Edu.uz
✔
144K subscribers
39.8K photos
7.61K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident Şavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar taşkilotining Anqara sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:

➖Özbekiston ta’sirçan global taraqqiyot markaziga aylanib borayotgan Turkiy davlatlar taşkilotini özaro işonç va amaliy şeriklik maydoni sifatida köradi;

➖Strategik maqsadlar atrofida yanada jipslaşib, manfaatlarni xalqaro maydonda birgalikda ilgari suriş lozim. TDT mamlakatlari uşbu ezgu yölda yakdil va kuç-ğayratini turkiy birdamlik uçun safarbar etişga tayyor;

➖Taşkilot doirasida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muntazam siyosiy maslahatlar ötkaziş, yondaşuv va sa’y-harakatlarni muvofiqlaştiriş muhim;

➖Uçinçi mamlakatlar bilan “Turkiy davlatlar taşkiloti plus” formatidagi hamkorlikni sohaviy vazirlar uçraşuvlaridan boşlaş taklif etildi;

➖Texnologik hamkorlikni çuqurlaştiriş, jahon bozoriga birgalikda çiqiş imkonini beradigan sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş zarur;

➖“Turkiy dunyo – 100” – yuzta strategik qöşma investitsiya va sanoat loyihasini qamrab oladigan dasturni qabul qiliş taklif etildi;

➖Nodir va strategik minerallarni töliq qayta işlaş, “yaşil” energetika uskunalari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, yuqori daromadli mahsulotlar tayyorlaşga ustuvor ahamiyat qaratiş maqsadga muvofiq;

➖“Tijorat işlari böyiça özaro huquqiy yordam körsatiş töğrisida”gi köp tomonlama şartnomani işlab çiqiş lozim;

➖“Turkiy davlatlar logistika komplekslari tarmoği”ni taşkil etiş va uni birgalikda boşqariş taklifi bildirildi;

➖Turkiy xalqlarning tarixiy şaharlari, betakror tabiati, boy madaniyati va mehmondöstlik an’analarini dunyoga birgalikda taqdim etiş maqsadida “Turkiy turizm alyansi”ni taşkil qiliş taşabbusi ilgari surildi;

➖Fuqarolarning özaro safarlari töğrisida köp tomonlama bitimni işlab çiqiş taklif etildi. Unda ID-kartalar asosida safar qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, çegaradan ötiş va mezbon davlat hududida böliş tartibini soddalaştiriş masalalari aks etişi lozim;

➖Mamlakatimiz “Yangi Özbekiston” stipendiyasi doirasida turkiy davlatlar vakillariga har yili 200 ta ta’lim granti ajratişga tayyor;

➖2027-yilni taşkilot doirasida “Tabiatni asraş yili” deb e’lon qiliş böyiça taşabbus hamda Özbekiston vakilining nomzodi Boş kotib lavozimiga qöllab-quvvatlangani uçun minnatdorlik bildirildi;

➖"Anqara sammiti olijanob maqsadimiz, birdamlik ğoyamiz va uluğvor rejalarimizga erişiş yölida muhim qadam böladi";

➖“Barçamizning orzu-istaklarimiz va intilişlarimiz muştarak. Biz bir bölsak, yanada qudratlimiz. Hamjihat bölsak, yanada yuksak marralarga albatta erişamiz”.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍4❤3🔥1
#Sörovnoma #MaktabTaʼlim

📣 Hurmatli pedagoglar!

➖ Umumiy örta ta’lim maktablarida Direktor jamğarmasi faoliyatini takomillaştiriş hamda mablağlardan samarali va şaffof foydalaniş mexanizmlarini rivojlantiriş maqsadida sörovnoma ötkazilmoqda.

Unda faol iştirok etib, öz fikr va takliflaringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uçun muhim!


👉 Sörovnoma HAVOLASI
______

⏰ Eslatma: Mazkur sörovnoma 4-NOYABRga qadar davom etadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
#Rasmiy_bayonot

Vazirlik ogohlantiradi: öqişni köçirişda qonuniy tartibga amal qiling!


Ijtimoiy tarmoqlarda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Namangan viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaroni xususiy universitetning 3-kursiga öqişga kiritib qöyişni va’da qilib, buning evaziga 18 mln söm talab qilgan şaxs pulni olayotgan vaqtida qölga olingani hamda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgani haqida axborot berildi.

Vazirlik bunday noqoniniy xatti-harakatlarni qoralaydi hamda fuqarolarni öqişga qabul qiliş va öqişni köçiriş bilan boğliq masalalarda firibgarlik holatlaridan ehtiyot bölişga çaqiradi.


Amaldagi tartibga köra, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlaridan öqişni köçiriş uçun arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar Bilim va malakalarni baholaş agentligining maxsus elektron platformasi orqali qabul qilinadi. Öqişni köçiriş Agentlik tomonidan ötkaziladigan maxsus sinovlar natijalariga köra amalga oşiriladi.

Şuningdek, nodavlat oliy ta’lim taşkilotlariga qabul qilingan talabalar haqidagi buyruqlarni 1-oktabrdan keçiktirmay HEMIS tizimida röyxatdan ötkazişi şart. Belgilangan tartibga muvofiq, HEMIS tizimiga kiritilmagan şaxslarga diplom şakllantirilmaydi.

Şu sababli “sinovsiz 3-kursga kiritib qöyamiz”, “öqişni muddatidan keyin köçirib beramiz” yoki “hujjatlarni keyin rasmiylaştiramiz” kabi va’dalarga işonmang!

Vazirlik fuqarolardan:

➖ öqişga qabul qiliş va öqişni köçirişda faqat belgilangan tartib va rasmiy platformalardan foydalanişni;
➖ öqişga qabul qilingandan söng ma’lumotlarning HEMIS tizimida röyxatdan ötkazilganini tekşirişni;
➖ hujjatlari va mablağlarini vositaçilarga bermaslikni, barça jarayonlarni qonuniy tartibda amalga oşirişni;
➖ şubhali takliflar yoki qonunbuziliş holatlari haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 1253 yoki vazirlikning 1006 qisqa raqamlari orqali xabar berişni söraydi.


Unutmang, öqişga qabul qiliş yoki öqişni köçirişni pul evaziga, belgilangan tartiblarni çetlab ötgan holda hal qilib berişni va’da qilayotgan şaxslarga işoniş moddiy zarar köriş va qonun oldida javobgarlikka sabab bölişi mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍6😱3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Tilimizni sözlar qabristoniga aylantirmaylik” nomli mazmunli videorolik e’lon qilindi.

Öz tilimizda aniq, gözal va ta’sirçan ifodalar mavjud ekan, ulardan örinli va töğri foydalaniş har birimizning burçimizdir. Tilimizning boyligini asraş, sözlarimizni qadrlaş va nutqimizda milliy tilimizning betakror imkoniyatlaridan foydalaniş özimizga boğliq.

Videorolik barçamizni ona tilimizga bölgan munosabatimiz haqida öylaşga, söz tanlaşda e’tiborli bölişga undaydi.

Köring, muşohada qiling.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13👏4❤2🤔2
Surxondaryoda “Kitobxonlik festivali” bölib ötdi

Termiz şahridagi 26-umumiy örta ta’lim maktabida mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, yoşlar va aholi orasida kitobga bölgan qiziqişni yanada oşiriş maqsadida “Kitobxonlik festivali” taşkil etildi.

Festival doirasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” hamda “Eng faol kutubxonachi” ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari taqdirlandi.

“Ijodkor bolalar” — Termiz tumanidagi 8-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Muxammadiyeva Umida.
“Eng faol kitobxon maktab” — Qumqo‘rg‘on tumanidagi 70-sonli maktabning “Zukko kitobxon” jamoasi.
“Eng faol kutubxonachi” — Sherobod tumanidagi 36-sonli maktab kutubxonachisi Normamatova Ruxiya.
“Eng faol kitobxon o‘quvchi” — Oltinsoy tumanidagi 20-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi Shaymardonova Latofat.


Mazkur tanlovlarga viloyat bo‘yicha 190 mingga yaqin o‘quvchi jalb etilib, 12 nafar g‘olib o‘quvchi munosib rag‘batlantirildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/240639

#Kitobxonlik_festivali #Surxondaryo

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Urganç davlat universitetida “Buyuk mutafakkirlar xiyoboni” taşkil etildi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini uluğlaş, ularning xotirasini abadiylaştiriş maqsadida “Buyuk mutafakkirlar xiyoboni” taşkil etildi.

Xiyobonda jahon ilm-fani, adabiyoti va tamadduniga beqiyos hissa qöşgan 18 nafar buyuk siymoning haykallari qad rostlagan.

Mazkur maskanda talabalar uçun kitob mutolaa qiliş, özaro fikr almaşiş va madaniy hordiq çiqarişga möljallangan şinam ayvonçalar ham taşkil etilgan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14🔥3🥰3🎉1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍5😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada #SavolJavob

Xalqaro kimyo olimpiadasi Nukusda: akademik sinovlar qanday böladi?

✅ Joriy yilning 3–10-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus şahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi ötkaziladi.

⏰ Bu yil 3-marta taşkil etilayotgan mazkur olimpiadada iştirokçilar nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan ötkazişadi.

🔰 Xöş, olimpiadaning akademik sinov jarayonlari qanday şaklda bölib ötadi?

👉 Videolavhada şu haqida.

📊 Ma’lumot örnida: uşbu olimpiadada dunyoning 32 ta mamlakatidan kelgan yoş kimyogarlar özaro kuç sinaşadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlik

❗️Begona “poçta” sizning muammongizga aylanmasin!


Afsuski, bugungi kunda yoşlar orasida giyohvandlik vositalari, jumladan, sintetik psixoaktiv moddalarni iste’mol qiliş hamda ular bilan boğliq jinoyatlarga aralaşib qoliş holatlari uçrab turibdi. Bu yoşlarning salomatligi, ta’lim olişi va kelajagiga ham jiddiy xavf tuğdiradi.

Mazkur illatning oldini oliş maqsadida oktyabr oyida oliy ta’lim taşkilotlarida tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda 58 ta tadbir va 147 ta davra suhbati hamda uçraşuvlar taşkil etilib, 147 894 nafar talaba-yoşlar profilaktik tadbirlar bilan qamrab olindi.

Şunga qaramay, ayrim yoşlarning narkotik moddalar bilan boğliq jinoyatlarga aralaşib qolayotgani barçamizni jiddiy ogohlikka çaqiradi.

Aziz talabalar! Doimo ogoh böling!

Kuryerlik xizmati körsatiş, qöşimça daromad topiş yoki kimningdir talabi, iltimosini bajariş jarayonida noma’lum buyum, sumka, posilka va yuklarni taşişga rozi bölmang. Ayniqsa, evaziga oson pul va’da qilinayotgan, şubhali takliflarga aldanmang. Zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qiling.

Sizning kelajagingiz, soğliğingiz va erkinligingiz hamma narsadan ustun!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8😱4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PrezidentTopşiriğiIjrosi #QaşqadaryoTajribasi

Oliy ta’lim taşkilotlari rahbarlari Qaşqadaryo tajribasini örganmoqda

21–22-oktabr kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida Qarşi davlat universitetida ham bölib, oliygohda yaratilgan şart-şaroitlar hamda ta’lim oliş uçun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar bilan tanişgan edi.

Davlatimiz rahbarining topşiriğiga muvofiq respublikamizdagi oliy ta’lim taşkilotlari rektorlari Qarşi davlat universitetida bölib, universitet faoliyati, ta’lim jarayoni va talabalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişmoqdalar.

Ta’lim sifatini oşiriş, talabalar bandligini ta’minlaş, zamonaviy infratuzilmani rivojlantiriş, şuningdek, oliy ta’lim taşkilotlari va işlab çiqariş korxonalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş borasida Qarşi davlat universitetida töplangan tajriba örganildi.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤9🔥5👏5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlik

❗️“Yangi özbek alifbosi klaviaturasi” — firibgarlar tuzoği bölişi mumkin

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvçilarga “yangi özbek alifbosi klaviaturasi” nomli ilovani örnatiş taklif qilinayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Firibgarlar uşbu dasturni şaxsiy xabarlar orqali yuborib, telefon qurilmasiga örnatişni tavsiya qilmoqda. Ilovani örnatiş natijasida foydalanuvçilarning plastik karta ma’lumotlari va şaxsiy axborotlari xavf ostida qolişi mumkin.

Fuqarolardan noma’lum manbalardan yuborilgan ilovalarni yuklab olmaslik, şubhali havolalarga kirmaslik hamda bank karta ma’lumotlarini begonalarga oşkor qilmaslik söraladi.

Raqamli xavfsizlik qoidalariga rioya qiling va firibgarlik qurboniga aylanmang!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3😁1