Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#7_MilliyDastur

Mustaqillik — o‘z yo‘lingni tanlash imkoniyati


Kimdir o‘z mahorati bilan dasturxonimizga fayz kiritadi, kimdir zamonaviy texnologiyalar orqali yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etadi. Yana kimdir ijodi, mehnati va kasbiy mahorati bilan insonlar hayotiga go‘zallik baxsh etadi.

🎥 Bugun turli kasb egalarining mustaqillikning inson hayotidagi o‘rni, yaratgan imkoniyatlari va kelajak haqidagi fikrlarini tinglaymiz.

🇺🇿 Mustaqil yurtimizda o‘z kasbimiz bilan kelajakni birga yaratamiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
#raddiya

RADDIYA

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Hindiston va Bangladesh fuqarolarini davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga qabul qilmaslik boʻyicha ogʻzaki koʻrsatma berilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu maʼlumot haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

Joriy oʻquv yilidan boshlab xorijlik abituriyentlarni Oʻzbekiston oliy taʼlim tashkilotlariga qabul qilish jarayoni “Study in Uzbekistan” yagona elektron platformasi orqali amalga oshirilmoqda.
 
Yangi tizimning asosiy maqsadi — xorijlik abituriyentlar uchun qabul jarayonini yanada ochiq va shaffof qilish, ularni turli vositachilarsiz oliy taʼlim tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish imkoniyatini yaratishdir. Platformada roʻyxatdan oʻtish bepul boʻlib, abituriyent tanlagan oliy taʼlim tashkilotiga bevosita ariza topshirishi mumkin.
 
Xorijiy talabalarni qabul qilish hajmi har bir oliy taʼlim tashkilotining mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilanadi. Bunda taʼlim muassasasining oʻquv auditoriyalari, oʻquv-laboratoriya bazasi, professor-oʻqituvchilar salohiyati, talabalar turar joylari va boshqa infratuzilma imkoniyatlari hisobga olinadi.
 
Xorijlik abituriyentlarga Oʻzbekistonda taʼlim olish uchun rasmiy “Study in Uzbekistan” platformasidan foydalanish, qabul shartlari boʻyicha maʼlumotlarni bevosita tanlangan oliy taʼlim tashkilotidan olish va turli vositachilarga asossiz toʻlovlarni amalga oshirmaslik tavsiya etiladi.
 
Agar xorijlik abituriyent qabul jarayonida muayyan muammoga duch kelsa, bu haqda platformadagi rasmiy murojaat kanallari orqali xabar berishi mumkin.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/222323

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14😁3🤔3👍1😱1
♟G‘ALABA MUBORAK!

🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondi va Shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadam bo‘lib oldi!

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarida durang o‘ynadi.

Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi. Qiyin vaziyatda qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘yib, g‘alabani ilib ketdi!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍41❤24🎉12🥰4😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XalqaroAvtomobilsizKun

22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”

22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11🤔2🔥1
FarDU talabasi yozgi Osiyo oʻyinlarida birinchi medalni qo’lga kiritdi

Farg’ona davlat universitet jismoniy madaniyat va sport faoliyati fakulteti 2-bosqich talabasi Humoyunmirzo Halimov sportning karate yo’nalishi bo’yicha Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlarida 55 kg vazn toifasida ishtirok etib kumush medalni qo’lga kiritdi.

👉Batafsil

👉На русском
👉In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi


Hukumatning 2026-yil 17-sentyabrdagi 501-son qarori bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.

👉 Matnli o‘qish: https://gov.uz/edu/news/view/222430

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
1❤21🔥2🥰2👍1👏1
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi

Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman, — dedi Saida Mirziyoyeva.

Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.

Prezident Administratsiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti O‘zbekistonning BMT maydonida dunyo miqyosidagi dolzarb chaqiriqlarga yangicha g‘oyalar bilan javob berish, global muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha qat’iy intilishini namoyon etadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍3
#DualTaʼlim

Bilim va amaliyot uyg‘unligi

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari dual ta’lim jarayonida nazariy bilimlarini bevosita amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, tanlagan kasbi bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.

Ta’lim va ishlab chiqarish jarayonining uzviy integratsiyasi talabalarga o‘z bilimlarini real mehnat jarayonida sinab ko‘rish imkonini bermoqda. Bu esa ularning kasbiy kompetensiyasi, amaliy tajribasi va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

📊 Maʼlumot oʻrnida 2026/2027-o‘quv yilida:
🔹 1 387 nafar talaba dual ta’limga jalb etildi;
🔹 709 nafar 3-bosqich talabasi 26 ta korxona va tashkilotga;
🔹 678 nafar 4-bosqich talabasi 42 ta korxona va tashkilotga biriktirildi;
🔹 16 ta mutaxassis tayyorlovchi kafedra filialida maxsus o‘quv auditoriyalari tashkil etildi.


🔗 Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤7👍5🔥1🥰1👏1