Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.64K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi

11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan oliy taʼlim tashkilotlari talaba-qizlari oʻrtasida ilk bor oʻtkazilgan “IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar”respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tanlov talaba-qizlarning axborot texnologiyalari va robototexnikadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ushbu sohalarga qiziqishini oshirish va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishgaqaratilgan. Tanlov, shuningdek, 2030-yilga qadar Oʻzbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasiniamalga oshirish doirasida taʼlim tashkilotlarida “Bir qiz — bir mentor” dasturini joriy etish vazifalaribilan ham bogʻliq.

Axborot texnologiyalari (IT) yoʻnalishiga oid dasturiy taʼminot yoʻnalishi

1-oʻrin — Xusanboyeva Farzona, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
2-oʻrin — Yoʻldoshaliyeva Gulzoda, Andijon davlat pedagogika instituti
3-oʻrin — Rustamova Ruxshona, Buxoro davlat texnika universiteti

Mobil ilovalar yoʻnalishi

1-oʻrin — Ibragimova Diana, Toshkent davlat transport universiteti
2-oʻrin — Xudayberganova Gulay, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika universiteti 
3-oʻrin — Gʻulomova Maftuna, Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Sunʼiy intellekt yoʻnalishi

1-oʻrin — Raximberganova Shagʻzoda, Urganch davlat tibbiyot instituti
2-oʻrin — Marufova Gulchiroy, Qoʻqon universiteti
3-oʻrin — Fattoyeva Norjon, Buxoro davlat universiteti

Kiberxavfsizlik yoʻnalishi

1-oʻrin — Boysunova Tomila, Toshkent Xalkaro Vestminster universiteti
2-oʻrin — Baxtiyarova Dilfuza, Urganch davlat universiteti
3-oʻrin — Kenjayeva Nodirabegim, Fargʻona davlat texnika universiteti

Raqamli taʼlim yoʻnalishi

1-oʻrin — Xaitboyeva Moʻtabarxon, Urganch davlat universiteti
2-oʻrin — Xurramova Ezoza,
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
3-oʻrin — Abduraximova Mubina, Fargʻona davlat texnika universiteti

Mexatronika va robototexnika, avtomatlashtirilgan tizimlar yoʻnalishi

1-oʻrin — Boyqulova Maxliyo, Samarqand davlat texnika universiteti
2-oʻrin — Saidova Nargiza, Navoiy davlat universiteti
3-oʻrin — Ataboyeva  Dinara, Jizzax davlat pedagogika universiteti

Aqlli qurilmalar va IOT yechimlari yoʻnalishi

1-oʻrin — Nuriddinova Nozima, Shahrisabz davlat pedagogika instituti
2-oʻrin — Jumaboyeva Saodatjon, Toshkent davlat transport universiteti
3-oʻrin — Xalilova Marjona, Buxoro davlat texnika universiteti

Barcha gʻolib va sovrindorlarni samimiy tabriklaymiz! Kelgusida ham ulkan yutuqlar, yangi marralar va zafarlar yor boʻlsin!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍9😁1
#Dayjest | #Talabalar_xavfsizligi

Talabalar doimiy e’tiborda!

Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari va mas’ul rahbarlari tomonidan talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga tashriflar amalga oshirilmoqda.

Tashriflar davomida talabalarning yashash sharoitlari, xavfsizligi va mavjud muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish hamda yoshlar uchun munosib yashash muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

— Urganch davlat pedagogika instituti
— OʻzMU Jizzax filiali
— Guliston davlat pedagogika instituti⁠
— Qoʻqon davlat universiteti
— O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
— Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
— Qoʻqon davlat universiteti
— Qarshi davlat texnika universiteti
— Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti
— Chirchiq davlat pedagogika universiteti
— Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
— Geologiya fanlari universiteti
— Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
— Toshkent davlat texnika universiteti
— Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
— Buxoro davlat universiteti
— Samarqand davlat pedagogika instituti
— Guliston davlat universiteti
— Namangan davlat texnika universiteti

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍1😁1🤔1
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilmoqda. Davlatimiz rahbari so‘nggi oyda ular bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan takliflar, yer ajratish, ruxsat olish va to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar o‘rganilganini ta’kidladi.

Uch yil avval boshlangan ushbu loyiha doirasida davlat infratuzilma, stadion, universitet va kutubxona kabi muhim obyektlarga yirik mablag‘ yo‘naltirmoqda. Hozirga qadar Yangi Toshkentga 2 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritildi. Shu bilan birga, qurilishga xususiy sektorni jalb etish sur’atlari mavjud imkoniyatlarga mos emasligi qayd etildi.

Yangi shahar uchun jami 20 ming gektar yer ajratilgan. Birinchi bosqichda 6 ming gektar maydonda 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Yangi aeroport bilan birga hududning investitsiya salohiyatini 200 milliard dollargacha yetkazish mumkin.

Hozir ming gektardan ortiq maydonda asosan davlat mablag‘i hisobidan qurilish ketmoqda. Tadbirkorlarga esa bor-yo‘g‘i 94 gektar yer ajratilgan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9🔥3👍1
Yangi Toshkentda taʼlim va tibbiyot xizmatlari shaharsozlikning muhim qismi boʻladi

Yil oxirigacha Yangi Toshkentda 20 ming xonadonni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu kamida 70 ming kishi uchun yangi yashash muhitini yaratish degani. Prezidentimiz aholiga dam olish, sport, savdo, ta’lim va tibbiyot xizmatlari uylar bilan bir vaqtda zarur bo‘lishini ta’kidladi.

Yangi shaharda FIFA talablariga javob beradigan 55 ming o‘rinli stadion qurilmoqda. U kelasi yil 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining asosiy arenalaridan biri bo‘ladi. Tashrif buyuruvchilar uchun mehmonxona, kafe, restoran va ko‘ngilochar maskanlarga ehtiyojni aniq hisoblab, tadbirkorlarga ochiq taqdim etish vazifasi qo‘yildi.

Shaharning ishbilarmonlik hayotini shakllantirishda davlat idoralarining ko‘chishi ham muhim. Hozir Qurilish, Transport va Energetika vazirliklari yengil konstruksiyali binolarda ishlamoqda. Shuningdek, vazirlik va idoralarning 2,6 ming nafar xodimi uchun 9 ta bino qurilyapti.

Bosh vazirga qolgan vazirliklar va davlat tashkilotlarining ham Yangi Toshkentga ko‘chishini boshlash topshirildi. Zarur hollarda ularning poytaxtdagi mavjud binolarini buzib qayta qurish huquqisiz, joriy ta’mirlab foydalanish sharti bilan sotish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤5🔥1
Yangi Toshkentda xususiy maktab va bogʻchalar uchun infratuzilma toʻlovi 1 foiz etib belgilanadi

Yangi Toshkentda xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy obyektlar qurilishiga turtki berish uchun infratuzilma to‘lovlari qayta ko‘rib chiqiladi. Davlatimiz rahbari turar joy qurish bilan shaharga xizmat qiladigan mehmonxona yoki savdo markazini barpo etishning iqtisodiy yuki bir xil emasligini ta’kidladi.

Infratuzilma to‘lovining bazaviy stavkasi savdo, servis va biznes markazlari uchun 3 barobar, mehmonxona va turizm obyektlari uchun 5 barobar, madaniy hamda ko‘ngilochar maskanlar uchun 10 barobar kamaytiriladi. Xususiy bog‘cha, maktab va shifoxonalar uchun to‘lov 1 foiz etib belgilanadi.

Bu tartib qurilishi boshlangan loyihalarga ham tatbiq etiladi.

Dunyoning yetakchi arxitektorlari ishlab chiqqan o‘ziga xos loyihalarga tezkor tartib qo‘llanadi. Loyihalash, qurilish va obyektni foydalanishga qabul qilish jarayonlari jadallashtiriladi, bir xil ma’lumotni qayta-qayta talab qilish amaliyotiga chek qo‘yiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7🔥3👍1