#KelajakTadbirkori_2026 #Andijon
“Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda
Bugun, 9-oktyabr kuni Andijon shahrida boʻlib Yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘tkazilmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/230438
👉 На руском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

❤4👍1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar:
📌 “Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish hamda bugungi kunda chindan ham muhim bo‘lgan yo‘nalishlarni birgalikda rivojlantirish imkoniyati demakdir”;
📌 O‘zbekiston kelgusi yili iqtisodiyot, yangi texnologiyalar, transport, xavfsizlik, ta’lim, ilm-fan va inson salohiyatini rivojlantirish masalalarini e’tibor markaziga qo‘yish niyatida;
📌 Raislik konsepsiyasi va Tadbirlar rejasi ustidagi ishlar yakunlanmoqda. Ularda hozirning o‘zidayoq yuzdan ortiq aniq chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan;
📌 Hamdo‘stlik doirasidagi siyosiy muloqotga alohida e’tibor qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Har qanday masalani muhokama qilish, o‘zaro tinglash hamda barchaga maqbul bo‘lgan yechimlarni izlash imkoniyatini saqlab qolish o‘ta muhimligi qayd etildi;
📌 Iqtisodiyotda asosiy e’tiborni sanoat kooperatsiyasiga qaratish taklif etildi. Salohiyatlarni birlashtirish, qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini shakllantirish barcha ishtirokchilar uchun sezilarli natijalar beradi;
📌 Salohiyatni birlashtirib, qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini yo‘lga qo‘yish natijasi hammaga yanada maqbul bo‘lishi ta’kidlandi;
📌 Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqqa hamon xalaqit berib kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi;
📌 Raqamli texnologiyalardan biznesda foydalanishni kengaytirish, elektron tijoratni rivojlantirish muhimligi bildirildi;
📌 Yaqin yillarda mamlakatlar iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq bo‘ladigan muhim minerallar, sun’iy intellekt, robotlashtirish, yangi materiallar va zamonaviy energetika texnologiyalari sohalarida birgalikda ishlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi;
📌 Tranzit tartib-taomillarini soddalashtirish hamda qulay, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarni yaratish muhimligi qayd etildi;
📌 O‘zbekiston Markaziy Osiyo transport tarmog‘i MDH makonida va uning tashqarisidagi umumiy aloqalar tizimining muhim qismiga aylanishidan manfaatdor;
📌 O‘zbekiston raisligi davrida xavfsizlik va barqarorlik eng muhim sohalardan biri bo‘lib qoladi. MDHning sohaviy organlari ishini va mamlakatlarning umumiy tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan;
📌 Kiberjinoyatchilik doimiy e’tibor hamda mamlakatlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni talab etishi ta’kidlandi;
📌 Mamlakatlarning inson va intellektual salohiyati zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, innovatsiyalar va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladigan sharoitlarni yaratish zarurligi qayd etildi;
📌 “Raislik davridan samaradorligini isbotlagan barcha yutuqlarni saqlab qolish va shu bilan birga, bugungi kunda yangi yechimlar topish zarur bo‘layotgan yo‘nalishlar rivojiga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlash uchun foydalanish niyatidamiz”.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2
Diqqat! Vazir o‘rinbosari nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Telegram orqali Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari Ilhom Siradjev nomidan turli shaxslarga soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi.
Ma’lum qilamizki, mazkur xabarlar Ilhom Siradjev tomonidan yuborilmagan. Shuningdek, xabarlarda ko‘rsatilgan akkaunt uning shaxsiy Telegram akkaunti hisoblanmaydi.
Fuqarolardan bunday xabarlarga nisbatan hushyor bo‘lish, ularga javob bermaslik, SMS orqali kelgan tasdiqlash kodlarini hech kimga oshkor qilmaslik hamda shaxsiy ma’lumotlar, hujjatlar va boshqa maxfiy axborotlarni taqdim etmaslik so‘raladi.
Ogoh bo‘ling! Soxta xabarlarga ishonmang va ularni tarqatmang!

❤12👍3🤔2
400 o‘rinli yangi maskan: talabalar uchun yana bir qulaylik
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy maskanda talabalarning yashashi, ta’lim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Ochilish marosimida Termiz shahar hokimiligi vakillari, filial rahbariyati, faxriylar, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar va taniqli san'akorlar ishtirok etdi.

❤13👍9🔥3
#RASMIY_XABAR
Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

👍123❤35🔥23👏13🎉6
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.
Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.
Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.
Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения.
Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения.
Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.
Facebook|Instagram|X

👍136❤47🔥25👏18🤔9
#Xalqaro_olimpiada
🧬 ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO BIOLOGIYA OLIMPIADASI O‘TKAZILADI
Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida biologiya fani bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro olimpiada — Abu Rayhan Biruni International Biology Olympiad (ABIBO) tashkil etilmoqda.
🏆 Xalqaro olimpiada g‘oliblari uchun imtiyoz!
Olimpiada g‘olibi bo‘lgan O‘zbekiston talabalari tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturaga davlat granti asosida, imtihonlarsiz qabul qilinadi.
📍 O‘tkazilish joyi: Samarqand davlat universiteti
📅 O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 9–13-dekabr
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🧬 ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI XALQARO BIOLOGIYA OLIMPIADASI O‘TKAZILADI
Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida biologiya fani bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro olimpiada — Abu Rayhan Biruni International Biology Olympiad (ABIBO) tashkil etilmoqda.
Olimpiada g‘olibi bo‘lgan O‘zbekiston talabalari tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturaga davlat granti asosida, imtihonlarsiz qabul qilinadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤11🔥3👏3😱1
#HuaweiOʻzbekiston
Huawei O‘zbekiston talabalarini har yili o‘tkaziladigan “Huawei ICT Competition 2026–2027” xalqaro AKT tanlovida ishtirok etib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishga taklif qiladi!
Tanlov YUNESKOning Ta’limda axborot texnologiyalari instituti (UNESCO IITE) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Avvalgi tanlovda Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarini ham qamrab olgan holda, 100 ta mamlakat va hududdagi 2 000 dan ortiq oliy ta’lim muassasasidan 220 000 nafardan ziyod talaba va o‘qituvchi ishtirok etdi. Milliy va mintaqaviy saralash bosqichlaridan so‘ng 49 ta mamlakat va hududdan 177 ta jamoa joriy yil iyun oyida Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan global final bosqichiga yo‘llanma oldi. O‘zbekiston talabalari Huawei ICT Competition 2025–2026 tanlovining Practice Competition yo‘nalishida faxrli o‘rinlarni egalladilar.
Jahon maydonida o‘z iste’dodingizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.
Ro‘yxatdan o‘tish
Tanlov shartlari va batafsil ma’lumot:

Bizni kuzating

❤9