Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.65K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdim.

Hozirgi kunda oliygohda 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘n mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitet ma’muriy boshqaruv, o‘quv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Dual ta’lim rivojlantirilib, ilmiy ishlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar shaharchasi esa ilg‘or innovatsion yechimlar maydoniga aylantirilmoqda.

Yurtimiz shaharlari zamonaviy va yashil makonga o‘z-o‘zidan aylanib qolmaydi. Buning uchun keng fikrlaydigan, noan’anaviy g‘oyalarni ilgari suradigan, ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini ishlab chiqadigan hamda ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tarbiyalash juda muhim.

—

Сегодня я ознакомилась с работой Tашкентского архитектурно-строительного университета.

На данный момент здесь обучаются по четырём направлениям около 10 тысяч студентов. Вуз активно интегрирует цифровые решения в административные, образовательные и научные процессы, развивает дуальное обучение, коммерциализирует научные разработки и превращает свой кампус в пространство для внедрения устойчивых решений.

Города Узбекистана не смогут сами по себе стать современными и зелёными. Важно взращивать специалистов, способных мыслить нестандартно: архитекторов, проектировщиков, инженеров и других, которые будут создавать и внедрять экологически устойчивые архитектурные и инженерные решения.
❤40👍13😁4🔥2🤔1
❗️DIQQAT, E’LON!

Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari o‘tkaziladi


Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar tanlovning respublika bosqichida O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar fanlaridan maxsus test sinovlarini topshiradi.

🔰 2026/2027-o‘quv yili tanlovlari doirasida bakalavriat va magistratura bosqichidagi talabgorlar uchun test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

🗓 Test sinovlari sanasi: 2026-yil 10-oktyabr.

📚 Test sinovlari quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
– O‘zbekiston tarixi;
– Axborot texnologiyalari;
– Xorijiy tillar.

⏰ Muhim! Talabgorlar 10-oktyabr kuni soat 08:00 dan kechikmasdan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport yoki ID-karta bilan test o‘tkaziladigan binoga yetib kelishi lozim.

📍Test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar: ⤵️

Qoraqalpog‘iston
Andijon
Namangan
Farg‘ona
Buxoro
Xorazm
Surxondaryo
Qashqadaryo
Jizzax
Navoiy
Samarqand
Sirdaryo
Toshkent viloyati
Toshkent shahri

Manzillar bo‘yicha yanayam batafsil ma’lumot:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/228181

Tanlov natijalari my.edu.uz elektron tizimi orqali e’lon qilinadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤29👍6🔥5
Koreys tilini bepul o‘rganish uchun yangi imkoniyat!

Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan va Jahon banki tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan Language Proficiency Development Program doirasida koreys tilini o‘rganish bo‘yicha bepul onlayn kurslarga qabul boshlandi.

Dastur ishtirokchilarga koreys tili bilimlarini TOPIK 3–5 darajasigacha oshirish, muloqot, jamoada ishlash va kasbiy tayyorgarlik kabi soft skills ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, IT va ITES kompaniyalarida ishga joylashishga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.


Ta’lim formati: onlayn darslar, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar.

Koreys tilini TOPIK 1, 2 yoki 3 darajasida biladigan hamda ta’lim jarayonida faol ishtirok etishga tayyor nomzodlar onlayn ariza topshirib, test sinovidan o‘tadilar.

Arizalarni 2026-yil 25-oktabrgacha topshirish mumkin.

Batafsil

Ro‘yxatdan o‘tish

Batafsil ma'lumotlar uchun:
(+998) 93-322-5689 - @farrukh_2001
(+998) 97-037-3388 - @abror_fanur

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15🎉6🔥5
#Nostrifikatsiya

Nostrifikatsiya bo‘yicha 2-yarim yillikda bo‘lib o‘tadigan imtihonlar grafigi

📈 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yilning IV choragi uchun xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik to‘gʼrisidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish muddatlari e’lon qilindi.

💼 Unga ko‘ra, test sinovlari 2026-yilning oktyabr-dekabr oylarining quyidagi sanalarda tashkil etilishi rejalashtirildi:

📆 OKTYABR:
✔️ 2026-yil 15-oktyabr
✔️ 2026-yil 29-oktyabr

📆 NOYABR:
✔️ 2026-yil 12-noyabr
✔️ 2026-yil 26-noyabr

📆 DEKABR:
✔️ 2026-yil 10-dekabr
✔️ 2026-yil 24-dekabr

‼️ DIQQAT: test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 3 kun oldin eʼlon qilinadi.

📌 Izoh: test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍2
Nobel tafakkuri bilan iqtisodiyotning oʻzgarish nuqtalariga nazar soling!

“Iqtisodiyot ilmi osmonida yulduzga aylanganlar” risolasining navbatdagi qismida 2019–2025-yillarda iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan olimlarning ilmiy qarashlari va tadqiqotlari haqida soʻz yuritiladi.

Risolada qashshoqlikni kamaytirish, texnologik taraqqiyot, mehnat bozori, moliyaviy institutlar va iqtisodiy rivojlanish kabi dolzarb masalalar Nobel laureatlarining ilmiy yondashuvlari asosida yoritilgan.

📖 Risolani varaqlab o‘qing

Batafsil

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤22👏7🔥4👍1
Farg‘onadagi OTMlarning Rossiya universitetlari bilan hamkorligi kengaymoqda

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari Kengashining III yig‘ilishi doirasida Farg‘onada “O‘zbekistonda Sibir kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlar doirasida Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda Omsk davlat texnika universiteti va Sibir davlat avtomobil-yo‘l universiteti (SibADI) o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Shuningdek, Farg‘ona davlat universiteti esa Rossiyaning Tomsk, Novosibirsk, Boshqirdiston hamda Sibir avtomobil-yo‘l davlat universitetlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi.

Kelishuvlar ta’lim va ilm-fan, qo‘shma tadqiqotlar, talabalar va professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi, xalqaro loyihalar hamda tajriba almashish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Shuningdek, Rossiyaning 18 ta oliy ta’lim muassasasi vakillari ishtirokidagi uchrashuvlarda O‘zbekiston va Rossiya OTMlari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11🔥7😁2👍1
Gazlashmagan hududlarda elektr energiyasi bo‘yicha bazaviy me’yor 350 kVt/soatgacha oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumida aholini, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

✅ Taqdimotda elektr energiyasi, gaz, ko‘mir va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarda amaldagi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.


Xususan, isitish mavsumida gazlashmagan hamda gaz yetib bormagan hududlarda elektr energiyasi bo‘yicha bazaviy me’yorni 200 kilovatt-soatdan 350 kilovatt-soatga oshirish taklifi ma’qullandi. Shuningdek, dekabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratish masalasini ko‘rib chiqish taklif qilindi.

Bundan tashqari, Ijtimoiy reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash qamrovini kengaytirish, elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’mol xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Natijada qo‘llab-quvvatlash yana 166 ming oilaga kengayishi, ushbu yordamdan bir yil davomida 470 ming oila foydalanishi nazarda tutilmoqda.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤14😁7🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida III chorak yakunlari

Brifingda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida Prezident va Hukumatning farmon, qaror, farmoyish hamda topshiriqlarida belgilangan vazifalarning joriy yil 3-choragi davomida bajarilish holati va ular doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

🔹 Bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida 1,8 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda.
🔹 III chorak davomida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali vazirlikka 411 ta hujjat kelib tushib, ularda 872 ta topshiriq belgilandi.
🔹 9 ta oliygohning 98 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
🔹 “QS World University Rankings by Subject 2026” reytingida O‘zbekistonning 7 ta oliygohi 12 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha TOP-1000 talikdan joy oldi.
🔹 Joriy yilning 9 oyida sohaga 69,7 mln dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi, ta’lim xizmatlari eksporti esa 36,9 mln dollarni tashkil etdi.
🔹 “Kelajakka qadam” dasturi doirasida 880 dan ortiq karera kuni va 1 660 dan ortiq workshop tashkil etildi.
🔹 7 ming nafar bitiruvchining biznes g‘oyalari imtiyozli moliyalashtirilib, ularga 619,7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.
🔹 Talabalar ishtirokida 35 800 ta ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbiri o‘tkazildi.
🔹 4 300 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi xorijda malaka oshirish va stajirovkaga yuborildi.
🔹 Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 149 ta fundamental va 599 ta amaliy tadqiqot loyihasi moliyalashtirildi.
🔹 Aholiga ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlarini kengaytirish maqsadida 7 ta yangi davlat xizmati joriy etildi.


🎥 Batafsil — videoda.

Matnli o‘qish.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤16👍11😁2😱2
Rasmiy munosabat

Hali foydalanishga rasman topshirilmagan talabalar turar joyiga joylashtirilgan talabalar boshqa talabalar turar joylariga koʻchirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari talabalar turar joyidan chiqarib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Toshkent shahri Talabalar shaharchasida Toshkent davlat texnika universiteti tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan talabalar turar joyi hozircha rasman foydalanishga topshirilmagan.

Mazkur obyektning kadastr hujjatlari hali rasmiylashtirilmagan hamda undan foydalanish uchun zarur tegishli ruxsatlar olinmagan. Shu sababli obyektga talabalarni rasmiy tartibda joylashtirish imkoni mavjud emas.

Amaldagi tartibga koʻra, talabalar turar joyiga joylashish uchun talaba Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshiradi hamda belgilangan tartibda yoʻllanma olganidan soʻng turar joyga joylashtiriladi.

Biroq tadbirkor tomonidan mazkur obyektda ayrim talabalar belgilangan tartibga rioya etilmagan holda, tegishli yoʻllanmasiz joylashtirilgani aniqlandi. Shuningdek, Toshkent davlat texnika universitetiga tegishli boʻlmagan boshqa oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining ham ushbu obyektga joylashtirilgan holatlari kuzatilgan.

Mazkur holat aniqlangach, talabalarning xavfsizligi va ular uchun zarur sharoitlarni taʼminlash maqsadida barcha talabalar obyektdan chiqarilib, Toshkent davlat texnika universitetining mavjud boʻsh talabalar turar joylariga vaqtincha joylashtirildi. Boshqa oliy taʼlim tashkilotlari talabalari esa tegishli masʼullar orqali oʻz taʼlim tashkilotlariga qaytarildi.

Xorijiy talabalarni ham tegishli ruxsat hujjatlarisiz, foydalanishga rasman topshirilmagan obyektda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu bois ular ham xavfsizlik choralari doirasida mazkur obyektdan chiqarildi.

Ayni paytda talabalar turar joyining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va undan foydalanish uchun zarur ruxsatlarni olish boʻyicha ishlar davom etmoqda. Shuningdek, obyektda issiq suv va isitish tizimlari hali toʻliq ishga tushirilmagan.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, mazkur obyektning rasmiy ochilish marosimi ham hali oʻtkazilmagan. Qurilish ishlari belgilangan muddatda toʻliq yakunlanmagani sababli avgust oyida hududlarda oʻtkazilgan ochilish tadbirlari doirasida ushbu obyektdan foydalanish boshlanmagan.

Barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli ruxsatlar olingach, obyekt belgilangan tartibda foydalanishga topshiriladi va talabalarni joylashtirish amaldagi tartib asosida amalga oshiriladi.


Taʼkidlash joizki, talabalarning mazkur obyektga belgilangan tartibdga rioya etmagan holda tadbirkor tomonidan joylashtirilgani haqida universitet ham, vazirlik ham oldindan xabardor boʻlmagan. Holat aniqlanganidan soʻng talabalarning xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida tegishli choralar koʻrildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍8😁5
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga
asosan Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi.

Vazirlik jamoasi Kongratbay Avezimbetovichga yangi vazifasida ulkan zafarlar hamda faoliyatida yangi yutuqlar tilaydi!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2👍298❤62🥰25😁23🔥16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sunʼiy_intellekt #Oʻquv_qoʻllanma

😍 Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: gumanitar fanlar nashri

Sun’iy intellektning imkoniyatlari va chegaralarini qanday anglash mumkin?

Bugun sun’iy intellekt jamiyatning turli sohalarida, xususan, ta’lim va ilm-fan jarayonlarida keng qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalardan biriga aylanmoqda. Uni to‘g‘ri anglash, imkoniyatlari va cheklovlarini bilish zamonaviy bilim va ko‘nikmalarning muhim qismidir.

Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan tayyorlangan “Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: gumanitar fanlar” o‘quv qo‘llanmasida sun’iy intellektning asosiy tushunchalari, rivojlanish yo‘nalishlari va ta’limdagi imkoniyatlari izchil yoritilgan.

Qo’llanmada:
🔹 sun’iy intellektning asosiy tushunchalari va xususiyatlari;
🔹 kuchli va zaif sun’iy intellekt o‘rtasidagi farqlar;
🔹 umumiy va maxsus sun’iy intellekt tushunchalari;
🔹 inson intellekti va mashina intellektining o‘ziga xos jihatlari;
🔹 sun’iy intellektning ishlash tamoyillari;
🔹 chuqur o‘qitish texnologiyasining ichki mantig‘i;
🔹 multimodal sun’iy intellekt va uning muammolari;
🔹 zamonaviy sun’iy intellektning imkoniyatlari va chegaralari kabi muhim masalalar qamrab olingan.


Mazkur qo‘llanma orqali talabalar sun’iy intellektning ilmiy asoslarini tushunish, uning imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash hamda texnologiya haqidagi turli qarashlarni tanqidiy tahlil qilish bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘ladilar.

“Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: gumanitar fanlar” — sun’iy intellektni tushunish, uning imkoniyatlari va chegaralarini anglash hamda ta’limning zamonaviy tendensiyalarini o‘zlashtirish uchun muhim manba.

Qo‘llanmani itstudy.uz portali orqali o‘qishingiz mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤12👍3🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Byurokratiyasiz_Oʻzbekiston

💳 Keraksiz hujjatlar va ortiqcha jarayonlarni qisqartirish orqali fuqarolar va tadbirkorlar uchun yanada qulay sharoit yaratish mumkin.

🌐“Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusi aynan fuqarolar va tadbirkorlar duch kelayotgan real muammolarni aniqlash hamda ularning amaliy yechimlarini topishga qaratilgan.

☑️Muammoni yozing. Yechim taklif qiling. Islohotlarga hissa qo‘shing!

☑️Takliflaringizni murojaat.byurokratiyasiz2030.uz platformasida kutib qolamiz.

🚀“Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusi!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14😁1