning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatib, ularni yuqori daromadli qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb etib, loyihalar boshlash topshirildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍4
Prezidentimiz Nukus shahridagi 1-son texnikumda yo‘lga qo‘yilgan kasbiy ta’lim tajribasini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Texnikumda “Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan bo‘lib, bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.

Tadbirkor Salovutdin Ilyosov bu yerda 37 turdagi kichik asbob-uskuna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yoshlarga uskunasozlikni ham o‘rgatmoqda. Ushbu uskunalarni olgan 4 ming ishsiz daromad topishni boshlagan.

Yangi yildan Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qo‘ng‘irotdagi bittadan texnikumda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.

1-oktabrdan asbob-uskuna uchun beriladigan ssuda miqdori 20 million so‘mdan 50 million so‘mga oshiriladi.

“Usta-shogird” an’anasi asosida kasb o‘rganish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yosh chegarasi 30 yoshdan 40 yoshga ko‘tariladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍5
Nukus tibbiyot ilmiy akademiyasi soha xodimlari bilimini baholash va malakasini oshirish metodik markazi bo‘ladi

Qoraqalpog‘istonda yuqori texnologik tibbiy xizmatlarning ko‘lami ham kengaymoqda.

Nukusdagi markaziy shifoxonada jigar va buyrak transplantatsiyasi amalga oshirilmoqda. Orolbo‘yi bolalar shifoxonasida 150 turdagi yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Shu yil bosh miya, yurak va plastik jarrohlik kabi murakkab yo‘nalishlarda 1,5 mingta operatsiya o‘tkazildi.

Hududda tibbiy sug‘urta mexanizmi joriy etildi. Tibbiyot muassasalariga 10 million dollarlik jihozlar olib berildi.

O‘zbekistonda birinchi marta xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan Nukus tibbiyot ilmiy akademiyasi soha xodimlari bilimini baholash va malakasini oshirishda metodik markaz bo‘ladi.

Tibbiyot akademiyasi, Bolalar klinikasi, Onkologiya markazi hamda yangi tashkil etiladigan ko‘p tarmoqli shifoxonani yaxlit tizimga birlashtirib, Universitet tibbiy klasteri tashkil qilinadi.

Mo‘ynoqqa kelib ishlayotgan shifokorlarga to‘lanayotgan 200 foizgacha oylik ustama 1-yanvardan Bo‘zatov va Taxtako‘pirda ham joriy etiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍1
🏛 Ochiq osmon ostida — samimiy suhbat va katta maqsadlar

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova iqtidorli talabalar bilan ochiq osmon ostida samimiy muloqot qildi.

Suhbat davomida talabalik yillarida vaqtni toʻgʻri taqsimlash, aniq maqsad sari intilish, ilm olish, doimiy izlanish va o‘z ustida ishlash, yaxshi do‘st tanlash haqida fikr almashildi.

Talabalar esa o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.  Samimiy muloqot kuy-qo‘shiqlar, turli o‘yinlar va ko‘tarinki kayfiyat bilan davom etdi.

Muloqot avvalida rektorning yoshlar bilan birgalikda velosipedda sayr qilgani esa talabalar uchun erkin muhit yaratdi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25👍8🔥3🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob

📝Talabalar uchun shahardagi jamoat transportlarida yurish qancha turadi?

Hukumatning 2020-yil 9-oktabrdagi 643-sonli qaroriga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari, akademik litsey va texnikum o‘quvchilari shahar jamoat transportidan — avtobus, elektrobus, tramvay va metropolitenlardan imtiyozli tarif asosida foydalanish huquqiga egadirlar.

Batafsil videoda 👆

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤13🔥3👍1🥰1