Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.63K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.

Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.

Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.

—

Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах.

Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений.

Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет.

Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.
👍37🔥15❤10👏3
Diqqat! Vazir o‘rinbosari nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda

Telegram orqali Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari Ilhom Siradjev nomidan turli shaxslarga soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi.

Ma’lum qilamizki, mazkur xabarlar Ilhom Siradjev tomonidan yuborilmagan. Shuningdek, xabarlarda ko‘rsatilgan akkaunt uning shaxsiy Telegram akkaunti hisoblanmaydi.

Fuqarolardan bunday xabarlarga nisbatan hushyor bo‘lish, ularga javob bermaslik, SMS orqali kelgan tasdiqlash kodlarini hech kimga oshkor qilmaslik hamda shaxsiy ma’lumotlar, hujjatlar va boshqa maxfiy axborotlarni taqdim etmaslik so‘raladi.

Ogoh bo‘ling! Soxta xabarlarga ishonmang va ularni tarqatmang!
 
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7😱3👍2🔥1
O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8
#Mirziyoyev #taqdimot #Toshkent #bunyodkorlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida mahallalarni obodonlashtirish, yangi maktab va bog‘chalar qurish hamda shahar muhitini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar
taqdimoti bilan tanishdi.

Poytaxtda aholi soni oʻsishi bilan oʻquvchi oʻrinlari tanqisligi ortib bormoqda. 2025–2026-oʻquv yilida tanqislik 141 ming oʻrinni tashkil etgan boʻlsa, 2030–2031-oʻquv yiliga borib bu koʻrsatkich 212 mingga yetishi mumkin.

Shu bois, 2030-yilgacha 126 mingta yangi maktab oʻrni yaratish rejalashtirilgan. Natijada maktablar yuklamasi 1,4 koeffitsiyentdan 1,2 gacha pasayadi.

2026–2027-oʻquv yili uchun jami 38 ming oʻrinli 24 ta yangi maktab loyihasi tayyorlangan. Yangi loyihalar orqali yer maydonini 50 foiz tejash, sport maydonlarini 3 barobar kengaytirish va namunaviy loyihalar samaradorligini 40 foizga oshirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, Toshkent shahrida maktabgacha taʼlim qamrovini 2030-yilga borib 92 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. Buning uchun 40 mingta qoʻshimcha bogʻcha oʻrni yaratiladi.


2026–2027-oʻquv yili uchun jami 16 ming oʻrinli 28 ta yangi bogʻcha loyihasi tayyorlangan. Yangi loyihalar bolalar rivojlanishi, xavfsizligi va salomatligiga xizmat qiluvchi zamonaviy yechimlarni oʻz ichiga oladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥9❤7👍1
#Olimlar_minbari
#05-11.10.2026

“Millat va mas‘uliyat” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;
 
“Inson qadri, bilim va taraqqiyot uyg‘unligi ” — Rustam TOJIYEV, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor;

“Hayotbaxsh islohotlar samarasi” — Madamin MADAZIMOV, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor;

“Ishonch bizni nurli manzillar sari yetaklaydi” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori;

“Markaziy Osiyo va MDH diplomatiyasining yangi bosqichi” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;

“Tibbiy ta'lim va ilmiy an‘analar uyg‘unligi” — Jasur RIZAYEV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;

“Bugunning globallashuv va tezkor axborot almashinuvi”­­­ — Akmal NAZAROV, Buxoro davlat universiteti birinchi prorektori;

“Inson qadri - islohotlarning bosh mezoni” — Sharof ATABAYEV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti.

“Parchalanayotgan” inson uning ruhiyatini qanday asrab qolish mumkin?” — Kamoliddin JABBOROV, Oʻzbekiston milliy universiteti dotsenti;

«Праздник культуры, спорта, единства» — Malika KAMALOVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, dotsent;

“
Ta'lim va ilm-fanda yangi davr” — Akrom MALIK, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi;

“Iqtisodiyotni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish: uchinchi milliy dasturning falsafiy-iqtisodiy tahlili” — Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Bugunning pedagogi: auditoriyadan kasbgacha bo‘lgan yo‘l” — Ikromjon RAHIMOV, Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5🔥1
#SportKuni

Oliy ta’lim tashkilotlarida “Sport kuni” doirasida sport tadbirlari tashkil etilmoqda


Haftaning har chorshanba kuni oliy ta’lim tashkilotlarida “Sport kuni” doirasida talaba-yoshlar ishtirokida turli sport tadbirlari va musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirlar talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga qaratilgan.

🔹 Samarqand davlat chet tillar instituti;
🔹 Buxoro davlat universiteti;
🔹 Buxoro davlat pedagogika instituti;
🔹 Termiz davlat pedagogika instituti;
🔹 Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti;
🔹 Urganch davlat universiteti;
🔹 Jizzax politexnika instituti;
🔹 Buxoro davlat texnika universiteti;
🔹 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali;
🔹 Guliston davlat pedagogika instituti⁠;
🔹 Namangan davlat texnika universiteti;
🔹 Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;
🔹 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Biz giyohvandlikka qarshimiz!” — yoshlar uchun ibratli film

Giyohvandlikning inson hayoti, oila va jamiyatga salbiy ta’siri, zararli odatlarga berilishning og‘ir oqibatlari qisqa metrajli filmda badiiy obrazlar orqali ochib berildi.

Film yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni zararli illatlardan ogoh etish hamda hayotda to‘g‘ri tanlov qilishga undash maqsadida suratga olingan.

Mazkur ijodiy loyiha Toshkent xalqaro universiteti, Qo‘qon universiteti hamda Qo‘qon universitetining Andijon filiali hamkorligida amalga oshirildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍5👏5🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vestminster universitetida “Intelligence in Use” universitetlararo xakatoni bo‘lib o‘tdi

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida (TXVU) “Intelligence in Use” universitetlararo xakatonning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa O‘zbekistonning turli oliy ta’lim muassasalaridan iqtidorli talabalarni birlashtirib, ularga innovatsion g‘oyalarini amaliy yechimlarga aylantirish imkoniyatini yaratdi.

Xakatonda mamlakat bo‘ylab 42 ta oliy ta’lim muassasasidan jami 325 ta jamoa ro‘yxatdan o‘tdi. Sentabr oyida o‘tkazilgan onlayn saralash bosqichi natijalariga ko‘ra, eng yuqori natija ko‘rsatgan 40 ta jamoa, ya’ni 120 nafar talaba, TXVUda tashkil etilgan ikki kunlik final bosqichiga yo‘llanma oldi.


Final davomida ishtirokchilar Computer Vision (kompyuter ko‘rishi) hamda FinTech / AI in Finance (moliyaviy texnologiyalar va moliya sohasida sun’iy intellekt) yo‘nalishlari bo‘yicha innovatsion loyihalar ishlab chiqib, o‘z yechimlarini taqdim etdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘olib va sovrindor deb topildi:

Computer Vision yo‘nalishi:
1-o‘rin —  TruMinds, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU)
2-o‘rin — Provision, Toshkent shahridagi Vebster universiteti
3-o‘rin — Pitstop, Toshkent shahridagi Vebster universiteti

FinTech/AI in Finance yo‘nalishi:i
1-o‘rin — Centrum, Toshkent shahridagi Inha universiteti
2-o‘rin —  Dominify, Toshkent shahridagi Inha universiteti
3-o‘rin — AGI, Yangi O‘zbekiston universiteti


Har bir yo‘nalishda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalarga o‘z loyihalarini yanada takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida innoWIUT innovatsiya markazida rezidentlik imkoniyati ham taqdim etildi.

👉 На руcском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍6🔥1