Edu.uz
✔
143K subscribers
40.1K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Toshkentda xalqaro kasbiy mahorat tanlovining Markaziy Osiyo bosqichi o‘tkazildi

Toshkent shahrida “World Vocational College Skills Competition – 2026” — Butunjahon injener-texnik va professional ta’lim muassasalari ko‘nikmalar tanlovining Markaziy Osiyo mintaqasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🌏 Ikki kun davom etgan tanlovda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 96 nafar talaba 24 ta jamoa tarkibida ishtirok etdi.
Yoshlar:
🔹 intellektual logistika va ta’minot zanjiri;
🔹 sun’iy intellekt, IT va robototexnika
yo‘nalishlarida o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Ishtirokchilar real kasbiy vazifalarga yaqinlashtirilgan amaliy topshiriqlarni bajarib, zamonaviy texnologiyalar asosida yechimlar ishlab chiqishdi hamda innovatsion loyihalarini ekspertlar oldida himoya qildi.

🏆 Tanlov yakuniga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Toshkent davlat transport universiteti;
🥈 2-o‘rin — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
🥉 3-o‘rin — Qirg‘iz davlat universiteti hamda Samarqand xalqaro kolleji.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/225043

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤9
Janubiy Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasi o‘rganilmoqda

Oliy va kasbiy ta’limni mehnat bozori talablariga mos ravishda rivojlantirish, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, fan, ta’lim va innovatsiyalar integratsiyasini kuchaytirish, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi samarali hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ilg‘or raqamli va innovatsion yechimlarni o‘quv jarayoniga joriy etish borasida Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasini o‘rganish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bir guruh mas’ullari 2026-yil 20–30-sentyabr kunlari Koreya Respublikasida tashkil etilgan malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.


Dastur doirasida delegatsiya a’zolari GRAND-ICT seminarida ishtirok etib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari bilan tanishdilar.

Shuningdek, Tech University of Korea (TUK) universiteti faoliyati o‘rganilib, ta’lim, ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyat integratsiyasi bo‘yicha tajriba almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/225109

#xalqaro_hamkorlik #malaka_oshirish

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
👍7❤1🤔1
#Kelajak_muhandislari #Natija

🏆 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

“Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Shuningdek, tanlov doirasida o‘tkazilgan stajirovka tanlovi g‘oliblari ham belgilandi.

Tanlov davomida ilg‘or g‘oyalar, amaliy loyihalar va innovatsion ishlanmalar namoyish etilib, ishtirokchilarning bilim va salohiyati ekspertlar tomonidan baholandi.

G‘oliblar, ularning loyihalari hamda sovrinlari bilan quyida tanishishingiz mumkin⤵️

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😁9👍5😱5❤4
#EngYaxshiGoya

“Kelajak muhandislari” ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi g‘oya” yo‘nalishi g‘oliblari bilan tanishing!

Tanlov ishtirokchilari talabalar, amaliyotchi muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar kategoriyalari bo‘yicha baholandi.

🎓 Talaba kategoriyasi:
1-o‘rin — Abdaliyev Komronbek Begali o‘g‘li, “Inovatsion samolyot simulyatori” g‘oyasi;
2-o‘rin — Latifjonov Abduqodir Bahtiyor o‘g‘li, “ImoVox — Giving Voice to Signs” g‘oyasi;
3-o‘rin — Bahronova Dilshoda Tohirovna, “Urinal Eco” g‘oyasi.

⚙️ Amaliyotchi muhandis kategoriyasi:
1-o‘rin — Mo‘ydinjonov Ikromjon Ilhomjon o‘g‘li, “Argus-X: Intellektual havo mudofaa platformasi” g‘oyasi;
2-o‘rin — Ahmadov Xushdil San’atovich, “Vodorod olish uchun mujassamlashgan quyosh nurlanishi asosida ishlovchi termokimyoviy reaktor” g‘oyasi;
3-o‘rin — Dauletnazarov Jaksilik Iskender uli, “Cottony AI-Based Farming Assistant” g‘oyasi.

👨‍🏫 Professor-o‘qituvchi kategoriyasi:
1-o‘rin — Hatamov Inomjon Amrulloyevich, “Kombinatsiyalashgan bioenergetik qurilma” g‘oyasi;
2-o‘rin — Rahimov G‘anisher Baxtiyorovich, “Takomillashgan qobiq-quvurli issiqlik almashinish uskunasi” g‘oyasi;
3-o‘rin — Abdunazarov Jamshid Nurmuhamadovich, “Smart mobility city tizimi” g‘oyasi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3
#EngYaxshiLoyiha

“Kelajak muhandislari” ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi loyiha” yo‘nalishi g‘oliblari bilan tanishing!


Tanlov ishtirokchilari talabalar, amaliyotchi muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar kategoriyalari bo‘yicha baholandi.

🎓 Talaba kategoriyasi
1-o‘rin — Ismoilov Biloliddin Islombek o‘g‘li — “Shunqor 8”;
2-o‘rin — Rustamov Dilmurod Zarifboy o‘g‘li — “Barlos” yer usti robotlashgan majmuasi”;
3-o‘rin — Urunov Asadbek Davlatali o‘g‘li — “Body Tester — “birinchi o‘zbek robo doktori”.

⚙️ Amaliyotchi muhandis kategoriyasi
1-o‘rin — Xoliqulov Oybek Rustamjonovich — “Avtomobil shinasi va yo‘l qatlami orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini boshqaruvchi trenajer”;
2-o‘rin — O‘lmasov Ahadjon Akramjon o‘g‘li — “Jamoat va ekologik xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan, intellektual dasturiy ta’minotga asoslangan avtonom mobil robotini loyihalash va ishlab chiqarish”;
3-o‘rin — Elomonov Akbar Abduvali o‘g‘li — “Spectrum — uran konlari zaxirasining sun’iy intellekt prizmasi”.

👨‍🏫 Professor-o‘qituvchi kategoriyasi
1-o‘rin — Xolmanov O‘tkir O‘ktam o‘g‘li — “Sun’iy intellekt texnologiyalari asosida sanoat gaz yoquvchi pechlar uchun energiya tejamkor boshqarish tizimini ishlab chiqish”;
2-o‘rin — Bozorov Yoqubjon Sherali o‘g‘li — “Mahalliy xomashyolar asosida suvlarni tozalovchi gibrid membranalar yaratish”;
3-o‘rin — Qodirov Zarif Zafarovich — “Robocontest”.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍1😁1
#EngYaxshiIxtiro

“Kelajak muhandislari” ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishi g‘oliblari bilan tanishing!


Tanlov ishtirokchilari talaba, amaliyotchi muhandis hamda professor-o‘qituvchi kategoriyalari bo‘yicha baholandi.

🎓 Talaba kategoriyasi:
1-o‘rin — G‘afforov Bekzod Amin o‘g‘li, “Tog‘ jinslarini o‘ta mayin darajada maydalash sharli tegirmon qoplamalasi”;
2-o‘rin — Mutalimova Zulfizar Burxon qizi, “Ko‘p funksiyali innovatsion shtativ (qurilma)”;
3-o‘rin — Polojanov Davron Radik o‘g‘li, “Hand Control Mouse K10G”.

⚙️ Amaliyotchi muhandis kategoriyasi:
1-o‘rin — Erkinov Farrux Botir o‘g‘li, “Yuqori nur sindirish koeffitsientiga ega shisha mikrosferalar”;
2-o‘rin — Boymatov Olimjon Shermatovich, “Mahalliy o‘simlik polisaxaridlari asosida bioparchalanadigan plyonkalar olish”;
3-o‘rin — Husanov Shahobiddin Xayrulla o‘g‘li, “Konchilik korxonalari vibratsion g‘alvirlarining elektr yuritmasi uchun ko‘p tezlikli motor yaratish”.

👨‍🏫 Professor-o‘qituvchi kategoriyasi:
1-o‘rin — Parmonov Sarvar Toshpo‘latovich, “Po‘lat eritish shlakidan marganes va temirni ajratib olish”;
2-o‘rin —Nurov Siroj Sobirovich, “Oqava suv tozalash inshootlari va ochiq kanallarda suv resurslari sarfini intellektual o‘lchov-monitoring qurilmasi”;
3-o‘rin — O‘lmasov Qudrat Norqul o‘g‘li, “Quyosh fotopanellarining sirtini avtomatik tozalash tizimini ishlab chiqish”.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤3🤔1
#EngYaxshiAyolMuhandis

“Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi ayol muhandis” nominatsiyasi g‘olibasi bilan tanishing!


“Eng yaxshi ayol muhandis” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib — Jalolova Zilola Hamidulla qizi.

✔️ Loyiha nomi: “Antifriksion yeyilishbardosh polimer material”
➡️ Yo‘nalish: “Eng yaxshi ixtiro”/professor-o‘qituvchi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍8
#StajirovkaTanlovi

“Kelajak muhandislari” stajirovka tanlovi g‘oliblari bilan tanishing!


Tanlov yakunlariga ko‘ra, talaba hamda professor-o‘qituvchi kategoriyalari bo‘yicha 5 nafardan g‘olib aniqlandi.

🎓Talaba kategoriyasi:
1-o‘rin — Mahammadjonov Qudratbek Ulug‘bek o‘g‘li – “Quyosh energyasi asosida havodan ichimlik suvi olish qurilmasi”;
2-o‘rin — Dushabayeva Omina Inomjon qizi – “Bolg‘ali maydalagichlarni zamonaviy texnologiyalar yordamida ish resursini oshirish va qayta tiklash texnologiyasini takomillashtirish”;
3-o‘rin — Hamroyeva Feruza Azizjon qizi – “VitaCandy”;
4-o‘rin — Kenjaboyev Adham Rasulovich – “Osiyo” — sun’iy intellekt, ovozli boshqaruv va kompyuter ko‘rish texnologiyalariga asoslangan interaktiv imo-ishora tilida tarjimon gumanoid robot”;
5-o‘rin — Sayfiddin Hoji Qadriddin Shuhrat o‘g‘li – “Smartdrop”.

👨‍🏫Professor-o‘qituvchi kategoriyasi:
1-o‘rin — Abatov Shahzod Akramovich – “Floodsense — suv toshqiniga moyil hududlarni aniqlovchi platforma”;
2-o‘rin — Sayfidinov Oxunjon Odilovich – “Safe Gate-X”;
3-o‘rin — Mustafoqulov Almardon Mamatovich – “Elektr energiya tejamkor aqlli qishloq xo‘jalik robot mashinasi”;
4-o‘rin — Zoirov O‘lmas Erkin o‘g‘li – “Wheel Chair”;
5-o‘rin — Mirzavaliyev Dostonbek Bahodir o‘g‘li – “Metallurgik shlaklaridan marganesni selektiv ajratish bo‘yicha gidrometallurgik jarayonlarni sun’iy intellekt yordamida optimallashtirish”.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍4🤔2🔥1
🇺🇿🇯🇵 Yaponiyada tahsil: O‘zbekiston uchun yangi grant kelishuvi imzolandi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida inson resurslarini rivojlantirishga qaratilgan JDS — Japanese Grant Aid for Human Development Scholarships loyihasi doirasida Notalar almashinuvi va Grant kelishuvini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kendzi Hirata, JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Mamoru Sakay hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etdi.

Loyihaning asosiy maqsadi — O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, davlat boshqaruvi va strategik sohalarda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishdan iborat.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/225248

👉 На русском
👉 In English


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12🔥5👍4