Edu.uz
✔
144K subscribers
40.1K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Yosh tadqiqotchilar Kyoto universitetida amaliyot o‘taydi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kyoto universiteti delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosari O‘ktam Salomov hamda Kyoto universiteti vitse-prezidenti Fuyuki Ishikawa ishtirok etdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish hamda yosh tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/innovation/news/view/225473

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍1😱1
Audio
#Ovozli_chat #Milliy_sertifikat

🎶 Milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar bo‘yicha ovozli chatning audioyozuvi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🥰1
#Mirziyoyev #muloqot #talim #uqituvchilar

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda ta’lim sohasiga oid yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Tadbirda tantanali ravishda davlat mukofotlari topshirildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11🔥4👍1
Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish masalalari xalqaro anjumanda muhokama qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan Rossiya ta’lim akademiyasi, P.M.Masherov nomidagi Vitebsk davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti hamda Istanbul universiteti bilan hamkorlikda “Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, mahalliy hamda Rossiya, Xitoy, Turkiya, AQSH, Malayziya va boshqa davlatlarning ta’lim tashkilotlaridan 30 nafardan ortiq olim va mutaxassislar ishtirok etdi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/226642

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12🥰5👍4🤔1