Edu.uz
✔
144K subscribers
39.9K photos
7.61K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Sunʼiy intellekt, texnologik taraqqiyot va inson salohiyati — eʼtibor markazida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etdi. Prezidentimiz sunʼiy intellekt, raqamli taraqqiyot va inson salohiyatini rivojlantirishga oid muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Davlatimiz rahbari sunʼiy intellektning imkoniyatlari bilan bir qatorda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarga ham eʼtibor qaratib, raqamli taraqqiyot barcha uchun birdek manfaat keltirishi va texnologik rivojlanishdagi tafovutni qisqartirish zarurligini taʼkidladi.

Shu maqsadda Texnologik ishonch va sunʼiy intellektdan masʼuliyat bilan foydalanish boʻyicha Osiyo tashabbusi ilgari surildi. Uni amalga oshirish doirasida OHIChK huzurida ekspertlar maydonini tashkil etish taklif qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekistonning Kengashning Inson mezoni boʻyicha koordinatori sifatidagi faoliyati doirasida kelgusi yili mamlakatimizda Inson salohiyatini rivojlantirish boʻyicha forum oʻtkazishga tayyorligi bildirildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11🔥3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitidagi nutqi

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6🎉3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ilg‘or Xitoy ta‘limi endi Xivada!

“O‘zbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori bilan Xivada Xitoyning Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etildi.

Bu yerda o‘qish kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida o‘zbek, xitoy va ingliz tillarida olib boriladi.

2030/2031-o‘quv yiliga qadar talabalar to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.


2031-yildan keyin esa qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi.

Filial talabalarining amaliyotlari hududdagi korxonalarda dual ta’lim asosida yo‘lga qo‘yiladi.

☝️Muhim jihati, talabalar xalqaro biznes, turizm boshqaruvi, sun’iy intellekt va xalqaro xitoy tili ta’limi yo‘nalishlarida tajribali xitoylik pedagoglardan tahsil olishlari mumkin.


Shuningdek, zamonaviy majmuada o‘quv binolari, kutubxona, sport zali va talabalar turar joylari namunali tashkil qilingan.

Qabul davom etmoqda.

👉 На руском
👉 In English

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤10
#Vazirning_shaxsiy_qabuli

Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovning ilk shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi

Qabul davomida maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 36 nafar tadbirkorning murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarni atroflicha o‘rganish, qonunchilik doirasida hal etish hamda tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida ishchi guruh tuzish belgilandi.


Ishchi guruh har bir murojaatni alohida o‘rganib chiqadi va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘radi.

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤14👏3
#Hamkorlik

O‘zbekiston–Ozarbayjon hamkorligi doirasida muhim ilmiy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar tashkil etildi

Buxoro shahrida tashkil etilgan “Ozarbayjon madaniyati va san’ati kunlari” doirasida Buxoro davlat universitetida qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi, doktor Rashad Mammadov BuxDU rektori, professor Obidjon Hamidov bilan uchrashib, ta’lim, ilm-fan va akademik hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Shuningdek, elchi ishtirokida “Ozarbayjon–O‘zbekiston tarixiy-madaniy aloqalari” mavzusida seminar va talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlarga o‘zbek tilida nashr etilgan “İRS Miras” jurnali taqdim qilindi.

Tadbirlar davomida BuxDU Tarix fakultetida Yusuf Qorabog‘iy nomidagi Ozarbayjonshunoslik markazi tantanali ravishda ochildi. Shuningdek, “Yusuf Qorabog‘iyning hayoti, ilmiy va ma’naviy merosi va global sivilizatsiya: falsafa, ilm-fan va ma’naviy an’analar muloqoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Madaniy dastur doirasida esa Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining “Xaribulbul” teatr truppasi tomonidan Uzeyir Hojibeylining mashhur “Arshin mol olon” operettasi namoyish etildi. Mazkur tadbirlar ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🤩32👍25❤24🔥19😁19
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tyutorlik — talabani tinglash, uning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish

©️
Toshkent davlat transport universiteti

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤18👍7🔥5😁4👏3