Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.65K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Bitiruvchilar_bandligi |#Topshiriq_ijrosi

Urganch davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalar uchun “Karyera kuni” doirasida Mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Urganch davlat pedagogika instituti bitiruvchi yoshlari “Karyera kuni” doirasida Mehnat yarmarkasida ishtirok etdilar. Yarmarka doirasida tashkilotlar tomonidan ko‘rgazmalar ham tashkil etildi.

Xorazm viloyati Bosh prokuraturasi va Urganch davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan mazkur bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 60 ga yaqin tashkilot va korxonalar tomonidan 200 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

Batafsil: https://www.urspi.uz/uz/news/1406

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👏6🔥1🎉1
❗️Edu.uz — eng ko‘p iqtibos keltiriladigan Telegram kanallari qatorida!


O‘zbekistonning rasmiy ta’lim va ilm-fan yangiliklarini yoritib boruvchi Edu.uz Telegram kanali TGStat platformasining iqtibos indeksi bo‘yicha O‘zbekiston Telegram kanallari reytingida yuqori o‘ntalikdan joy oldi.

143 596 nafar obunachiga ega Edu.uz kanalining reytingda 6-o‘rinni egallagani uning axborot maydonidagi faolligi va materiallariga boshqa manbalar tomonidan murojaat qilinayotganini ko‘rsatadi.

Bu natija — ta’lim va ilm-fan sohasidagi yangiliklar, muhim qarorlar, islohotlar hamda rasmiy ma’lumotlarni tezkor va ishonchli yetkazish yo‘lidagi mehnat samarasi.

Edu.uz — ta’lim va ilm-fan yangiliklarining ishonchli manbasi.

🔗 Manba: https://uz.tgstat.com/ratings/channels?sort=ci

#EduUz #Taʼlim #IlmFan

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
😁13❤9🔥9👍7👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat #OliyTaʼlimdanKeyingiTaʼlim

Oliy ta’limdan keyingi ta’limga hujjat topshirish 15-oktyabr kuni 23:55 ga qadar davom etadi

Hujjat topshirishni imkon qadar ertaga qoldirmang!

☎️ Murojaat uchun:

⏺Platforma bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha - 71 203-32-23 (665);
⏺Hujjatlarni to‘ldirishga oid masalalar bo‘yicha - 71 203-32-23 (152).

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1
UrDU talabalari yaratgan innovatsion qurilmalar amaliyotga joriy etilmoqda

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Sun’iy intellekt laboratoriyasi talaba-yoshlarning innovatsion g‘oyalari real loyihalarga aylanayotgan muhim ilmiy-amaliy maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Talabalar tomonidan yaratilgan “Smart Boiler” qurilmasi ko‘mirda ishlaydigan isitish qozonlarini avtomatlashtirish va telefon orqali masofadan boshqarish imkonini beradi hamda hozirda 15 ta xonadonda sinovdan o‘tkazilmoqda. “Aqlli termodatchik” esa Urganch va Andijon shahar hamda tumanlaridagi maktab va bog‘chalarga o‘rnatilib, issiqlik ta’minotini monitoring qilish va energiya samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/6125

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥15👍6🥰5🤩3🎉1