Edu.uz
✔
144K subscribers
39.8K photos
7.61K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlik

❗️Begona “poçta” sizning muammongizga aylanmasin!


Afsuski, bugungi kunda yoşlar orasida giyohvandlik vositalari, jumladan, sintetik psixoaktiv moddalarni iste’mol qiliş hamda ular bilan boğliq jinoyatlarga aralaşib qoliş holatlari uçrab turibdi. Bu yoşlarning salomatligi, ta’lim olişi va kelajagiga ham jiddiy xavf tuğdiradi.

Mazkur illatning oldini oliş maqsadida oktyabr oyida oliy ta’lim taşkilotlarida tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda 58 ta tadbir va 147 ta davra suhbati hamda uçraşuvlar taşkil etilib, 147 894 nafar talaba-yoşlar profilaktik tadbirlar bilan qamrab olindi.

Şunga qaramay, ayrim yoşlarning narkotik moddalar bilan boğliq jinoyatlarga aralaşib qolayotgani barçamizni jiddiy ogohlikka çaqiradi.

Aziz talabalar! Doimo ogoh böling!

Kuryerlik xizmati körsatiş, qöşimça daromad topiş yoki kimningdir talabi, iltimosini bajariş jarayonida noma’lum buyum, sumka, posilka va yuklarni taşişga rozi bölmang. Ayniqsa, evaziga oson pul va’da qilinayotgan, şubhali takliflarga aldanmang. Zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qiling.

Sizning kelajagingiz, soğliğingiz va erkinligingiz hamma narsadan ustun!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8😱4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PrezidentTopşiriğiIjrosi #QaşqadaryoTajribasi

Oliy ta’lim taşkilotlari rahbarlari Qaşqadaryo tajribasini örganmoqda

21–22-oktabr kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida Qarşi davlat universitetida ham bölib, oliygohda yaratilgan şart-şaroitlar hamda ta’lim oliş uçun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar bilan tanişgan edi.

Davlatimiz rahbarining topşiriğiga muvofiq respublikamizdagi oliy ta’lim taşkilotlari rektorlari Qarşi davlat universitetida bölib, universitet faoliyati, ta’lim jarayoni va talabalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişmoqdalar.

Ta’lim sifatini oşiriş, talabalar bandligini ta’minlaş, zamonaviy infratuzilmani rivojlantiriş, şuningdek, oliy ta’lim taşkilotlari va işlab çiqariş korxonalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş borasida Qarşi davlat universitetida töplangan tajriba örganildi.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤9🔥5👏5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlik

❗️“Yangi özbek alifbosi klaviaturasi” — firibgarlar tuzoği bölişi mumkin

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvçilarga “yangi özbek alifbosi klaviaturasi” nomli ilovani örnatiş taklif qilinayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Firibgarlar uşbu dasturni şaxsiy xabarlar orqali yuborib, telefon qurilmasiga örnatişni tavsiya qilmoqda. Ilovani örnatiş natijasida foydalanuvçilarning plastik karta ma’lumotlari va şaxsiy axborotlari xavf ostida qolişi mumkin.

Fuqarolardan noma’lum manbalardan yuborilgan ilovalarni yuklab olmaslik, şubhali havolalarga kirmaslik hamda bank karta ma’lumotlarini begonalarga oşkor qilmaslik söraladi.

Raqamli xavfsizlik qoidalariga rioya qiling va firibgarlik qurboniga aylanmang!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak soati” loyihasining yuzi – Sirojiddin Şuhratovga Prezident sovğalari topşirildi

“Kelajak soati” loyihasi öz faoliyatini boşlaş arafasida bir neça yoş iste’dodlar orasidan aynan Sirojiddin Şuhratovni tanlab olgan edi. Sirojiddin ham loyiha bilan birgalikda rivojlandi va ulğaydi. Öquvçilar va öqituvçilar orasida köplab muxlislar orttirdi. U loyiha davomida butun respublikamiz böylab safar qildi va turli mavzularda videokontentlar tayyorlandi.

Yoş ijodkorimiz bundan taşqari “Farz”, “Sersavol” kabi badiiy filmlarda ham suratga tuşgan.

Köp ötmay Sirojiddinga davlatimiz rahbari bilan uçraşiş nasib etdi va unga Prezident sovğalari ham topşirildi.

Biz Sirojiddinning yutuqlaridan xursandmiz va faxrlanamiz, Siz “Kelajak soati” loyihasida Sirojiddin iştirokidagi qaysi kontentlarni tomoşa qilgansiz?

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤31👏13😁5🔥2😱1
📊 Ta’lim va ilm-fan vazirligi: 2026-yil oktabr oyi yakunlari

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥16❤10😁5👍2
Vazir örinbosari Samarqand davlat çet tillari instituti faoliyati bilan tanişdi

Ta’lim va ilm-fan vaziri örinbosari Sanjar Mirzaliyev Samarqand davlat çet tillari institutida bölib, talabalar hamda professor-öqituvçilar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, taʼlim sifatini nazorat qiliş tizimi va zamonaviy infratuzilma bilan yaqindan tanişdi.

Dastlab, talabalarga “Yagona darça” tamoyili asosida 64 turdagi xizmatlar körsatuvçi raqamlaşgan Registrator ofisi közdan keçirildi. Şuningdek, talaba va bitiruvçilar bandligini taʼminlaşga qaratilgan “Karyera markazi” hamda yoşlarning biznes ğoyalarini qöllab-quvvatlovçi “Kelajakka qadam” markazi faoliyati taqdim etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/240778

#Xizmat_safari #Samarqand

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤9🔥5👏1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣 ShDPI “Muloqot” jamoasi | “Adolat tizgini” spektakli

🎭 “Talabalar teatr studiyalari” körik-tanlovining 2026-yilgi respublika final bosqiçi ötkazilgan edi. Unda oliy ta’lim taşkilotlarining teatr jamoalari öz spektakllari bilan iştirok etib, özaro bellaşgan.

📺Final bosqiçida namoyiş etilgan spektakllar Talaba-yoşlar bilan işlaş markazi tomonidan YouTube sahifasida premyera qilib boriladi.

◀️Şahrisabz davlat pedagogika institutining “Muloqot” jamoasi “Adolat tizgini” spektaklini taqdim etdi. Unda adolat, haqiqat va insoniy qadriyatlar kabi muhim mavzular sahna orqali yoritilib, tomoşabinni çuqur muşohada yuritişga çorlaydi.

➡Spektakl premyerasini köriş

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👏1😁1
#PrezidentTopşirigiIjrosi #QaşqadaryoTajribasi

⚡️ "Qaşqadaryo tajribasi"ni örganiş maqsadidagi taşriflar davom etmoqda

Xabar berilganidek, Qarshi davlat universitetida shakllangan "Qaşqadaryo tajribasi"ni respublikaning boşqa oliy taʼlim taşkilotlariga ommalaştiriş maqsadida rektorlar va soha prorektorlari iştirokida tajriba almaşiş jarayonlari davom etmoqda.

Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidan oliy taʼlim taşkilotlari rektorlari hamda tegişli soha prorektorlari Qarşi davlat universitetiga taşrif buyurişdi.

Taşrif davomida mehmonlar Tillar fakultetining öquv binosi, Anjumanlar saroyi, Talabalarga xizmat körsatiş markazi hamda Xalqaro ilmiy laboratoriyalar markazi faoliyati bilan tanişdilar.

Tanişuv dasturining yakuniy qismi Xalqaro ilmiy laboratoriyalar markazida tashkil etilgan seminar bilan davom etdi. Unda universitet rektori Dilmurod Nabiyev oliygohda sönggi yillarda amalga oşirilgan özgarişlar, erişilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida taqdimot ötkazdi. Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan taʼlim sifatini oşiriş, ilmiy salohiyatni rivojlantiriş va zamonaviy infratuzilmani yaratış uçun berilayotgan imkoniyatlarning ahamiyati taʼkidlandi.


Respublikadagi oliy taʼlim taşkilotlari rektorlari va direktorlari iştirokidagi "Qaşqadaryo tajribasi"ni örganişga qaratilgan taşriflar 30-oktabrdan 4-noyabrga qadar davom etadi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤11🤔1