Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.63K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
UrDU talabalari yaratgan innovatsion qurilmalar amaliyotga joriy etilmoqda

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Sun’iy intellekt laboratoriyasi talaba-yoshlarning innovatsion g‘oyalari real loyihalarga aylanayotgan muhim ilmiy-amaliy maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Talabalar tomonidan yaratilgan “Smart Boiler” qurilmasi ko‘mirda ishlaydigan isitish qozonlarini avtomatlashtirish va telefon orqali masofadan boshqarish imkonini beradi hamda hozirda 15 ta xonadonda sinovdan o‘tkazilmoqda. “Aqlli termodatchik” esa Urganch va Andijon shahar hamda tumanlaridagi maktab va bog‘chalarga o‘rnatilib, issiqlik ta’minotini monitoring qilish va energiya samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/6125

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥15👍6🥰5🤩3🎉1
#Festival2026

Respublika miqyosida ilk bor VII Turk dunyosi adabiyot va kitob festivali bo‘lib o‘tdi


Nufuzli xalqaro festivalda Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Vengriya hamda Shimoliy Kipr Turk Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdilar.

Festivalning ochilish marosimida institut rektori Bahodir Ma’murov so‘zga chiqib, tadbirning turkiy xalqlar o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalarni mustahkamlash, mushtarak tarix va ma’naviy qadriyatlarni keng targ‘ib etishdagi ahamiyatini ta’kidladi hamda mehmonlarni samimiy qutladi.

Tadbir davomida Xalqaro turkiy mualliflar ittifoqi raisi, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi matbuot kotibi, shoir Xeyal Rza, Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Hamidov, Xalqaro turkiy mualliflar ittifoqi vakili, turkiyalik yozuvchi va shoir Mahmut O‘zkoca hamda Xalqaro turkiy mualliflar birligi koordinatori Ayten Qurbanova o‘z fikr-mulohazalari va takliflari bilan ishtirok etib, festivalning turkiy xalqlar o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidladilar.

Festival doirasida institutning “Yoshlar bog‘i”da tashkil etilgan she’riyat kechasi esa tadbirga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Unda shoirlar Mahmut O‘zkoca va Behruz Nifteliyev o‘z ijod namunalarini taqdim etib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Mazkur adabiy uchrashuv turkiy xalqlarning mushtarak ma’naviy merosi, adabiyotga bo‘lgan muhabbati va ijodiy hamkorligini namoyon etgan mazmunli muloqot maydoniga aylandi.


Batafsil...

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤9👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob

❓Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba asosiy ish joyida to‘liq 1 stavkada ishlashi mumkinmi? Amaldagi mehnat qonunchiligida talabaning kunduzgi ta’limda o‘qishi va bir vaqtning o‘zida to‘liq stavkada mehnat faoliyatini amalga oshirishiga nisbatan qandaydir cheklovlar mavjudmi?

🧢Ushbu savolga ekspert, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, advokat Muhammadamin Karimjonov javob beradi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.

Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.

Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.

—

Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах.

Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений.

Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет.

Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.
👍37🔥15❤10👏3
Diqqat! Vazir o‘rinbosari nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda

Telegram orqali Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari Ilhom Siradjev nomidan turli shaxslarga soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi.

Ma’lum qilamizki, mazkur xabarlar Ilhom Siradjev tomonidan yuborilmagan. Shuningdek, xabarlarda ko‘rsatilgan akkaunt uning shaxsiy Telegram akkaunti hisoblanmaydi.

Fuqarolardan bunday xabarlarga nisbatan hushyor bo‘lish, ularga javob bermaslik, SMS orqali kelgan tasdiqlash kodlarini hech kimga oshkor qilmaslik hamda shaxsiy ma’lumotlar, hujjatlar va boshqa maxfiy axborotlarni taqdim etmaslik so‘raladi.

Ogoh bo‘ling! Soxta xabarlarga ishonmang va ularni tarqatmang!
 
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7😱3👍2🔥1
O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8
#Mirziyoyev #taqdimot #Toshkent #bunyodkorlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida mahallalarni obodonlashtirish, yangi maktab va bog‘chalar qurish hamda shahar muhitini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar
taqdimoti bilan tanishdi.

Poytaxtda aholi soni oʻsishi bilan oʻquvchi oʻrinlari tanqisligi ortib bormoqda. 2025–2026-oʻquv yilida tanqislik 141 ming oʻrinni tashkil etgan boʻlsa, 2030–2031-oʻquv yiliga borib bu koʻrsatkich 212 mingga yetishi mumkin.

Shu bois, 2030-yilgacha 126 mingta yangi maktab oʻrni yaratish rejalashtirilgan. Natijada maktablar yuklamasi 1,4 koeffitsiyentdan 1,2 gacha pasayadi.

2026–2027-oʻquv yili uchun jami 38 ming oʻrinli 24 ta yangi maktab loyihasi tayyorlangan. Yangi loyihalar orqali yer maydonini 50 foiz tejash, sport maydonlarini 3 barobar kengaytirish va namunaviy loyihalar samaradorligini 40 foizga oshirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, Toshkent shahrida maktabgacha taʼlim qamrovini 2030-yilga borib 92 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. Buning uchun 40 mingta qoʻshimcha bogʻcha oʻrni yaratiladi.


2026–2027-oʻquv yili uchun jami 16 ming oʻrinli 28 ta yangi bogʻcha loyihasi tayyorlangan. Yangi loyihalar bolalar rivojlanishi, xavfsizligi va salomatligiga xizmat qiluvchi zamonaviy yechimlarni oʻz ichiga oladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥9❤7👍1
#Olimlar_minbari
#05-11.10.2026

“Millat va mas‘uliyat” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;
 
“Inson qadri, bilim va taraqqiyot uyg‘unligi ” — Rustam TOJIYEV, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor;

“Hayotbaxsh islohotlar samarasi” — Madamin MADAZIMOV, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor;

“Ishonch bizni nurli manzillar sari yetaklaydi” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori;

“Markaziy Osiyo va MDH diplomatiyasining yangi bosqichi” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;

“Tibbiy ta'lim va ilmiy an‘analar uyg‘unligi” — Jasur RIZAYEV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;

“Bugunning globallashuv va tezkor axborot almashinuvi”­­­ — Akmal NAZAROV, Buxoro davlat universiteti birinchi prorektori;

“Inson qadri - islohotlarning bosh mezoni” — Sharof ATABAYEV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti.

“Parchalanayotgan” inson uning ruhiyatini qanday asrab qolish mumkin?” — Kamoliddin JABBOROV, Oʻzbekiston milliy universiteti dotsenti;

«Праздник культуры, спорта, единства» — Malika KAMALOVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, dotsent;

“
Ta'lim va ilm-fanda yangi davr” — Akrom MALIK, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi;

“Iqtisodiyotni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish: uchinchi milliy dasturning falsafiy-iqtisodiy tahlili” — Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Bugunning pedagogi: auditoriyadan kasbgacha bo‘lgan yo‘l” — Ikromjon RAHIMOV, Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5🔥1