Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #kuz_qish

Sirdaryoda oliy ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi


2026-yil 23-sentabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida oliy ta’lim muassasalarida 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida ta’lim muassasalarining isitish tizimlari, energiya ta’minoti, bino va inshootlarning mavsumga tayyorgarligi holati o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, energiya samaradorligini oshirish, energiya resurslarini tejash va iqtisod qilish, muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/223585

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍4
#kitobxon_yoshlar_ligasi

“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 3-mavsumi final bosqichi o‘tkazildi!

🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan e’lon qilingan “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovining yakuniy final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yakuniy bosqichda saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 132 nafar talaba-yosh o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/223616

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍2
#Aichi-Nagoya-2026:

🥇🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Shohsanam Sherzodova Kanoeda eshkak eshish bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shdi.

Ayollar o‘rtasidagi 200 metr masofaga kechgan bahsda Shohsanam Sherzodova barcha raqiblarini ortda qoldirib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ayni paytda delegatsiyamiz hisobida 🥇4 ta oltin, 🥈11 ta kumush va 🥉8 ta bronza – jami 23 ta medal mavjud. Umumjamoa hisobida 7-o’rinda bormoqdamiz.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍19❤13🎉3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakTadbirkori_2026 #Sharhsiz

Toshkent shahrining Talabalar shaharchasidagi “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” saylgohida “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi boshlanish arafasida

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤4🔥1😁1
#ByurokratiyaniBartarafEtish2030 #OmmaviyTashabbus

🌍Byurokratiyaga qarshi kurashda sizning ovozingiz muhim!

“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” ommaviy tashabbusi amalga oshirilmoqda.

Maqsad — fuqarolar va tadbirkorlarning fikr-mulohazalari asosida ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish va davlat xizmatlarini soddalashtirish.

Sizni charchatgan ortiqcha hujjat yoki cho'zilgan jarayon bormi? Bizga xabar bering — har bir muammo o'zgarish uchun imkoniyatdir.

⤵️ O‘z takliflaringiz bilan islohotlarga hissa qo‘shing.

murojaat.byurokratiyasiz2030.uz

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2🔥2🎉1🤩1
BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi bayon etildi

BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Sessiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.

Nutqda bugungi dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib, o‘zaro ishonch susayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekistonning aniq pozitsiyasi bayon etildi:

“Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.”

Nutqda, shuningdek, Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li va aholining turmush darajasi yaxshilanayotgani, BMTning bugungi dunyodagi o‘rni, Afg‘oniston masalasi, bolalar huquqlari va demografik barqarorlik, Orol fojiasi va ekologik muammolar, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va ayollar huquqlari, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda inson qadrini ulug‘lash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

“Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.”

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍6🎉2