Edu.uz
✔
144K subscribers
40.1K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#ByurokratiyaniBartarafEtish2030 #OmmaviyTashabbus

🌍Byurokratiyaga qarshi kurashda sizning ovozingiz muhim!

“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” ommaviy tashabbusi amalga oshirilmoqda.

Maqsad — fuqarolar va tadbirkorlarning fikr-mulohazalari asosida ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish va davlat xizmatlarini soddalashtirish.

Sizni charchatgan ortiqcha hujjat yoki cho'zilgan jarayon bormi? Bizga xabar bering — har bir muammo o'zgarish uchun imkoniyatdir.

⤵️ O‘z takliflaringiz bilan islohotlarga hissa qo‘shing.

murojaat.byurokratiyasiz2030.uz

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2🔥2🎉1🤩1
BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi bayon etildi

BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Sessiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.

Nutqda bugungi dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib, o‘zaro ishonch susayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekistonning aniq pozitsiyasi bayon etildi:

“Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.”

Nutqda, shuningdek, Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li va aholining turmush darajasi yaxshilanayotgani, BMTning bugungi dunyodagi o‘rni, Afg‘oniston masalasi, bolalar huquqlari va demografik barqarorlik, Orol fojiasi va ekologik muammolar, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va ayollar huquqlari, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda inson qadrini ulug‘lash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

“Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.”

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍6🎉2
🟩🟩🟩🟢🟢🟢🟢

📚 “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 3-mavsumi g‘oliblari bilan tanishing:

1️⃣ Sarvinoz Umarova – TAQU talabasi;

2️⃣ Ibodat Sobirova – NamDPI talabasi;
2️⃣ Baxtiniso Salimova – QarDU magistranti;

3️⃣ Jennet Sultanmuratova – UrDPI talabasi;
3️⃣ Jaloliddin Sayfiddinov – TATU talabasi;
3️⃣ Nodirbek Abduqahhorov – NamDU magistranti;

4️⃣ Dilrabo Abduraxmonova – TerDU talabasi;
4️⃣ Marjona Rajabboyeva – TDYU talabasi;
4️⃣ Shodiya Hamidboyeva – NamDU talabasi;
4️⃣ Sabina Ismoilova – UrDU talabasi;

5️⃣ Orzigul Rustamova – UrDPI talabasi;
5️⃣ Sevinch Urolova – QDU talabasi;
5️⃣ Dilbar Allambergenova – O‘zMU talabasi;
5️⃣ Ozodbek O‘ktamov – NDKTU talabasi;
5️⃣ Muxlisa Samiyeva – “Ipak yo‘li” TMMXU talabasi.

✅ Tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari:

1️⃣ Zebuniso Inoyatova – NavDU magistranti;
2️⃣ Baxtiyor Imomqulov – TISU talabasi;
3️⃣ Shohista Akramova – O‘zDJTU talabasi;
4️⃣ Mira’zam To‘xtasinov – NamDU magistranti;
5️⃣ Umidjon No‘monov – ADXI talabasi;
6️⃣ Diana Xudayberganova – UrDPI talabasi.

↪️ Tanlov g‘oliblari diplom, sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

🔹Test bo‘yicha 1-o‘rin – noutbuk (core i5);
🔹Test bo‘yicha 2-o‘rinlar – smart televizor 43;
🔹Testda 3-o‘rinlar va referalda 1-o‘rin – planshet (6/128);
🔹Testda 4-o‘rinlar va referalda 2-o‘rinlar – planshet (4/64);
🔹Testda 5-o‘rinlar va referalda 3-o‘rinlar – Smart televizor 32.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍2