Edu.uz
✔
144K subscribers
40.1K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Buxoroda ilk marotaba: halol gastronomiya va turizm bo‘yicha xalqaro o‘quv kurslari yakunlandi

Buxoro davlat texnika universitetidagi Halol gastronomiya va turizm mukammallik markazida Malayziyaning UTHM universiteti bilan hamkorlikda gastronomiya va turizm bo‘yicha xalqaro o‘quv kurslari o‘tkazilib, ishtirokchilarga MS 1500:2019 standarti asosida nazariy va amaliy bilimlar berildi.

Kurslarda restoran va mehmonxona rahbarlari, ma’murlar, oshpazlar, ofitsiantlar, gastronomik gidlar hamda dietologlar ishtirok etib, zamonaviy yondashuvlar, xalqaro standartlar va halol xizmat ko‘rsatish talablari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.


Mashg‘ulotlarni Malayziyaning UTHM universiteti mutaxassislari Dr. Muhammad Suhaimi bin Sulon va Dr. Wan Ainaa Mardhiah binti Wan Zahari olib bordi. Ishtirokchilarga Malayziyaning halol industriyasidagi ilg‘or tajribalar taqdim etildi.

Batafsil...

👉На русском
👉In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Janubiy Koreya tajribasi: mikroelektronikadan raqamli taʼlimgacha

Cyber University mutaxassislari Janubiy Koreyaning mikroelektronika, kiberxavfsizlik va raqamli taʼlim texnologiyalari boʻyicha ilgʻor tajribasini oʻrganmoqda.

Malaka oshirish dasturlari doirasida integral mikrosxemalarni loyihalash, yarimoʻtkazgich mahsulotlarini yigʻish va sinovdan oʻtkazish, shuningdek, taʼlim jarayonini raqamlashtirish masalalariga eʼtibor qaratilmoqda.

Xorijiy tajriba universitet taʼlim dasturlarini takomillashtirish va talabalarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishda qoʻllaniladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍3😁1
#Xalqaro_forum

BuxDUda III Bioiqtisodiyot xalqaro forumi: global tajriba, ilmiy g‘oyalar va barqaror rivojlanish istiqbollari


Buxoro davlat universitetida Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda “Tabiat va inson kapitalini rivojlantirish” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamkorligida “Global integratsiyalashuv orqali sirkulyar bioiqtisodiyot samaradorligini oshirish va barqaror rivojlanishni jadallashtirish” mavzusidagi III Bioiqtisodiyot xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda Germaniya, Italiya, Marokash, Hindiston, AQSh, Rossiya, Latviya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa davlatlardan olimlar, mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat tashkilotlari, banklar va korxonalar vakillari oflayn hamda onlayn shaklda ishtirok etdi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2
#xizmat_safari #Andijon

Vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov Andijon davlat chet tillari instituti faoliyati bilan tanishdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Andijon davlat chet tillari institutiga bordi.

Vazir institutning taʼlim va ilmiy faoliyati, mavjud imkoniyatlari hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab, talaba-yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalari taqdimoti oʻtkazildi. Unda loyihalarning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati va ularni kelgusida rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224732

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤5🤔1