Edu.uz
✔
144K subscribers
40.1K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish hamda oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi.

Yangi darsliklarda o‘quvchilarning tanqidiy va mustaqil fikrlashi, ijodkorligi, muloqot va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2027-yilgacha 1 342 nomdagi darslik va o‘quv-metodik material tayyorlash rejalashtirilgan.

Dual ta’lim doirasida esa talabaning nazariy bilimini korxonadagi amaliyot bilan uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Kelgusida 185 ming nafar, ya’ni 3–4-bosqich talabalarining kamida 80 foizini dual ta’limga qamrab olish maqsad qilingan.

Shuningdek, Xiva shahrida Lyaonin pedagogika universiteti filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu yerda xitoy tili, xalqaro biznes, turizm boshqaruvi va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanadi. Ta’lim o‘zbek, xitoy va ingliz tillarida olib boriladi.

Davlatimiz rahbari ta’lim sifatini oshirish, dual ta’limni hududlardagi korxonalar ehtiyoji bilan bog‘lash va yangi filialda qabul jarayonlarini puxta tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤10👏2🤔1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9🎉4❤1
#Olimlar_minbari
#21.09–27.09.2026

“Korrupsiya – millat taraqqiyotiga yopishgan “kasallik” — Muhiddin KALONOV, Navoiy davlat universiteti rektori, professor;
 
“Yangilanishlarning qadriga yetmoq Uchinchi Renessans gʻoyasiga munosib boʻlmoqdir” — Zebo QOBILOVA, Qoʻqon universiteti prorektori, professor;
 
“Bilimli avlod – kuchli davlat poydevori” — Qumri SAFAYEVA, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, iqtisodiyot fanlari doktori va professor;
 
“Millatlararo totuvlik – umumiy yutuqlarimiz poydevori” — Almagul BAYRIYEVA, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti kafedra mudiri, professor;
 
«Самоотверженный труд педагога — вклад в прогресс страны» — Камола АБДУРАУФОВА, заведующая кафедрой Шахрисабзского государственного педагогического института;
 
“Biz ham yelkamizni tutib beraylik!” — Suyun KARIMOV, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori;
 
«Индустрия путешествий нового времени: от исторического наследия до искусственного интеллекта» — Нозима ЗУФАРОВА, декан факультета Ташкентского государственного экономического университета, профессор;
  
“Alifbo  mukammalligi – ilmiy  zarurat  va  zamon  talabi” — Inomjon AZIMOV, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi direktori, professor;
 
«Образование нового века» — Лейла БУРХАНОВА, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

 “Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makonda milliy tafakkurni qanday saqlab qolamiz?” — Sabohat QAHHAROVA, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti;
 
“Hududlar salohiyati – barqaror va raqobatbardosh iqtisodiyot kafolati” — Akmal ABDUVOHIDOV, Guliston davlat universiteti dotsenti, Muhammadjon SAMADQULOV, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali dotsenti;
 
“Raqamlashtirishda azaliy qadriyatlarning mezoni qanday?” — Nurnazar PIRNAZAROV, Qoraqalpoq davlat universiteti katta oʻqituvchisi;
   
“Muvaffaqiyat yoʻli kitob bilan shiddat oladi” — Ozodbek YIGITALIYEV, Fargʻona davlat universiteti huzuridagi “Kitobxonlar klubi” rahbari.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍3🔥2
Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalikka bag‘ishlov hamda ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Bugun Xalqlar do‘stligi san’at saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining 5 ming nafardan ziyod birinchi bosqich talabalari uchun “Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali marosimi va “1-oktyabr — ustoz va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Imomov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Aziz Meliboyev, Sog‘liqni saqlash xodimlari Kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Farhodjon Xapijayev, universitet mas’ullari, professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/225443

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16🎉7👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash #Eʼtirof

Ayni daqiqalarda muhandislik sohasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlovda munosib natijalarni qayd etgan 9 nafar g‘olib elektromobil bilan taqdirlanadi. Shuningdek, tadbir davomida soha vakillariga “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirilmoqda.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥12👍5❤3🥰2😁1
#Eʼtirof

Ta’lim sohasi fidoyilarining bir guruhi mukofotlandi

Bugun, 29-sentabr kuni yaqinlashib kelayotgan O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Prezident farmoni imzolandi. Unga ko‘ra, ta’lim-tarbiya tizimida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan bir guruh pedagog va mutaxassislar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ular orasida oliy, kasbiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar ham bor.

Jumladan:

🏅“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan


Soleyev Ahmadjon — Samarqand davlat universiteti birinchi prorektori;

🏅“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan


Mamajonov Alijon — Farg‘ona davlat universiteti professori;

Muhamedbayeva Zamira Abduljaparovna — Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali professori;

🏅“Mehnat shuhrati” ordeni bilan


Mirtadjiyeva Karamat Taxirovna — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti laboratoriya mudiri;

Safarov Eshkabul Yuldashovich — O‘zbekiston Milliy universiteti professori;

Uzakov Zair — Qarshi davlat texnika universiteti professori;

🏅 I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan


Vinogradova Valentina Ivanovna — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi;

Yaxshiyeva Zuxra Ziyatovna — Jizzax davlat pedagogika universiteti dekani;

🏅 “Do‘stlik” ordeni bilan


Bayriyeva Almagul Qurbanovna — Qoraqalpoq davlat universiteti kafedra mudiri;

Imamov Erkin Zunnunovich — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori;

Sattorov Bobonazar Nuftillayevich — Kasbi tumani 1-texnikumi direktori;

🏅 II darajali “Salomatlik” ordeni bilan


Abduraxmonova Nigora Xudoyberdiyevna — Termiz jamoat salomatligi texnikumi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;

Mamarasulov To‘lqinjon Mirzayevich — Qarshi davlat universiteti kafedra mudiri;

🏅 “Mardlik” ordeni bilan


Kushmurotov Elmurot Jurakulovich — “University of innovation technologies” nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi;

🏅 “Sog‘lom turmush” medali bilan


Aliyeva Nargiza Ziyodillayevna — Navoiy pedagogika texnikumining pedagogika psixologiyasi fani o‘qituvchisi;

🏅 “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan


Mo‘minov Fazliddin Xusniddin o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yig‘ma-axborot va hududiy masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;

Rasulov Sodiq Sa’dullayevich — Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi direktorining o‘rinbosari;

🏅“Kelajak bunyodkori” medali bilan


Atoyev Abubakir Izzatillo o‘g‘li — Buxoro davlat texnika universiteti o‘qituvchisi;

Sangirov Jumaniyoz Alijon o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining Yosh olimlar kengashi raisi o‘rinbosari;

🏅 “Shuhrat” medali bilan


Mirxamitova Dilorom Xudayberdiyevna — Olmaliq davlat texnika instituti dekani;

Sadinov Abror Samadovich — Paxtachi tumani 1-texnikumi direktori;

Temirova Adolat Avazxanovna — Yangiyo‘l agrotexnologiyalar texnikumining ishlab chiqarish ta’limi ustasi;

Xolxodjayev Boxodir Asatullayevich — Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti;

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍11👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 13

"Bugun shunaqa qarorlar qabul qilishimiz kerakki, ular yangi imkoniyatlarni yaratib, keyingi avlodlar uchun tinch, barqaror va yanada adolatli kelajakni shakllantirsin!" – Saida Mirziyoyeva.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍3🔥3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar himoyasi — ustuvor vazifa: zoʻravonlikka qarshi huquqiy mexanizmlar kuchaytiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Adolat» SDP fraksiyasi tashabbusi asosida kiritilgan — bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Bolalar va yoshlar uchun xavfsiz, sog‘lom hamda zo‘ravonlikdan xoli ta’lim muhitini yaratish ta’lim siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois ta’lim tashkilotlarida zo‘ravonlikning oldini olish, bunday holatlarni barvaqt aniqlash, jabrlangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda pedagog va boshqa mas’ullarning bu boradagi mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishi muhim.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤10😱1
“Kelajak muhandislari” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Bugun Toshkent shahridagi “INNO Technopark”da “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda muhandislik ta’limini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oya va ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Marosim davomida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” tanlovlarining 9 nafar birinchi o‘rin sohibiga BYD Chazor avtomobillari topshirildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Kelajak muhandislari” dasturining “Muhandis ayol” hamda xorijiy davlatlarda stajirovka o‘tash tanlovlari g‘oliblari ham taqdirlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/225881

#Kelajak_muhandislari #Taqdirlash

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤7🔥7🥰3