Edu.uz
✔
143K subscribers
40.1K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Dayjest #Yoşlar_kuni

Yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga çiqariş, intellektual salohiyatini rivojlantiriş hamda dunyoqaraşini kengaytiriş maqsadida yurtimiz oliy ta’lim tashkilotlarida an’anaviy “Payşanba – yoşlar kuni” doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, sport va intellektual tadbirlar ötkazilmoqda.

➖ Urganç davlat universiteti;
➖ Samarqand davlat texnika universiteti;
➖ Özbekiston milliy universiteti;
➖ Toşkent davlat agrar universiteti;
➖ Namangan davlat universiteti;
➖ Angren universiteti;
➖ Samarqand davlat universiteti;
➖ Xalqaro innovatsion universiteti⁠;
➖ Guliston davlat universiteti⁠;
➖ Çirçiq davlat pedagogika universiteti;
➖ Urganç davlat universiteti;
➖ Olmaliq davlat texnika instituti;
➖ Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti;
➖ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
➖ Andijon davlat texnika instituti⁠;
➖ Andijon davlat universiteti;
➖ Buxoro davlat universiteti;
➖ Farğona davlat universiteti;
➖ Buxoro davlat texnika universiteti;
➖ Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat çet tillari instituti;
➖ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
➖ Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti⁠;
➖ Farğona davlat texnika universiteti⁠;
➖ Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti;
➖ Namangan davlat texnika universiteti;
➖ Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti⁠;
➖ Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti⁠;
➖ Urganç davlat pedagogika instituti;
➖ ÖzMU Jizzax filiali;
➖ TKTI Yangiyer filiali;
➖ Jizzax politexnika instituti;
➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti;
➖ Toşkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali;
➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universiteti⁠;
➖ Özbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali⁠;
➖ Termiz davlat pedagogika instituti;
➖ Andijon davlat pedagogika instituti;


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍7🎉3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣 TerDU “Janub gavhari” jamoasi | “Momoyer” spektakli

🎭 Termiz davlat universitetining “Janub gavhari” jamoasi Çingiz Aytmatov asari asosida sahnalaştirilgan “Momoyer” spektaklini taqdim etdi. Spektaklda yozuvçining asaridagi insoniy keçinmalar, hayotiy haqiqatlar va ma’naviy qadriyatlar sahna orqali yoritilib, tomoşabinni çuqur muşohada yuritişga çorlaydi.

➡ Spektakl premyerasini köriş

🎬 Tanlov doirasida namoyiş etilgan spektakllar har hafta çorşanba va şanba kunlari uşbu telegram kanalga joylab boriladi. Videoga YouTubeda like bosib, izohlarda fikrlaringizni yozib qoldiring.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤10👏6
#qabul2027
#akademik_litsey

⚡️2027/2028-öquv yili uçun akademik litseylarning ta’lim yönalişlariga mos test sinovi ötkaziladigan fanlar majmuasi, test topşiriqlari soni hamda baholaş mezonlari tasdiqlandi

👉 Barça test topşiruvçilar uçun topşiriqlar soni jami 60 ta bölib, şundan 20 tasi öquvçining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlaş hamda ta’lim yönalişlariga mos ikkita fan böyiça jami 40 ta test savollari tuşadi.

📌 Töplaş mumkin bölgan maksimal ball — 146:
🔹1-fan — 3.1*20=62;
🔸2-fan — 3.1*20=62;
🔹IQ — 1.1*20 =22.

➡️ Faylni yuklab olish 👈

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍1🔥1
#Attestatsiya_2026 #Kun_natijasi

Yurtimiz böylab malaka sinovlari davom etmoqda

Bugun boşlanğiç ta’lim fanidan attestatsiya jarayonlari bölib ötmoqda.

☝️ Eslatib ötamiz, mazkur sinovlarda iştirok etiş uçun pedagoglar tomonidan 302 ming 422 ta murojaat kelib tuşgan. Örganişlar natijasida 240 ming nafardan ortiq pedagoglarning sinovlarda qatnaşişi belgilandi.

✅ Mazkur sinovlarda boşlanğiç ta’lim fani öqituvçilari yuqori natijani qölga kiritmoqda:

🔹Surxondaryo viloyati, Qumqörğon tumanidagi 35-sonli maktab öqituvçisi Gulnoza Aliyarova —100 ball,
🔹Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi 19-sonli maktab öqituvçisi Feruza Jamolova — 100 ball,
🔹Jizzax viloyati, Paxtakor tumani 1-sonli maktabi öqituvçisi Şahodatxon Aminxanova — 98 ball,
🔹Farğona viloyati, Farğona şahridagi 26-sonli maktab öqituvçisi Maftunaxon Akbarova — 96 ball,
🔹Farğona viloyati, Quva tumanidagi 29-sonli maktab öqituvçilari Malohat Soliddinova — 94 ball,
🔹Navoiy viloyati, Navoiy şahri 22-sonli maktab öqituvçisi Aziza Qalandarova — 94 ball.

🌐 Sinov jarayonlarini quyidagi havola orqali töğridan töğri kuzatib borişingiz mumkin: https://cams.uzedu.uz/

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sunʼiy_intellekt #Platforma

Özbek tilidagi yozma imtihon javoblarini sun’iy intellekt yordamida baholovçi platforma yaratildi


Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi olimlari tomonidan “Imtihonni baholaş intellektual tizimi” (IBIT) platformasi işlab çiqildi.

Mazkur platforma özbek tiliga moslaştirilgan lokal sun’iy intellekt modeli asosida işlaydi. U talabalarning yozma imtihon javoblarini semantik, mantiqiy va lingvistik jihatdan tahlil qilib, belgilangan akademik mezonlar asosida avtomatik baholaş imkonini beradi.

Platformaning muhim jihati — özbek lotin yozuvining yangi tahriridagi Ö, Ğ, Ş va Ç harflari qöllangan matnlarni ham qayta işlaş va baholaş imkoniyatiga ega ekanidir.

IBIT platformasi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

Talabalarning yozma javoblarini etalon javoblar bilan mazmunan taqqoslaş;

Javoblarni 100 ballik şkala böyiça 6 ta akademik mezon asosida baholaş;

Har bir javobning kuçli va takomillaştirilişi lozim bölgan jihatlari yuzasidan özbek tilida asoslantirilgan izohlar beriş;

Bitta yozma javobni taxminan 10–15 soniyada baholaş;

Oçiq turdagi yozma savollar va variantli testlarni avtomatik tekşiriş;

Imtihon savollarini DOCX va XLSX formatlarida yuklaş;

Natijalarni saqlaş, umumlaştiriş va talabalar hamda guruhlar kesimida statistik tahlil qiliş.


🔗Platforma: https://ibit.uz/

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9😱9👍7
#ARBICHO_2026

✅ Nukus şahrida ötkazilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro Beruniy olimpiadasining nazariy bosqiç sinov jarayonlari bölib ötmoqda.

Mazkur bosqiçda iştirokçilarga belgilangan 8 ta topşiriq uçun 5 soat vaqt ajratilgan.

👉 Sinov jarayonlarini quyida jonli kuzatişingiz mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥3👍1