Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.65K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi ishtirokchilari Samarqandda

1-oktabr kuni I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi doirasida xalqaro delegatsiya Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros хalqaro universitetida bo‘ldi.

Mehmonlar universitet faoliyati, ta’lim jarayoni hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) prezidenti Leonz Eder hamda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Erkin Qodirov talabalar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda talabalar sportini rivojlantirish, sport sohasidagi imkoniyatlar va xalqaro tajriba almashinuvi haqida fikr yuritildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/227122

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍2
#topshiriq_ijrosi #yigʻilish #vazir

Prezidentimiz belgilab bergan vazifalarni amalga oshirish choralari belgilab olindi ijrosi taʼminlanadi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Prezidentimizning pedagoglar bilan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.


Yigʻilishda davlatimiz rahbari tomonidan oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasi oldiga qoʻyilgan vazifalarni amaliyotga samarali tatbiq etish, ularning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash boʻyicha ustuvor chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xususan, oliy taʼlim tashkilotlarida dual taʼlim qamrovini yanada kengaytirish, yangi avlod darsliklari va oʻquv adabiyotlarini yaratish, magistrlik dissertatsiyalari hamda ilmiy tadqiqotlarni real iqtisodiyot tarmoqlaridagi mavjud muammolar yechimiga yoʻnaltirish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/227118

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥11❤7🤔1
#XalqaroReyting #THE_2027

🌐 O‘zbekistonning 8 ta oliy ta’lim tashkiloti “THE World University Rankings – 2027” reytingida o‘rin egalladi

Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan “World Univrsity Rankings – 2027” reytingi e’lon qilindi.

Mazkur reytingda dunyoning 118 ta mamlakatidan jami 2 297 ta oliy ta’lim tashkilotlari o‘rin egalladi.

O‘zbekistondan jami 53 ta oliy ta’lim tashkiloti ishtirok etib, ulardan 8 tasi o‘rin egalladi. Qolgan 45 tasi ishtirokchi sifatida qayd etildi.

Top-1000 talikdan 2 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti joy oldi:

▫️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 551–600-o‘rinlar;
▫️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 651–700-o‘rinlar.

📊 Shuningdek, reytingdan quyidagi OTTlar ham joy oldi:

▪️ Toshkent davlat texnika universiteti — 1001–1200-o‘rinlar;
▪️ Toshkent davlat transport universiteti — 1001–1200-o‘rinlar;
▪️ O‘zbekiston Milliy universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Samarqand davlat universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti — 2001+.

THE World University Rankings universitetlarning ta’lim, ilmiy tadqiqot, bilim transferi va xalqaro faoliyati kabi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini baholaydi.

Oliy ta’lim tashkilotlarining nufuzli xalqaro reytinglarda munosib natijalarga erishishi ularning ta’lim va ilmiy faoliyatini xalqaro mezonlar asosida rivojlantirish, akademik salohiyatini mustahkamlash va jahon ilmiy-ta’lim maydonidagi ishtirokini kengaytirish uchun muhim ko‘rsatkichlardan biridir.

🎉 Universitetlarmizni mazkur yutuq bilan muborakbod etamiz! Jamoalarga kelgusidagi ilmiy va ta’lim faoliyatida yangi marralar tilaymiz.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍13🤔5🎉3
#Tayinlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Valijonov Abror Rahmonjonovich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Abror Valijonov mazkur tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligida boshqarma boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ushbu mas’uliyatli vazifada Abror Rahmonjonovichga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍36❤21🔥6😱1🎉1
#diqqat

“Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi!


2026-yilning may oyidan boshlab o‘tkazib kelingan “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi o‘z nihoyasiga yetib 8 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha jami 24 nafar g‘olibi aniqlandi.

Maʼlumot uchun, tanlovning 3-bosqichiga (respublika) jami 47 ta ariza tavsiya etilgan edi.

🌐 Tanlov g‘oliblari

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤11
#Tayinlov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Nosirova Saodat Abdullayevna Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori etib tayinlandi.

Saodat Nasirova mazkur tayinlovga qadar Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy nomidagi O‘zbek-Xitoy instituti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😱180❤71🔥31🤔20🎉8
Talabalar uchun “Avtomobil yo’llari qo’mitasi” stipendiya joriy etildi

Mazkur stipendiyaga O’zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida “Yo‘l muhandisligi” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavr va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishi mumkin.

🖌 Mazkur stipendiya iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ilmiy salohiyatini rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan.

Nizomga ko‘ra, stipendiyaga “Yoʻl muhandisligi” yo‘nalishi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining mazkur yo‘nalishda kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2—4-kurs va magistraturaning 2-kursida tahsil olayotgan talabalar talabgor bo‘lishi mumkin.

STIPENDIYA NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99899 903-05-31

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13