Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.68K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#rasmiy_xabar

Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi

2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Bu muddat:

• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar;
• oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar;
• oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤44👍17👏8
#Ilmiy_anjuman

Farg‘ona davlat universitetida “Islom Karimov o‘qishlari: Mustaqillik yillarida O‘zbekiston madaniyati — tarixiy meros va madaniy yuksalish” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbari Temur Shirinov, majmua Homiylik kengashi a’zosi Tatyana Karimova, FarDU rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov, Farg‘ona viloyati hokimligi vakillari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Anjuman doirasidagi sho‘ba yig‘ilishlarida moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash, tarixiy obidalarni restavratsiya qilish, san’at va adabiyot, xalqaro madaniy aloqalar, xalq diplomatiyasi, muzeylar faoliyati hamda madaniy merosni targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.

Sho‘balarda mutaxassislar, olimlar va doktorantlar o‘rtasida qizg‘in fikr almashuvlardan so'ng kelgusidagi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Batafsil

👉На русском
👉In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤8👏6🔥2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Akademik Joʻra Abdullayev
Temir yoʻl ishchisidan kosmosgacha

Smartfonlar hali hech kimning xayoliga ham kelmagan paytlarda...

Raqamli kelajak poydevorini qurgan oʻzbek olimi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/219690

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤20👍3🔥1
Buxoroda Naqshbandiylik an’anasi xalqaro ilmiy minbarda

Buxoro davlat texnika universitetida “Naqshbandiylik an’anasi: Islomda tinchlik, bag‘rikenglik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 15 ga yaqin davlatidan olimlar, islomshunoslar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Anjumanning ochilish qismida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi direktori Azizxo‘ja Inoyatov, malayziyalik islomshunos olim Shayx Abdul Kareem Bin Said Khadaied hamda Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova so‘zga chiqdi.

6-Xalqaro Naqshbandiya festivali— 2026 doirasida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova  hamda Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi direktori Azizxo‘ja Inoyatovga Xalqaro Bag‘rikenglik va Tinchlik jamg‘armasi tomonidan yuksak e’tirof yorlig'i topshirildi.
Konferensiyada Naqshbandiylik an’anasining tinchlik, bag‘rikenglik, ma’naviy kamolot va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashdagi o‘rni haqida fikr almashildi.

Batafsil: https://bstu.uz/news/83

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍5🔥2😁2🤔1
20-sentabr — Xalqaro universitet sporti kuni

Bugun dunyo miqyosida Xalqaro universitet sporti kuni (International Day of University Sport — IDUS) nishonlanadi.

Mazkur sana universitetlar, talabalar va jamoatchilikni sport va jismoniy faollik orqali birlashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportni talabalik hayotining ajralmas qismiga aylantirishga qaratilgan.

2026-yilda Xalqaro universitet sporti kunining 10 yilligi nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan FISU — Xalqaro universitet sporti federatsiyasi tomonidan «10 yil — 10 kilometr» (10 years – 10 kilometres) konsepsiyasi ilgari surilgan.

Ushbu tashabbus doirasida universitetlar va talabalar hamjamiyatlarini yurish, yugurish hamda boshqa jismoniy faollik tadbirlariga jalb etish ko‘zda tutilgan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍4