Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari #Andijon

Vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov Andijon davlat chet tillari instituti faoliyati bilan tanishdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Andijon davlat chet tillari institutiga bordi.

Vazir institutning taʼlim va ilmiy faoliyati, mavjud imkoniyatlari hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab, talaba-yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalari taqdimoti oʻtkazildi. Unda loyihalarning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati va ularni kelgusida rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224732

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤5🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari

📝 Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tartibi belgilandi.

Hukumatning 2026-yil 17-sentyabrdagi 499-son qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Matnli o‘qish

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍7❤5
TDAU professor-o‘qituvchilari va talabalari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganmoqda

Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari Toshkent viloyatida ijtimoiy soha, energetika va muhim infratuzilma obyektlarining 2026/2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish jarayonlarida ishtirok etmoqda. Talabalar Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlaridagi energetika sohasi, ijtimoiy soha hamda muhim infratuzilma obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganishmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224520

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍3🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Strategik rejalashtirish: tahlildan aniq qarorgacha

Prezidentimiz tashabbusi bilan vazirlik va idoralarda strategik rejalashtirish bo‘linmalari, mahalliy hokimliklarda esa axborot-tahlil bo‘limlari tashkil etilgan.

Bugungi kunda mazkur bo‘linmalar strategik hujjatlarni ishlab chiqish, ularni muvofiqlashtirish, ijrosini monitoring qilish hamda natijalarni tahlil etish bilan shug‘ullanmoqda.

Videorolikda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi misolida strategik hujjatlarning shakllantirilishi, ularning ijrosi monitoringi, asosiy ko‘rsatkichlar tahlili va tahliliy ma’lumotlarning strategik qarorlarni ishlab chiqishga aylantirilishi aks etgan.

Raqamlarda: 3 ta tayyor strategik hujjat, 3 ta ishlab chiqilayotgan hujjat, 37 ta ko‘rsatkich va 6 ta raqamli platforma.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍4🔥2👏2🤔1
Bir orzu — bir imkoniyat — katta natija!
 
Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar ularning bilim va salohiyatini roʻyobga chiqarish, katta maqsadlar sari intilishini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
 
23-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi doirasida faollar bilan uchrashuvda ham yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning orzu va maqsadlarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida eʼtibor qaratildi.

 
Ana shunday imkoniyatlardan biri Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani Toʻptik MFYda yashovchi, 48-umumtaʼlim maktabining 11-sinfida tahsil olayotgan Marjona Adhamjonova uchun ham katta ragʻbat boʻldi.
 
Marjona maktabdagi oʻqishi bilan bir qatorda xorijiy tillarni oʻrganishga jiddiy eʼtibor qaratib kelmoqda. U ingliz tili hamda ona tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikatlarga ega. Ayni paytda u kelgusi yilda oliy taʼlim muassasasi talabasi boʻlish maqsadida tayyorgarlik koʻrmoqda.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Toʻxtasinov, universitet rahbariyati vakillari, Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari Komiljon Komilov, Oltinkoʻl tumani hokimi Otavuolloxon Rasulov hamda Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, “Nuroniy” uyushmasi Andijon viloyati boʻlimi rahbari Oʻktamjon Oxunov Marjonaning xonadonida boʻlib, uni ushbu quvonchli voqea bilan tabrikladi.

 
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224776

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤17👍4😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_qulaylik #KuzQishMavsumi

NamDTUda zamonaviy individual issiqlik punktlari o‘rnatildi


Namangan davlat texnika universitetida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida muhandislik infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, universitetning 3 ta o‘quv binosi va talabalar turar joyiga zamonaviy individual issiqlik punktlari (ITP) o‘rnatildi.
Mazkur tizim issiqlik ta’minotini avtomatik boshqarish, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda binolarda barqaror haroratni saqlash imkonini beradi. Amalga oshirilayotgan ishlar ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish va qish mavsumida qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤17👍6🔥3😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Eng hurmatli inson muallimdir” — Ta’lim tizimida amalga oshirilgan tarixiy islohotlar

Soʻnggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ta'lim sohasida tarixiy islohotlar amalga oshirildi. Eng muhim oʻzgarishlar va raqamlarni eslatamiz.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
👍34❤9👏6😁6😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim tarixi muzeyidamiz

Yoshlik talabalar shaharchasi hokimligi binosida Oliy ta’lim tarixi muzeyi ochilganidan xabaringiz bormi? Butun tarix moʻjazgina muzeyda 17 stend ketma-ketligi orqali hikoya qilinadi.

Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍6😱4👏1