#DualTaʼlim
Bilim va amaliyot uyg‘unligi
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari dual ta’lim jarayonida nazariy bilimlarini bevosita amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, tanlagan kasbi bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.
Ta’lim va ishlab chiqarish jarayonining uzviy integratsiyasi talabalarga o‘z bilimlarini real mehnat jarayonida sinab ko‘rish imkonini bermoqda. Bu esa ularning kasbiy kompetensiyasi, amaliy tajribasi va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
🔗 Batafsil...
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

📊 Maʼlumot oʻrnida 2026/2027-o‘quv yilida:
🔹 1 387 nafar talaba dual ta’limga jalb etildi;
🔹 709 nafar 3-bosqich talabasi 26 ta korxona va tashkilotga;
🔹 678 nafar 4-bosqich talabasi 42 ta korxona va tashkilotga biriktirildi;
🔹 16 ta mutaxassis tayyorlovchi kafedra filialida maxsus o‘quv auditoriyalari tashkil etildi.
🔗 Batafsil...
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤7👍5🔥1🥰1👏1
O‘zMUda Yaponiya ta’limi va madaniyatshunosligi markazi tashkil etildi
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Milliy universitetida Yaponiya ta’limi va madaniyatshunosligi markazining rasmiy ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Yangi markazda Yaponiya ta’lim tizimi va madaniyatini chuqur o‘rganish, shu yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borish hamda O‘zbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi.
Batafsil: nuu.uz
👉 In English
👉 На русском
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Yaponiyaning Tohoku universiteti delegatsiyasi bilan uchrashdi. Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Milliy universitetida Yaponiya ta’limi va madaniyatshunosligi markazining rasmiy ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Yangi markazda Yaponiya ta’lim tizimi va madaniyatini chuqur o‘rganish, shu yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borish hamda O‘zbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi.
Batafsil: nuu.uz
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍2🔥1
Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi tanlovi e’lon qilindi
Milliy statistika qo‘mitasi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi tanlovini e’lon qildi.
🫂 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
O‘zbekiston hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida kunduzgi ta’lim shaklida, bakalavriatning 4-bosqichi va magistraturada tahsil olayotgan, quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar:
📊 Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
📄 Hujjatlarni topshirish tartibi
Nomzodlar hujjatlarni faqat PDF formatda 2026-yil 25-sentyabr kuni soat 18:00 ga qadar kadr@stat.uz elektron pochta manziliga yuborishlari lozim.
📃 Taqdim etiladigan hujjatlar:
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️ +99871-203-8000 (ichki raqam: 1464)
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#7_Milliy_Dastur #35_yil_35_natija #Yetti_Yuksalish_Imkoniyati
Bilimli qiz — ma’rifatli jamiyat poydevori
“Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani — Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi”, — Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigida ilgari surilgan yettita milliy dastur yoshlarning, xususan, talaba-qizlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini namoyon etishi va jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etishi uchun yangi imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

❤19😁6👍4🔥2
#Qonunchilik_yangiliklari
Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladi
Joriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.
❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?
2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.
⚡ Eng muhim kafolatlar
✔️ Murojaat qilgan xodimning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinadi.
Bunday ma’lumotlarning qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
✔️ Rahbar ustidan murojaat tushsa, masala yuqori turuvchi instansiyaga avtomatik yo‘naltiriladi.
Bu manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga xizmat qiladi.
✔️ Murojaat uchun bosim o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
👍 Zarur holatlarda “112” orqali vakolatli organlarga yuborish mexanizmi ham tizimga integratsiya qilinadi.
📌 Bu faqat shikoyat tizimi emas
🔷 Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari har yili qisqa trening kurslarida o‘qitiladi. Har bir tashkilotda portalni yuritish va profilaktik treninglarni tashkil etish uchun kamida bir nafar mas’ul xodim belgilanadi.
🔷 Nodavlat tashkilotlar uchun ham dmi.mehnat.uz tizimida mazkur imkoniyatlardan ixtiyoriy foydalanish sharoiti yaratiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladi
Joriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.
2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.
Bunday ma’lumotlarning qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bu manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga xizmat qiladi.
⛔ Qaror materiallarida xodim o‘z huquqlarini himoya qilgani uchun uning ish sharoitlarini yomonlashtirish yoki jazolashga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlangan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob
Chegirma kimlarga beriladi❓
Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.
Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.
Chegirmadan qanday foydalaniladi❓
1️⃣ Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi.
2️⃣ Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi.
3️⃣ Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi.
Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.
Endi eng muhim savol: qancha to‘lanadi❓
Agar kontrakt summasi 100 foiz bo‘lsa:
30 foizi — chegirma;
70 foizi — talabaning to‘lovi.
Ya’ni talaba kontraktning to‘liq 100 foizini emas, faqat 70 foizini to‘laydi.
70 foizlik to‘lovni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin:
1-usul — summani to‘liq to‘lash.
Talaba chegirmadan keyingi 70 foizlik summani bir martada to‘laydi.
2-usul — bo‘lib-bo‘lib to‘lash.
1-bosqich: 25 foiz
— 1-kursga tavsiya etilganlar uchun — 15-oktyabrgacha;
— 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 1-oktyabrgacha.
2-bosqich: yana 25 foiz — 1-yanvargacha.
Shunda jami to‘lov 50 foiz bo‘ladi.
3-bosqich: qolgan 20 foiz — 1-martgacha.
Shunda jami to‘lov 70 foizga yetadi.
Qolgan 30 foiz nima bo‘ladi❓
Kontrakt summasining chegirmaga to‘g‘ri keluvchi 30 foizlik qismi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1-maygacha oliy ta’lim tashkilotiga qoplab beriladi.
Arizalar qachon topshiriladi❓
Hozirda kontrakt.edu.uz axborot tizimida vazirlik va idoralar o‘rtasida ota-onaning pedagogik faoliyatini avtomatik aniqlash bo‘yicha maʼlumotlar bazalarini tizimga integratsiya ishlari olib borilmoqda. Arizalarni qabul qilish imkoniyati tez kunlarda ishga tushiriladi. Ariza topshirish jarayoni boshlanganligi haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Pedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi❓

1❤22
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13😁4👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob
❓ Savol: Talabalik guvohnomasini qanday olamiz?
Barcha talabalarning talabalik guvohnomalari elektron shaklda tayyor!
🎓 Elektron talabalik guvohnomasi talabalarga avtobus, metro, poyezd va samolyot chiptalarini imtiyozli xarid qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozlardan foydalanishda qo‘l keladi.
📲 Batafsil — videoda!
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Barcha talabalarning talabalik guvohnomalari elektron shaklda tayyor!
Guvohnomani olish uchun:
- MyGov ilovasini Play Market yoki App Store orqali yuklab oling.
- Ilovadagi profilingizga kiring.
- “Profil” bo‘limiga o‘ting.
- Sizga tegishli elektron hujjatlar orasidan talabalik guvohnomasini toping.
- Guvohnomani telefoningizga yuklab olib, saqlashingiz mumkin.

1👍12❤9