Edu.uz
✔
143K subscribers
40.1K photos
7.66K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Janubiy Koreyaning “AHA” kompaniyasi Farg‘ona davlat texnika universitetining 11 nafar talabasiga grant ajratdi

Ta'lim muassasaga Janubiy Koreyaning “AHA” kompaniyasi rahbari Ku Gi Do tashrif buyurdi. Universitet rektori, professor Rustam Tojiyev bilan uchrashuvda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, talabalarni amaliyotga jalb etish hamda bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida “AHA” kompaniyasi tomonidan FDTUning 11 nafar talabasi uchun grantlar ajratildi. Shuningdek, kompaniyaning Farg‘ona shahridagi Eko shahar hududida tashkil etilgan yangi korxonasida universitet talabalarini amaliyot va ish faoliyatiga jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tomonlar kelgusida hamkorlikni yangi loyihalar bilan kengaytirishga kelishib oldilar.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍5
#yangi_sahifa

21–26-sentyabr kunlari Yoshlar ishlari agentligining "WikiMarafon" loyihasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda Bo‘stonliq tumanidagi "Yoshlar" oromgohida ''WikiSfera II" oromgohini o‘tkazdi.

Oromgohda ishtirok etish uchun 120 ga yaqin yosh tanlab olindi. Olti kun davomida ular tajribali mentorlar ko‘magida o‘zbekcha Vikipediyaning ishlash tamoyillari, maqola yaratish va tahrirlash jarayonlarini o‘rgandi.

Shuningdek, oromgoh davomida O’zbekcha Vikipediyaga kiritilayotgan ma’lumotlarning sifatini oshirish maqsadida ochilgan Ziyosfera platformasida 80 mingdan ortiq faktlar yig’ildi.

Bugungi kunda o‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 366 mingdan, tahrirlar soni esa 6 milliondan oshgan. Jahon vikireytingida esa o‘zbekcha Vikipediya 39-o‘rinni egallab turibdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18🔥2
Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar yuborilmoqda
 
Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov nomidan turli shaxslarga soxta  xabarlar yuborilayotgani kuzatilmoqda.
 
Ushbu xabarlarni vazir yubormayotganini va va suratda koʻrsatilgan akkaunt vazirning shaxsiy Telegram akkaunti emasligini maʼlum qilamiz.
 
Shu munosabat bilan fuqarolardan bunday xabarlarga ishonmaslik, ularga javob bermaslik, telefoniga kelgan kodlarni hech kimga yubormaslik yoki aytmaslik  hamda shaxsiy maʼlumotlar, hujjatlar yoki boshqa maʼlumotlarni taqdim etmaslik soʻraladi.
 
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga oid rasmiy maʼlumotlar vazirlikning rasmiy axborot kanallari orqali eʼlon qilinadi.
 
Feyk xabarlarga ishonmang va ularni tarqatmang!
 
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤33👍13👏5
#Qabul2026 #Qoraqalpoq_yoshlari #Natija

❗️Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun muhim yangilik!

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha 6 500 ta qabul parametri bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi


Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 6 500 nafar abituriyentning hududlardagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul parametrlari bo‘yicha o‘qishga qabul natijalari e’lon qilindi.

Mazkur qo‘shimcha qabul parametrlari davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxatdan o‘tish davrida doimiy yashash hududi Qoraqalpog‘iston bo‘lgan hamda shu yerdagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

Bunda abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilindi.

Tanlov natijalari bo‘yicha qaydnomalar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yuboriladi.

Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz orqali shaxsiy kabinetdan yoki mandat.uzbmb.uz orqali ID raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤29👍8🤔1
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️ Oliy ta’limda dual ta’limni tashkil etishning yangi tartibi belgilandi

Prezidentning “Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-sentyabrdagi PF–209-son Farmoni qabul qilindi.

🔰 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida ish beruvchilar buyurtmasi asosida, bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.

❇️ Mazkur tizim “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yiladi.

📌 Yangi tartibga ko‘ra:
▪️ dual ta’limga qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va qabul parametrlari OTTar tomonidan har yili 1-sentyabrga qadar belgilanadi;

▪️ dual ta’limda o‘qish uchun nomzodlar ish beruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan tanlov asosida saralab olinadi. Bunda:

➖nomzodlar korxonaning yo‘llanmasi asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri imtihonsiz yoki buyurtmasi asosida saralash imtihoni natijasiga ko‘ra o‘qishga qabul qilinadi;
➖texnikumlarning oliy taʼlim bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarini tamomlagan bitiruvchilarga dual taʼlim shaklida mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining 2 yoki 3-kursidan o‘qishini davom ettirishga ruxsat beriladi;

▪️ dual ta’lim OTT, ish beruvchi va talaba o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida tashkil etiladi. Bunda:

➖korxona tomonidan talabaga oʻqish davri davomida oʻzining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik ish haqi toʻlanadi;
➖talaba bitirgandan soʻng kamida 2 yil mazkur korxona yoki uning tizimidagi tashkilotda ishlab berish majburiyatini oladi;

▪️ o‘quv jarayonining kamida 30 foizi nazariy ta’limga ajratiladi, qolgan qismi esa amaliy tayyorgarlik asosida tashkil etiladi;

▪️ dual ta’lim jarayonidagi amaliy mashg‘ulotlar va talabalarning ishtiroki CareerEdu platformasi orqali monitoring qilib boriladi;

▪️davlat va davlat ulushi bo‘lgan korxonalarga dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash bo‘yicha OTTlarga buyurtma berish hamda xarajatlarni byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplashga ruxsat beriladi;

▪️talabalar o‘qishini dual taʼlim shaklidan taʼlimning boshqa shakllariga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi, faqat o‘zgartirishga korxona bilan tuzilgan shartnoma mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18🔥6
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari ❗️ Oliy ta’limda dual ta’limni tashkil etishning yangi tartibi belgilandi Prezidentning “Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-sentyabrdagi PF–209…
#Qonunchilik_yangiliklari

Dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar qoʻllab-quvvatlanadi


❇️Farmonga ko‘ra:

✔️dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan Ijtimoiy reestrga kiritilgan talabalarga OTTning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy stipendiya toʻlashga ruxsat beriladi;

✔️dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarning ijara huquqi asosida yashashi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash taʼlimning kunduzgi shakli uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

✔️muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi ta’lim sohalari bo‘yicha dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini 2-kursdan boshlab davlat granti kvotalari doirasida davom ettirish imkoniyati yaratiladi. Bunda:

➖davlat granti kvotalari muayyan o‘quv yili uchun tegishli ta’lim sohalariga ajratilgan davlat buyurtmasi parametrlariga nisbatan qo‘shimcha 25 foiz miqdorida (vakant qolgan o‘rin va davlat granti asosidagi qo‘shimcha kvota hisobidan) belgilanadi;

➖davlat granti kvotalarini taqdim etish va qayta taqsimlash talabalarning tugallangan o‘quv yili yakuni bo‘yicha o‘zlashtirish (GPA) ko‘rsatkichi hamda buyurtmachi korxonaning baholash natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi;

➖ Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun dual taʼlim shaklida o‘qish 1-kursdan boshlab butun o‘qish davrida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

➖davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga stipendiya to‘lovlari kunduzgi taʼlim shakli uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

✔️ talabaning dual taʼlim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.

💼 Dual taʼlim shaklida taʼlim dasturining amaliy qismi natijadorligini oshirish maqsadida:

▫️korxonalarga o‘z mablag‘lari hisobidan hamkor taʼlim tashkilotlarida amaliyot bazalarini tashkil etishga;

▫️OTTlarga kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan korxonalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tuziladigan shartnomaga muvofiq tekin foydalanish huquqi asosida bo‘sh turgan bino-inshootlari va hududida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlariga mos ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etishga;

▫️OTTlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan sohalar bo‘yicha kasbga o‘rgatish kurslarini tashkil etishga ruxsat beriladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍4