Edu.uz
✔
143K subscribers
40.1K photos
7.66K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#topshiriq_ijrosi #yigʻilish #vazir

Prezidentimiz belgilab bergan vazifalarni amalga oshirish choralari belgilab olindi ijrosi taʼminlanadi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Prezidentimizning pedagoglar bilan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.


Yigʻilishda davlatimiz rahbari tomonidan oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasi oldiga qoʻyilgan vazifalarni amaliyotga samarali tatbiq etish, ularning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash boʻyicha ustuvor chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xususan, oliy taʼlim tashkilotlarida dual taʼlim qamrovini yanada kengaytirish, yangi avlod darsliklari va oʻquv adabiyotlarini yaratish, magistrlik dissertatsiyalari hamda ilmiy tadqiqotlarni real iqtisodiyot tarmoqlaridagi mavjud muammolar yechimiga yoʻnaltirish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/227118

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥11❤7🤔1
#XalqaroReyting #THE_2027

🌐 O‘zbekistonning 8 ta oliy ta’lim tashkiloti “THE World University Rankings – 2027” reytingida o‘rin egalladi

Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan “World Univrsity Rankings – 2027” reytingi e’lon qilindi.

Mazkur reytingda dunyoning 118 ta mamlakatidan jami 2 297 ta oliy ta’lim tashkilotlari o‘rin egalladi.

O‘zbekistondan jami 53 ta oliy ta’lim tashkiloti ishtirok etib, ulardan 8 tasi o‘rin egalladi. Qolgan 45 tasi ishtirokchi sifatida qayd etildi.

Top-1000 talikdan 2 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti joy oldi:

▫️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 551–600-o‘rinlar;
▫️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 651–700-o‘rinlar.

📊 Shuningdek, reytingdan quyidagi OTTlar ham joy oldi:

▪️ Toshkent davlat texnika universiteti — 1001–1200-o‘rinlar;
▪️ Toshkent davlat transport universiteti — 1001–1200-o‘rinlar;
▪️ O‘zbekiston Milliy universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Samarqand davlat universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti — 2001+.

THE World University Rankings universitetlarning ta’lim, ilmiy tadqiqot, bilim transferi va xalqaro faoliyati kabi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini baholaydi.

Oliy ta’lim tashkilotlarining nufuzli xalqaro reytinglarda munosib natijalarga erishishi ularning ta’lim va ilmiy faoliyatini xalqaro mezonlar asosida rivojlantirish, akademik salohiyatini mustahkamlash va jahon ilmiy-ta’lim maydonidagi ishtirokini kengaytirish uchun muhim ko‘rsatkichlardan biridir.

🎉 Universitetlarmizni mazkur yutuq bilan muborakbod etamiz! Jamoalarga kelgusidagi ilmiy va ta’lim faoliyatida yangi marralar tilaymiz.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍13🤔5🎉3
#Tayinlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Valijonov Abror Rahmonjonovich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Abror Valijonov mazkur tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligida boshqarma boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ushbu mas’uliyatli vazifada Abror Rahmonjonovichga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍36❤21🔥6😱1🎉1
#diqqat

“Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi!


2026-yilning may oyidan boshlab o‘tkazib kelingan “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi o‘z nihoyasiga yetib 8 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha jami 24 nafar g‘olibi aniqlandi.

Maʼlumot uchun, tanlovning 3-bosqichiga (respublika) jami 47 ta ariza tavsiya etilgan edi.

🌐 Tanlov g‘oliblari

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤11
#Tayinlov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Nosirova Saodat Abdullayevna Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori etib tayinlandi.

Saodat Nasirova mazkur tayinlovga qadar Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy nomidagi O‘zbek-Xitoy instituti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
😱180❤71🔥31🤔20🎉8
Talabalar uchun “Avtomobil yo’llari qo’mitasi” stipendiya joriy etildi

Mazkur stipendiyaga O’zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida “Yo‘l muhandisligi” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavr va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishi mumkin.

🖌 Mazkur stipendiya iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ilmiy salohiyatini rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan.

Nizomga ko‘ra, stipendiyaga “Yoʻl muhandisligi” yo‘nalishi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining mazkur yo‘nalishda kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2—4-kurs va magistraturaning 2-kursida tahsil olayotgan talabalar talabgor bo‘lishi mumkin.

STIPENDIYA NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99899 903-05-31

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13
Rasmiy munosabat

Yotoqxonadan joy ololmagan talabalarning ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish yuzasidan


Ijtimoiy tarmoqlarda yotoqxonadan joy ololmagan talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilish bo'yicha ariza topshirish imkoniyati cheklangani yuzasidan xabarlar tarqalmoqda.

Amaldagi tartibga muvofiq, yotoqxona bilan qamrab olinmagan davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga ijara huquqi asosida yashayotgan xonadon uchun ijara to‘lovining bir qismi belgilangan tartibda qoplab beriladi.

Talabalardan kelib tushayotgan murojaatlar inobatga olinib, ijara to‘lovi uchun ariza topshirish hamda sentyabr oyi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddatlari uzaytiriladi.

Yangi muddatlar bo‘yicha batafsil ma’lumot qisqa vaqt ichida rasman e’lon qilinadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍32❤15
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️14 ta pedagogika va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta oliygoh Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi


🔰Prezident “Ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 2-oktyabrdagi PQ–358-son qarorni imzoladi.

➡️ Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

✔️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 17 ta oliy ta’lim muassasasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

💠 O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

✳️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi quyidagi vazifalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatildi:

▪️yagona konseptual yondashuv asosida oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlash siyosatini yuritish;

▪️pedagogik taʼlim sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;

▪️pedagogik taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari joriy etilishini taʼminlash;

▪️pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;

▪️ pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini takomillashtirib borish.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍33❤27🤔8👏7😁7
#Qabul2026 #Qoraqalpoq_yoshlari #Maqsadli_qabul

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha davlat grantiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun maqsadli qabul parametrlari (qo‘shimcha grant o‘rinlari) doirasida tanlovda qatnashish imkoniyati yaratildi.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 2026-yil 2–6-oktyabr kunlari my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

Nomzodlar my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali o‘zlari tavsiya etilgan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha maqsadli tanlovda ishtirok etishga rozilik bildirib ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

📝 Tanlovda ishtirok etish talablari:

▪️Kirish imtihonlarida 68,0 va undan yuqori ball to‘plagan bo‘lish;
▪️Kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan bo‘lish;
▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashash;
▪️Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarini aynan Qoraqalpog‘iston hududida tamomlagan bo‘lish.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda tanlov qaydnomalari chop etiladi hamda 2026-yil 10-oktyabrga qadar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤25👍7
#SahroSadosi #Ellikqala #TDIU #YoshlarFestivali #Turizm #Madaniyat

Joriy yilning 25–26-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida “Sahro sadosi” IV xalqaro festivali yuqori saviyada tashkil etildi.

Ushbu nufuzli tadbir Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi, Ellikqal’a tumani hokimligi hamda qator tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda o‘tkazildi. “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” ezgu shiori ostida o‘tgan festival mintaqadagi turizm, yoshlar siyosati, ilm-fan va san’atning haqiqiy bayramiga aylandi.

“Sahro sadosi” xalqaro festivalining bosh maqsadi– Qoraqalpog‘iston Respublikasi, xususan, Ellikqal’a tumanining betakror tarixiy-madaniy, ziyorat, gastronomik va ekologik turizm salohiyatini dunyoga namoyish etish, mahalliy hunarmandchilik an’analarini qo‘llab-quvvatlash va hududga xorijiy investitsiyalar hamda turistlar oqimini ko‘paytirishdan iborat.


Festival doirasidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yini yoshlarning bilim va tezkor fikrlash qobiliyatini namoyish etdi. Aqchako‘l turistik majmuasi sohilida talaba-yoshlar o‘rtasida sportning voleybol, futbol, kurash, arqon tortish hamda shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Festival doirasida ishtirokchilar mintaqaning eng qadimiy va noyob arxeologik yodgorliklaridan biri - Tuproqqal’a va Ayozqal’a arxeologik meroslariga sayohat qildilar. Tuproqqal’a hududida o‘tkazilgan tasviriy san’at tanlovi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, Xivadagi “Ichan qal’a” tarixiy majmuasiga ham ekskursiya tashkil etildi.

Festivalning yakuniy qismi Ellikqal’a tumani amfiteatrida o‘tkazilgan muhtasham konsert dasturi va taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.

Batafsil

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤22🤔2
“Talaba — yugur” musobaqasining respublika final bosqichi tashkil etildi

Talaba-yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, ularning sport bilan shug‘ullanishini rag‘batlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talaba — yugur” sport musobaqasi tashkil etib kelinmoqda.


📌 Musobaqalar yiliga ikki mavsumda:
— “Kuzgi” mavsum — oktabr-noyabr oylarida;
— “Bahorgi” mavsum — mart-may oylarida o‘tkaziladi.

📊 “Kuzgi” mavsum doirasida:
🔹 10 ta hududda musobaqalar o‘tkazildi;
🔹 21 127 nafar talaba-o‘quvchi musobaqaga jalb etildi;
🔹 812 nafar professor-o‘qituvchi va xodim ishtirok etdi;

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/227498

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤14👍3🔥2