Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.65K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Toshkent davlat transport universitetida “IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining respublika bosqichi boshlandi

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍4🔥3👏1🎉1
Endi 🇺🇿o‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:

✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi.

✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi.

✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi.

✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi.

✅ Gemini notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi.

✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.


Hurmatli talabalar, vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamang, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib yuqori daromad kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarni bepul o‘rganing!

Sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganib o‘z oldingizga yuqori maqsad qo‘ying, SI yordamida o‘z start-up loyihalaringizni boshlang startupbase.uz

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍4🔥2👏2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlik #Kiberxavfsizlik

⚠️ Kiberxavfsizlik: Telefoningizni firibgarlardan himoya qiling!

Hurmatli foydalanuvchilar!

Telefoningiz va shaxsiy maʼlumotlaringiz xavfsizligini taʼminlash maqsadida Google Play orqali “Apk Qo‘riqchi” ilovasini o‘rnatish tavsiya etiladi.

Mazkur ilova telefoningizga kelayotgan APK va boshqa fayllarni tekshirish, shubhali yoki zararli fayllarni aniqlashda himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Ayniqsa, Telegram va boshqa messenjerlar orqali yuboriladigan nomaʼlum APK-fayllar, shubhali havolalar va begona dasturlarni ochishda ehtiyot bo‘ling. Ular shaxsiy maʼlumotlaringiz, bank kartalaringiz va akkauntlaringiz xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin.

❗️ Unutmang! Hech qanday ilova firibgarlikdan 100 foiz himoya qilishni kafolatlamaydi. Eng ishonchli himoya — xavfsizlik vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, hushyorlik va raqamli savodxonlikdir.

🇺🇿 IIBB Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#byurokratiyasiz2030

Byurokratik toʻsiqlarga duch keldingizmi? Muammo haqida xabar bering!


Aziz talabalar, ota-onalar va ustozlar! Davlat xizmatlari, taʼlim, sogʻliqni saqlash yoki kundalik hayotda ortiqcha ovoragarchilik va byurokratik toʻsiqlarga duch kelsangiz, befarq boʻlmang!

📌 murojaat.byurokratiyasiz2030.uz platformasi orqali muammo haqida xabar bering va uning yechimi boʻyicha takliflaringizni yuboring.

Ariza topshirish juda oddiy: platformaga kiring, telefon raqamingiz orqali tizimga kiring, arizani toʻldiring va mavjud dalillarni ilova qilib, yuboring.
Sizning murojaatingiz — kelgusidagi islohotlar uchun muhim asos!

📅 Arizalar 20-noyabrga qadar qabul qilinadi.

Befarq boʻlmang — oʻzgarishlarga oʻz hissangizni qoʻshing!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9
Yosh tadqiqotchi-olimalarning maqolalari “Yoshlar va ilm-fan” jurnalining maxsus sonida

🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda “Science & innovation” nashriyoti hamkorligida yosh tadqiqotchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlarini keng targ‘ib etish maqsadida “Women in science” loyihasi e’lon qilingan edi.

Mazkur tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sara maqolalar “Yoshlar va ilm-fan” jurnalining maxsus sonidan o‘rin oldi.

Jurnalning maxsus sonini quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin:

➡️ https://online.pubhtml5.com/hrcop/amge/

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍1
#KelajakTadbirkori_2026 #Andijon

“Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda


Bugun, 9-oktyabr kuni Andijon shahrida boʻlib Yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/230438

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar:

📌“Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish hamda bugungi kunda chindan ham muhim bo‘lgan yo‘nalishlarni birgalikda rivojlantirish imkoniyati demakdir”;

📌O‘zbekiston kelgusi yili iqtisodiyot, yangi texnologiyalar, transport, xavfsizlik, ta’lim, ilm-fan va inson salohiyatini rivojlantirish masalalarini e’tibor markaziga qo‘yish niyatida;

📌Raislik konsepsiyasi va Tadbirlar rejasi ustidagi ishlar yakunlanmoqda. Ularda hozirning o‘zidayoq yuzdan ortiq aniq chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan;

📌Hamdo‘stlik doirasidagi siyosiy muloqotga alohida e’tibor qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Har qanday masalani muhokama qilish, o‘zaro tinglash hamda barchaga maqbul bo‘lgan yechimlarni izlash imkoniyatini saqlab qolish o‘ta muhimligi qayd etildi;

📌Iqtisodiyotda asosiy e’tiborni sanoat kooperatsiyasiga qaratish taklif etildi. Salohiyatlarni birlashtirish, qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini shakllantirish barcha ishtirokchilar uchun sezilarli natijalar beradi;

📌Salohiyatni birlashtirib, qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini yo‘lga qo‘yish natijasi hammaga yanada maqbul bo‘lishi ta’kidlandi;

📌Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqqa hamon xalaqit berib kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi;

📌Raqamli texnologiyalardan biznesda foydalanishni kengaytirish, elektron tijoratni rivojlantirish muhimligi bildirildi;

📌Yaqin yillarda mamlakatlar iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq bo‘ladigan muhim minerallar, sun’iy intellekt, robotlashtirish, yangi materiallar va zamonaviy energetika texnologiyalari sohalarida birgalikda ishlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi;

📌Tranzit tartib-taomillarini soddalashtirish hamda qulay, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarni yaratish muhimligi qayd etildi;

📌O‘zbekiston Markaziy Osiyo transport tarmog‘i MDH makonida va uning tashqarisidagi umumiy aloqalar tizimining muhim qismiga aylanishidan manfaatdor;

📌O‘zbekiston raisligi davrida xavfsizlik va barqarorlik eng muhim sohalardan biri bo‘lib qoladi. MDHning sohaviy organlari ishini va mamlakatlarning umumiy tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan;

📌Kiberjinoyatchilik doimiy e’tibor hamda mamlakatlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni talab etishi ta’kidlandi;

📌Mamlakatlarning inson va intellektual salohiyati zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, innovatsiyalar va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladigan sharoitlarni yaratish zarurligi qayd etildi;

📌“Raislik davridan samaradorligini isbotlagan barcha yutuqlarni saqlab qolish va shu bilan birga, bugungi kunda yangi yechimlar topish zarur bo‘layotgan yo‘nalishlar rivojiga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlash uchun foydalanish niyatidamiz”.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2
Diqqat! Vazir o‘rinbosari nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda

Telegram orqali Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari Ilhom Siradjev nomidan turli shaxslarga soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi.

Ma’lum qilamizki, mazkur xabarlar Ilhom Siradjev tomonidan yuborilmagan. Shuningdek, xabarlarda ko‘rsatilgan akkaunt uning shaxsiy Telegram akkaunti hisoblanmaydi.

Fuqarolardan bunday xabarlarga nisbatan hushyor bo‘lish, ularga javob bermaslik, SMS orqali kelgan tasdiqlash kodlarini hech kimga oshkor qilmaslik hamda shaxsiy ma’lumotlar, hujjatlar va boshqa maxfiy axborotlarni taqdim etmaslik so‘raladi.

Ogoh bo‘ling! Soxta xabarlarga ishonmang va ularni tarqatmang!
 
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍3🤔2