Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.65K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sunʼiy_intellekt #Oʻquv_qoʻllanma

Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar nashri

Sun’iy intellekt ta’lim jarayonini qanday o‘zgartirmoqda?

Bugun sun’iy intellekt nafaqat texnologiya, balki ta’lim, fan va kasbiy faoliyatning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

📘 Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan tayyorlangan “Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar” nashrida sun’iy intellektning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy imkoniyatlari izchil yoritilgan.

Qo‘llanmada:
🔹 sun’iy intellektning kelib chiqishi va asosiy tushunchalari;
🔹 sun’iy intellektning rivojlanish bosqichlari;
🔹 uning asosiy tarkibiy qismlari va ishlash tamoyillari;
🔹 katta til modellari va zamonaviy intellektual tizimlar;
🔹 umumiy va multimodal sun’iy intellekt;
🔹 sun’iy intellektning fanlararo xususiyati;
🔹 sun’iy intellektning ta’lim jarayoniga ta’siri kabi muhim masalalar qamrab olingan.


“Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: aniq fanlar” — sun’iy intellektni tushunish, uning rivojlanish tendensiyalarini anglash va kelajak ta’limiga tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim manba.

Qo‘llanmani itstudy.uz portali orqali o'qishingiz mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤10
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti “AIFU Pitch Day 3.0” respublika innovatsion tanlovini o‘tkazmoqda

🚀 Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi doirasida Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hakaton formatidagi “AIFU Pitch Day” tanlovini tashkil etdi.

Tanlovda 16-40 yoshdagi dasturchilar, dizaynerlar, startap jamoalari, shuningdek, akademik litsey, texnikum va oliy ta’lim muassasalari talabalari sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi loyihalarini investorlar va soha ekspertlari oldida himoya qiladi.

✅ Ishtirokchilar uchun:
- 100 000 AQSh dollarigacha investitsiya jalb qilish imkoniyati;
- 15 mln so‘mlik sovrin jamg‘armasi;
- universitetda o‘qish uchun ta’lim grantlari;
- har bir ishtirokchiga sertifikat.

Tanlovni baholashda Alibaba.com, IT Park, INNO Technopark, TOP CEO, Mentalaba.uz, “Raqamli san’at” ijodiy birlashmasi hamda Turkiya va Xitoy oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish - 11-oktabr, soat 23:59 gacha
Final - 18-oktabr, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, Toshkent

👉 Ariza topshirish: @PitchDayAIFU_bot

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍6🔥3👏3🎉2
#Mirziyoyev #Maslahatuchrashuvi #MarkaziyOsiyo #Ozarbayjon

Prezident: Mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi yoshlarning taʼlimi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bogʻliq


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.

Anjumanda odamlar mintaqaning kelajagini belgilovchi eng muhim omil ekani taʼkidlandi.

– Mamlakatlarimiz katta demografik salohiyatga ega. Aholi soni oʻsmoqda, yoshlar koʻpaymoqda. Oʻn, yigirma, oʻttiz yildan keyin mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi koʻp jihatdan ularning taʼlimi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bogʻliq, – dedi davlatimiz rahbari.


Kelgusida mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga qanday mutaxassislar kerak boʻlishini tahlil qilish asosida talab yuqori boʻlgan kasblar va kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini ishlab chiqish taklif etildi. Unda bugunning oʻzida mutaxassislar yetishmayotgan va yaqin yillarda talab ortishi kutilayotgan yoʻnalishlar boʻyicha prognozlarni jamlash nazarda tutilmoqda.

Shu asosda universitetlar va professional taʼlim muassasalari iqtisodiyotning haqiqiy ehtiyojlarini oldindan hisobga olib, sanoat, transport, energetika, raqamli texnologiyalar va boshqa tarmoqlardagi yirik loyihalar uchun kadrlar tayyorlay oladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqida mutaxassislar, ilmiy tadqiqotlar va kuchli texnologik kompaniyalarga boʻlgan ehtiyoj haqida soʻz yuritib, tarmoqlar uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshma dasturlarni ishga tushirish, ilmiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash hamda texnologik tadbirkorlik uchun koʻproq imkoniyatlar yaratishni taklif qildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5
#KelajakTadbirkori2026 #Andijon

“Kelajak tadbirkori – 2026” — katta imkoniyatlar maydoni

Yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi Andijon shahrida boʻlib oʻtadi.

Ko‘rgazmada ishtirokchilar uchun:

⚫️ Bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyotlar
⚫️ Real ish beruvchilar bilan uchrashuv
⚫️ Tadbirkorlik va moliyaviy imkoniyatlar


Ko‘rgazmaning maqsadi — talaba-yoshlar va ishsiz fuqorolar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Tashkilotchilar: Markaziy bank, Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘alikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Andijon viloyati shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat Palatasi va Kambag'alikni qisqartirish va bandlik vazirligi

🗓 9-oktyabr.
📍Andijon davlat universiteti hududida “Kelajak tadbirkori –2026” yirik kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Sizni “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb ko‘rgazmasida kutib qolamiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#XalqaroReyting #THE_2027

O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari “THE World University Rankings – 2027” reytingida yangi natijalarni qayd etmoqda

Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan “World University Rankings – 2027” reytingi e'lon qilindi. Mazkur reytingda dunyoning 118 ta mamlakatidan jami 2 297 ta oliy ta’lim tashkilotlari o‘rin egalladi. O‘zbekistondan jami 53 ta oliy ta’lim tashkiloti ishtirok etib, ulardan 8 tasi o‘rin egalladi. Qolgan 45 tasi ishtirokchi sifatida qayd etildi.

“THE World University Rankings – 2027” reytingida O‘zbekistonning 2 ta oliy ta’lim tashkiloti dunyoning TOP-1000 taligidan joy oldi.

▪️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 551–600-o‘rinlar;
▪️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 651–700-o‘rinlar.


Ikki oliy ta’lim tashkilotining bir vaqtning o‘zida TOP-1000 talikdan o‘rin olgani O‘zbekistonda oliy ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish borasidagi izchil islohotlarning muhim natijalaridan biridir.

📊 Shuningdek, reytingdan quyidagi OTTlar ham joy oldi:

▪️Toshkent davlat texnika universiteti — 1001–1200-o‘rinlar;
▪️ Toshkent davlat transport universiteti — 1001–1200-o‘rinlar;
▪️ O‘zbekiston Milliy universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Samarqand davlat universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti — 2001+.


THE World University Rankings universitetlarning ta’lim, ilmiy tadqiqot, bilim transferi va xalqaro faoliyati kabi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini baholaydi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤20👍9🤔4🔥3😁1
Oliy ta’lim tashkilotlarida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

➡️Toshkent davlat yuridik universiteti;
➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
➡️O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali;
➡️Termiz davlat universiteti;
➡️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;
➡️Axborot texnologiyalari va menejment universiteti;
➡️Andijon davlat pedagogika instituti;
➡️Buxoro davlat universiteti;
➡️Termiz iqtisodiyot va servis universiteti;
➡️Buxoro davlat pedagogika instituti;
➡️Jizzax Sambhram universiteti;
➡️Toshkent arxitektura-qurilish universiteti;
➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti;
➡️Farg‘ona davlat universiteti;
➡️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;
➡️Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti filiali;
➡️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;
➡️Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;
➡️Jizzax davlat pedagogika universiteti;
➡️Qo‘qon Universiteti Andijon filiali;
➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;
➡️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;
➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali;
➡️Buxoro davlat texnika universiteti;
➡️O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;
➡️Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti;
➡️Andijon davlat chet tillari instituti;
➡️Samarqand davlat pedagogika instituti;
➡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
➡️Guliston davlat pedagogika instituti;
➡️Andijon davlat universiteti;
➡️Termiz davlat pedagogika instituti;
➡️Qo‘qon davlat universiteti;
➡️Guliston davlat universiteti.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👏3
#Dayjest #YoshlarKuni

“Yoshlar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda musobaqalar o‘tkazildi.


➖Jizzax politexnika instituti;
➖Namangan davlat universiteti;
➖Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti;
➖Samarqand davlat pedagogika instituti;
➖Andijon davlat texnika instituti;
➖Farg’ona davlat texnika universiteti;
➖Nukus davlat pedagogika instituti;
➖Buxoro davlat pedagogika instituti
➖Samarqand davlat texnika universiteti;
➖Termiz davlat pedagogika instituti
➖Guliston davlat universiteti;
➖Buxoro davlat universiteti;
➖Urganch davlat universiteti;
➖Navoiy davlat universiteti;
➖Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti;
➖UBS Toshkent filiali.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15🎉1