Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.63K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Tanlov #Natija

🗣“Til bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi

🏛 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovinining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

➡️Ushbu bosqichda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va saralash bosqichida eng yuqori natijaga erishgan 304 nafar ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida 2-bosqich testlarini ishladi.

📝 Ishtirokchilarga o‘zbek tili imlo qoidalari, tinish belgilarining qo‘llanilishi, savodxonlik va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha 50 ta test berildi. Shuningdek, sinov tariqasida ommaviy diktant olindi. Test natijalari teng bo‘lib qolgan taqdirda, yuqori o‘rinlar aynan shu diktant natijasiga ko‘ra aniqlandi. Yakunda har bir hudud bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar aniqlandi va tanlovning yakuniy respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

➡️G‘oliblar ro‘yxatini ko‘rish

🏆Tanlov nizomiga muvofiq, hududiy bosqich g‘oliblari o‘zi tahsil oladigan oliy ta’lim muassasasi tomonidan bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari (1-o‘rin), 3 barobari (2-o‘rin) va 2 barobari (3-o‘rin) miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍11🔥5🥰1
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

Amazon Web Services {
👩‍💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida!

🔊 AQSHning eng yirik texnologik kompaniyalaridan biri — Amazon Web Services bilan olib borilgan muzokaralar natijasida sun'iy intellekt va AT kurslari ishga tushirildi. Ushbu kurslar shunchaki nazariya emas, balki bevosita amaliyotga asoslangan:

➡️ AWS Certified xodimlari bor tashkilotlarning 91% innovatsiya oshganini, IT rahbarlarining 90% esa unumdorlik yaxshilanganini bildirgan.

🔴 aileaders.uz sahifasida ushbu kurslarni bepul o'qishingiz mumkin:

✅Machine Learning Essentials for Business and Technical Decision Makers;
✅ Planning a Generative AI Project;
✅Security, Compliance, and Governance for AI Solutions;
✅Essentials of Prompt Engineering;
✅Job Roles in the Cloud va boshqalar.


➡️ O‘z sohangizning yetakchisi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiriting, it-istedod.uz orqali xarajatlaringizni 100% gacha qaytarib oling!

📃 Batafsil ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: 🌟 aileaders.uz

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍3
#Yigʻilish #Xavfsiz_talaba

“Xavfsiz talaba” platformasini joriy etish va talabalar xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi


Bugun, 12-oktyabr kuni Ta’lim va ilm-fan vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentyabr kuni Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasida “Vaziyatlar markazi” faoliyati bilan tanishish chog‘ida bergan topshiriqlari ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuratura tashabbusi bilan tashkil etilgan yig‘ilishda Ichki ishlar vazirligi hamda Ta’lim va ilm-fan vazirligining mas’ul xodimlari, shuningdek, Toshkent shahridagi oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar joylariga oid ma’lumotlarni “EduBilling” axborot tizimida shakllantirish, o‘quv binolari va talabalar turar joylarida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari hamda kirishni nazorat qilish va boshqarish (SKUD) tizimlarini “Vaziyatlar markazi”ga integratsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud holat atroflicha muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/231736

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤22😁9👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xivada Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etildi

🇺🇿🇨🇳 O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida Xiva shahrida Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etildi. Umumiy maydoni 4,57 gektar bo‘lgan zamonaviy ta’lim majmuasini barpo etish uchun 140 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Majmuada zamonaviy o‘quv binolari, kutubxona, sport zali va talabalar turar joylari mavjud. 2026/2027-o‘quv yilida xalqaro xitoy tili ta’limi, turizm boshqaruvi, xalqaro biznes hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabuli yo‘lga qo‘yildi.

Ta’lim jarayoniga xitoylik professor-o‘qituvchilar jalb etilib, darslarni xitoy, o‘zbek va ingliz tillarida tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Filial 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalarni qabul qilmoqda.

📚Ta’lim yo‘nalishlari:
• Xalqaro xitoy tili ta’limi
• Turizm boshqaruvi
• Xalqaro biznes
• Sun’iy intellekt (AI)


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍7🤔3
❗️Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov nomidan fuqarolarga soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi.

Xususan, Telegram orqali vazirlikda olimlar faoliyati yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazilayotgani, shu munosabat bilan fuqarolar bilan Davlat xavfsizlik xizmati mayori bog‘lanishi haqida asossiz xabarlar tarqatilmoqda.

Ma’lum qilamizki, vazir nomidan yuborilayotgan mazkur xabarlar haqiqiy emas.

Fuqarolardan bu kabi shubhali xabarlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishlarini va quyidagilarga amal qilish so‘raladi:
▪️ Noma’lum akkauntlardan kelgan xabarlarga ishonib, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmang.
▪️ Pasport ma’lumotlari, SMS-kodlar va boshqa maxfiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermang.
▪️ Shubhali xabarlarni boshqalarga tarqatmang.
▪️ Vazirlik faoliyatiga oid ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.

Vazir yoki vazirlik nomidan tarqatilayotgan shubhali xabarlarga duch kelsangiz, ularning haqqoniyligini rasmiy axborot kanallari orqali aniqlashtirishingizni tavsiya etamiz.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤7😁6🤔5😱3