#Qonunçilik_yangiliklari
🔰Özbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi Qonuni (ÖRQ–1184-son, 21.10.2026-y.) qabul qilindi.
✅ Qonunga köra, Özbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat özbek alifbosi joriy etiladi.
🔎 Mazkur özgartirişga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi örniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan taşkil topadi.
⤵️ Alifbo tarkibi:
A a, B b, D d, E e, F f, G g, Ğ ğ, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, Ö ö, P p, Q q, R r, S s, Ş ş, Ç ç, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va ’ (tutuq belgisi).
📜 Şuningdek, Qonunda quyidagilar belgilandi:
▪️ Qonun kuçga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlarda takomillaştirilgan harflarning avvalgi şakli mavjud bölişi ularning amal qilişiga va muomalada bölişiga monelik qilmaydi;
▪️ davlat organlari va taşkilotlarining takomillaştirilgan harflarning avvalgi şakli mavjud bölgan ramziy belgilari va boşqa atributlaridan, ularning binolarida aks ettirilgan davlat gerbining börtma tasviridan, geografik obyektlarning nomlari tuşirilgan peşlavha va körsatkiçlardan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boşqa aşyolar va manbalardan ular yaroqsiz holatga kelib qolguniga yoxud Qonun ijrosiga doir çora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatga qadar foydalaniladi.
✳️ Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy ötgaç kuçga kiradi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️ Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat böladi

😁15❤11👏9😱5🎉1
Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda.
Qamaşi tumanidagi Çim mahallasi zamonaviy mahalla qanday bölişi kerakligini körsatib berdi. Bu yerda 640 örinli maktab, 240 örinli boğça qurildi, oilaviy poliklinika jihozlandi. Yangi mahalla binosi, yoşlar markazi, sport majmuasi va istirohat boği barpo etildi.
Eng muhimi, mahallada kambağal oila ham, işsiz aholi ham qolmagani taʼkidlandi. Prezidentimiz kelgusi yil Mustaqillik bayramigaça uşbu tajriba asosida har bir tumanda ikkitadan zamonaviy mahalla markazini taşkil etiş vazifasini qöydi.
Mirişkor tumanida ham Çim tajribasi qöllanadi. Bu yerda 20 gektarda limonçilik issiqxonalari, yana 30 gektarda intensiv baliqçilik xöjaligi va 50 gektarda bodom boği taşkil etiladi.
Bahorda ijaraga berilgan yerlarning 8 ming gektarida intensiv boğlar, 3 ming gektarida issiqxonalar barpo etiladi. Qolgan 11 ming gektarda kooperatsiya asosida yuqori daromadli ekinlar yetiştiriladi. Mutasaddilarga har bir tumanda bu işlarni boşlaş topşirildi.

❤12👍6😁3🎉1
Prezidentimiz Qarşi şahridagi Ilğor kasbiy mahorat texnikumi tajribasiga töxtaldi. Uning 32 nafar ustasi yaqinda Germaniyada malaka oşirib qaytdi va hozir viloyatdagi 57 ta texnikum ustalariga öz bilimlarini yetkazmoqda.
Har yili 10-11-sinflarning 2,5 ming nafar öquvçisi mazkur texnikumda hunar örganib, attestat bilan birga kasbiy sertifikat ham oladi. Germaniyalik öqituvçilar esa yiliga 1,5 ming yoşga nemis tili va kasb örgatmoqda.
Davlatimiz rahbari loyihaning birinçi bitiruvçilari bilan suhbatlaşganini aytdi. Ularga Yevropada oyiga 3-5 ming yevro maoş tölanadigan iş örinlari taklif qilinmoqda.
Endi tumanlardagi maktab öquvçilarini Ilğor kasbiy mahorat texnikumi va yangiça metodika asosida işlayotgan 57 ta texnikumga jalb qilişning aniq yönalişlarini işlab çiqişga topşiriq berildi.
Facebook | Instagram | YouTube| Telegram

❤10😁6👍1🤔1
Qaşqadaryo yoşlari taʼlim va intellektual musobaqalarda yuqori natijalarga erişmoqda. Qarşi şahridagi Prezident maktabi “Cambridge” imtihonlarida 98 foiz natija bilan respublikada birinçi böldi. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi öquvçilari “Zakovat” turnirida ğolib çiqdi.
Kosonlik 11-sinf öquvçisi Murodjon Xalimov SAT imtihonida maksimal 1600 ballni qölga kiritdi. Davlatimiz rahbari bunday iqtidorli yoşlar köpligini, ularga aniq fanlarni xorijiy tillarda örgatiş imkoniyati yaratilsa, yuqori natijalar har bir tumanda bölişini taʼkidladi. Kelasi yildan barça tumanlarda bittadan maktabda aniq fanlarni çet tilida öqitiş boşlanadi.
Şu bilan birga, özbekistonlik yoşlar robototexnika böyiça jahon çempioni böldi. Yil yakunigaça har bir tumanda robototexnika tögaragi oçilib, jihozlanadi. Har yili mart oyida öquvçilar örtasida viloyat çempionati ötkaziladi. Birinçi örin egasiga 30 million, ikkinçi öringa 20 million, uçinçi öringa 10 million söm mukofot beriladi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

😁16❤9👍4🔥3🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident: Yaponiyadan yaxşi xabar keldi
Davlat rahbari qaşqadaryolik faollar bilan muloqot çoğida Aiçi-Nagoya–2026 Osiyo Para öyinlaridagi sönggi natijalarni ma’lum qildi.
E’tiborlisi, uşbu yutuqlar orasida oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan qölga kiritilgan medallar ham bor.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Davlat rahbari qaşqadaryolik faollar bilan muloqot çoğida Aiçi-Nagoya–2026 Osiyo Para öyinlaridagi sönggi natijalarni ma’lum qildi.
“Hozir mana yaxşi xabar keldi. Yaponiyada Para Osiyo öyinlarida biz 3-örinda edik. Hozir 33 ta oltin bölib, 2-öringa çiqdik”, — dedi Şavkat Mirziyoyev.
E’tiborlisi, uşbu yutuqlar orasida oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan qölga kiritilgan medallar ham bor.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤11🔥9🤔1
Aşxobodda köp tilli taʼlim va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda
Bugun, 22-oktabr kuni Turkmaniston poytaxti Aşxobod şahrida Markaziy Osiyo va Möğuliston davlatlari taʼlim vazirlarining davra suhbati bölib ötmoqda.
Mazkur nufuzli tadbirda Özbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari Ilhom Siradjev iştirok etmoqda.
Turkmaniston Taʼlim vazirligi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining (YEXHT) Milliy ozçiliklar masalalari böyiça Oliy komissari hamkorligida taşkil etilgan davra suhbati “Köp tilli taʼlim orqali Markaziy Osiyo va Möğulistonda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş” mavzusiga bağişlangan.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/236442
👉 На русском
👉 In English
#Xalqaro_hamkorlik #Taʼlim #Aşxobod

👍11❤6🔥1😁1🎉1
#Inklyuziv_taʼlim #jarayon
✅ Yurtimiz böylab “Sen iste‘dodlisan” tanlovining tuman (şahar) bosqiçi bölib ötdi
Unda 3–9-sinf öquvçilari orasidan saralangan iştirokçilar estrada-vokal, an’anaviy ijroçilik va tasviriy san’at yönalişlarida öz bilim va mahoratlarini sinovdan ötkazishdi.
Yakuniy natijalarga köra, birinçi örinni egallagan yoşlar viloyat bosqiçi yöllanmasini qölga kiritişdi. Ğolib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Eslatib ötamiz, uşbu tanlovda iştirok etiş uçun 11 434 nafar öquvçi röyxatdan ötgan. 832 nafar öquvchilar keyingi bosqiçga yöllanmani qölga kiritişdi.
🌐 Fotolavhalarda hududlardagi jarayonlar aks etgan.

👍9❤4😁2🔥1
Qarşi davlat universitetining taʼlim va tadqiqotlar uçun imkoniyatlari yanada kengaydi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Qarşi davlat universitetida ham bölib, bu yerda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.
Talabalarning yaşaş şaroitlari yaxşilandi. Uçta yangi yotoqxona qurilişi natijasida 1 ming 300 dan ortiq qöşimça örin yaratilib, talabalar turar joyiga bölgan ehtiyoj töliq qoplangan. Universitet hududida 240 örinli bolalar boğçasi, kutubxona, oşxonalar, yoşlar markazi va anjumanlar saroyi faoliyat yuritmoqda. Oliygoh qoşida “Loçin” futbol jamoasi taşkil etilib, uning maşğulotlari uçun zamonaviy maydon qurilgan.
Prezidentimiz universitetning talabalarga xizmat körsatiş markazi faoliyati bilan tanişdi.
#Mirziyoyev #safar #Qaşqadaryo #universitet
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Prezident Şavkat Mirziyoyev Qarşi davlat universitetida ham bölib, bu yerda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.
Universitetda 14 mingdan ortiq talaba bakalavriat va magistratura bosqiçlarida, kunduzgi, sirtqi va masofaviy şakllarda tahsil olmoqda. Bu yerda 579 nafar professor-öqituvçi mehnat qiladi.
Taʼlim dasturlarini xalqaro talablarga moslaştirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ingliz filologiyasi, matematika, amaliy matematika va fizika yönalişlari xalqaro akkreditatsiyadan ötkazilgan. Rossiya va Belarus oliygohlari bilan 14 ta qöşma taʼlim dasturi yölga qöyilgan.
Tillar fakultetida ming örinli zamonaviy media studiya, şuningdek, xitoy, nemis, fransuz, ingliz va rus tillari markazlari taşkil etilgan. Xalqaro dasturlar doirasida sinxron tarjimonlar tayyorlanmoqda. Yettita laboratoriyani birlaştirgan Xalqaro laboratoriyalar markazida sunʼiy intellekt, maşinali öqitiş va robototexnika yönalişlarida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ötgan yili muassasada keng kölamli quriliş va rekonstruksiya işlari amalga oşirildi.

👍14❤2👏2