Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.65K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_anjuman

📚 “Ma’rifat fidoyisi” va “Islohotlar bilimdoni” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etamiz!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda “Izlanuvchilar.uz” ilm-fan matbuot markazi hamkorligida tashkil etilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga maqolalar qabuli 10-oktyabrga qadar davom etadi.

🏛 Anjuman oflayn shaklda tashkil etiladi.

Anjumanda:
👩‍🏫 professor-o‘qituvchilar,
🎓 talabalar va magistrantlar,
🔬 ilmiy izlanuvchilar,
📚 o‘quvchilar,
🌟 bo‘lajak stipendiatlar
va turli soha vakillari ishtirok etishlari mumkin.

🌍 Anjumanning afzalliklari

✅ Ilmiy faoliyatingizni xalqaro darajada namoyish etish
✅ Ilmiy portfoliongizni boyitish
✅ Magistratura, doktorantura va grant dasturlari uchun ilmiy portfolio shakllantirish
✅ “Yil talabasi” tanlovida ilmiy faoliyat sifatida foydalanish imkoniyati
✅ Davlat va nomdor stipendiyalar uchun ilmiy portfolio to‘plash
🏅 Beruniy davlat stipendiyasi
🏅 Ibn Sino davlat stipendiyasi
🏅 Navoiy davlat stipendiyasi
🏅 Turli xalqaro grant va stipendiya dasturlari uchun ilmiy portfolio
🌍 Xalqaro ilmiy platformalarda joylashtirish va indekslash imkoniyati:
🌐 Zenodo — Shveytsariya
🌐 OpenAIRE — Yevropa Ittifoqi
🌐 Academia.edu — AQSh
🎁 HAR BIR ISHTIROKCHIGA:
🎖 Esdalik ko‘krak nishoni
📖 Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami
📜 Sertifikat
📄 Maxsus guvohnoma
✉️ Qabul xati

🌐 Maqolalar qabul qilinadigan tillar:

🇺🇿 O‘zbek | 🇬🇧 Ingliz | 🇷🇺 Rus | 🇰🇿 Qozoq | 🇰🇬 Qirg‘iz | 🇹🇷 Turk | 🇩🇪 Nemis

☑️ Har bir maqola tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi. Belgilangan talablarga mos keladigan ilmiy ishlar konferensiya to‘plamiga nashr uchun tavsiya etiladi.

📌 Konferensiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va maqolani belgilangan muddatda yuborish talab etiladi.
📩 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun:
👉 @bunyodkor_avlod

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13😁2
#Tanlov

“IT Queens – kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining Buxoro viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Buxoro viloyatidagi davlat oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari ishtirokida “IT Queens - kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Unda oliygoh bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar dasturiy ta’minot, veb-ishlanmalar, mobil ilovalar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli ta’lim, mexatronika va robototexnika, aqlli qurilmalar hamda IoT yechimlari yo‘nalishlarida o‘z loyihalarini taqdim etdi.

Yakunda har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, 1-o‘rin sohiblari tanlovning respublika bosqichida Buxoro viloyati sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍4🥰2🤩2😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum #Talabalar_sporti

I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi yakunlandi

Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) prezidenti Leonz Ederning O‘zbekistonga tashrifi munosabati bilan O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi yakunlandi.

29-sentyabr – 2-oktyabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilgan forum doirasida xalqaro delegatsiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Olimpiya shaharchasi hamda boshqa qator maskanlarga, shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ochilish marosimi, xalqaro uchrashuvlar va Samarqand shahriga tashrif tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/227571

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.

Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.

Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
— 
Указом Президента Республики Узбекистан Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство высшего образования, науки и инноваций реорганизованы в единое Министерство образования и науки.

Целями данной реформы являются организация единой системы образования, воспитания и науки в стране на основе современных требований, выведение на новый уровень работы по повышению качества и эффективности образования и развития человеческого капитала.

Предусматривается обеспечение взаимной интеграции и преемственности между всеми видами образования и внедрение единой эффективной системы управления, охватывающего все этапы от дошкольного до высшего образования, а также научную деятельность, и повышение подотчетности системы перед общественностью.

Facebook|Instagram|X
❤25😱8👏6😁3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni va qarori bilan Ilxom Toxirovich Siradjev O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19🔥8👏3🤔1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Obid Arzikulovich Xakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari hamda o‘rindoshlik asosida "Yangi O‘zbekiston" universiteti rektori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24😁10👏8🤔7😱1
Prezidentimiz Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolar ekanlar, ta’lim sifatini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqish uchun yangicha yondashuvlarni qo‘llash, bozor talablariga mos ta’limni, raqobatni hamda xususiy sektor ishtirokini rivojlantirish vazifasini qo‘ydi.

Shu maqsadda Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.

Guruh tarkibiga ta’lim muassasalarini yo‘lga qo‘yish va samarali tizimlar yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍34🤔14❤13
"Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat:

– Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak;

– Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi;

– Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;

– oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤33👏11🔥5👍3🤔1
Edu.uz pinned a photo