Edu.uz
✔
144K subscribers
40K photos
7.64K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#talabaga_qulaylik

Urganç davlat universitetida yangi sport majmuasi va futbol maydoni oçildi

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida talaba-yoşlarning sport bilan muntazam şuğullanişlari uçun zamonaviy şart-şaroitlar yaratiş, sport infratuzilmasini rivojlantiriş maqsadida barpo etilgan  400 örinli yangi sport majmuasi hamda futbol maydonining tantanali oçiliş marosimi ötkazildi.

Mazkur tantanali tadbirda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti, FIFA qömitasi raisi örinbosari Ravşan Ermatov, Xorazm viloyati viloyati hokimi örinbosari Şerzod Berdiyev, bir guruh sport vakillari, universitet rektori Feruza Madrahimova boşçiligida rahbariyat, professor-öqituvçilari hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/6153

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤5
Men yoşlarimizni chet elga oddiy ishchi emas, malakali mutaxassis sifatida yubormoqchiman - Prezident


Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi “Intil” xalqaro til va kasbga öqitiş markazi faoliyati bilan tanişdi.

➖ Markaz Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan taşkil etilgan. Qariyb 3,5 gektar maydonda murojaatdan tortib hujjat rasmiylaştiriş, til va kasb örganiş, imtihon topşiriş hamda xorijga jönab ketişgaça bölgan barça jarayonlar bir joyda yölga qöyilgan.

➖ Majmuada 600 örinli öquv, 180 örinli amaliy maşğulot xonalari, 120 örinli imtihon markazi va 400 örinli yotoqxona mavjud. Hozirda 6 ta xalqaro loyiha doirasida 240 nafar tinglovçi tahsil olmoqda, ular uçun öqiş va yotoqxona bepul.

➖ Markazda nemis, ingliz, yapon, koreys, çex, polyak, italyan va slovak tillari örgatiladi. Til dasturlari 6 oydan 10 oygaça davom etib, mazmuni xorijlik iş beruvçilar ehtiyojiga qarab yangilanadi.

➖ Kasbiy ta’lim 12 ta dasturni qamrab olgan: tibbiyot, payvandçilik, elektr va santexnika işlari, ombor logistikasi, quriliş, mehmonxona va restoran xizmati, oşpazlik.

➖ Amaliy simulyatsiya xonalarida tinglovçilar iş joyiga yaqin şaroitda öqitiladi, payvandçilar ISO 9606 xalqaro standarti asosida tayyorlanadi.

➖ Markazda ÖSD, TELC, J-CERT va EPS TOPIK xalqaro til imtihonlarini topşiriş imkoniyati yaratilgan.

➖ Tayyorgarlik “Deutsçe Bahn”, “RecruitMed GmbH”, “PentaHospital”, “Proud Partners”, “Onodera User Run” kompaniyalari va Perudjia universiteti bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

➖ Prezidentimiz yoşlarni çet elga oddiy işçi emas, malakali mutaxassis sifatida yuboriş maqsad qilinganini ta’kidladi. Ingliz tili kabi nemis va yapon tillarini ham imtiyozli örgatiş, til va kasbni maktabdayoq örgatiş zarurligi qayd etildi.

➖ Uşbu tajribani boşqa hududlarda ham joriy etiş yuzasidan tavsiyalar berildi.

#Prezident #tanishuv #Uchtepa #kasbiytayyorgarlik

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8😱5👍2🥰2🎉2
Akademik litseylarda ta’lim sifati: ijobiy baholar 75–90 foiz, litseylar örtasidagi tafovut 45,3 ball

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan ötkazilgan umummilliy sörovnomada 14 ta hududdagi 73 ta akademik litseydan 24 557 nafar öquvçi va 2 520 nafar pedagog iştirok etdi.

Ular dars sifati, ta’lim şaroitlari va oliy ta’limga tayyorgarlik darajasini baholadi.

Sõrovnoma natijalariga köra, 24 ta asosiy körsatkiçning aksariyati böyiça ijobiy baholar 75–90 foiz oraliğida.

Ta’lim sifati va öquv jarayoni böyiça yetakçi litseylar:

➖Qarşi davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi – 96,4 ball;
➖Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti akademik litseyi – 93,2 ball;
➖"International Finance" akademik litseyi – 92,1 ball.

Litseylarning töliq röyhati şarhda.

➖ Sõrovnoma iştirok etgan öquvçilarning 41,2 foizi sport infratuzilmasini, 41,4 foizi sinfxona va maişiy şaroitlarni salbiy baholagan;
➖ amaliy va laboratoriya maşğulotlari barça litseylarda ham yetarli darajada taşkil etilmagan;
➖ öquvçilarning har törtinçisi (25,4 foiz) oliygohga kiriş uçun qöşimça tayyorgarlik kerakligini aytgan;
➖ pedagoglarning 25 foizi iş yuklamasini yuqori deb baholagan, 43,9 foizi esa xalqaro malaka oşiriş va stajirovkalar bilan qamrab olinmaganini bildirgan.

Yuqori baholangan
yönalişlar:


➖darslik va kutubxona resurslari eng
yuqori natijani qayd etgan – 83 foiz;
➖IT va internet sharoitlari – 75 foiz.

Natijalar asosida past natijali litseylar uçun manzilli çoralar belgilanadi.

Hududlar va litseylar kesimidagi natijalar töliq şarhda keltirilgan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#PrezidentTopşirigiIjrosi #QaşqadaryoTajribasi

Tajriba almashinuvi: to’rt hudud oliygohlari rahbarlari QarDUda

2-noyabr kuni Jizzax, Sirdaryo, Toşkent viloyati va Toşkent şahridagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari Qarşi davlat universitetiga taşrif buyurib, universitetda yaratilgan şart-şaroitlar va taʼlim infratuzilmasi bilan tanişdilar.

Dastur doirasida mehmonlar 5 qavatli Tillar fakulteti binosi, "Loçin" futbol klubi stadioni, Anjumanlar saroyi, Talabalarga xizmat körsatiş markazi, Xalqaro ilmiy laboratoriyalar markazi hamda Yoşlar markazini közdan keçirdilar.

Yakunda Yoşlar markazida seminar taşkil etilib, unda QarDU faoliyati, taʼlim jarayonini samarali taşkil etiş, raqamlaştiriş, talabalar bandligini taʼminlaş va işlab çiqariş bilan hamkorlik yönalişlarida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan taqdimot namoyiş etildi.

Uçraşuvda oliy taʼlim muassasalari örtasida tajriba almaşiş va ilğor iş usullarini amaliyotga tatbiq etiş masalalari muhokama qilindi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍9🔥3
Vazir örinbosari BuxDUning zamonaviy ta’lim va innovatsion infratuzilmasi bilan tanişdi

Ta’lim va ilm-fan vaziri örinbosari Sanjar Mirzaliyev Buxoro davlat universitetiga taşrif buyurib, ta’lim sifati, raqamlaştiriş, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi.

“Yagona darça” tamoyili asosida 60 turdagi xizmat körsatuvçi Registrator ofisi, dars jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatiş imkonini beruvçi Situatsion markaz hamda 2700 örinli yangi öquv binosi faoliyati örganildi. Şuningdek, vazir örinbosari “Robots and Me” robototexnika markazi, Robototexnika va sun’iy intellekt akademiyasi, Axborot-resurs markazi hamda universitetning futbol maydoni bilan tanişib, talabalarga yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi.

Universitetning öz mablağlari hisobidan 86,5 milliard söm yönaltirilib, zamonaviy öquv binosi, Quyoş fizikasi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, Axborot-resurs markazi va 400 örinli talabalar turar joyi barpo etilgani qayd etildi. Şuningdek, 30,2 gektar maydonda barpo etilayotgan yangi kampus loyihasi doirasida 20 ming örinli öquv binolari va 5400 örinli talabalar turar joylari qurişi rejalaştirilgani haqida ma’lumot berildi.


Batafsil...

#Xizmat_safari #Buxoro

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍10🔥2😁2🎉1